Kashrut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(KASHRUTdan yoʻnaltirildi)

Kashrut — yahudiylikdagi atama bo‘lib, galaxaga ko‘ra, biror narsaning ruxsat berilgan yoki yaroqliligini anglatadi. Kashrut Tavrotda keltirilgan amrlar, shuningdek, yahudiy diniy arboblari tomonidan Mishna va Gemarada qayd qilingan qonunlarga asoslanadi. Odatda Kashrut atamasi taom bilan bog‘liq diniy buyruqlar majmuiga nisbatan qo‘llaniladi. Biroq, kundalik hayotning turli jabhalaridagi insonlar foydalanishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Kashrut qoidalarini tatbiq qilishda turli yahudiy jamoalari hamda yo‘nalishlarida o‘zaro farqlarni ko‘rish mumkin[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 248.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.