Kontent qismiga oʻtish

Esther de Mézerville

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Esther de Mézerville
Tavalludi
Esther de Mézerville Ossaye

29-aprel 1885-yil
Vafoti 1971
Kosta-Rika
Fuqaroligi Gvatemala
Kasbi Oʻqituvchi, huquq faoli
Faoliyat yillari 1907-1950

Esther de Mézerville Ossaye (talaffuzi: Ester de Mezervill Osaye; 29-aprel 1885-yil — 1971-yil) gvatemalalik oʻqituvchi, feminist va Kosta-Rikalik ayollarga ovoz berish huquqini qoʻlga kiritishda yordam bergan faol edi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esther de Mézerville Ossaye 1885-yil 29-aprelda[1] Gvatemalada fransuz immigrant Émile de Mézerville Coupé va uning kanadalik rafiqasi Noémie Ossaye Millelot oilasida tugʻilgan. Otasi vafot etgach, Estherning onasi 1898-yilda farzandlari bilan Kosta-Rikaga koʻchib kelgan[2]. Esther yoshligida sayohat qilib, Fransiya, Belgiya va Shveytsariyada taʼlim olgan[3]. 1907-yilda u Kosta-Rikaga qaytib kel gan va Kosta-Rikaning San-Xose shahrida fransuz tilidan dars berishni boshlagan[4]. 1908-yilda u yetti yil davomida Escuela Superior de Niñas (qizlar oʻrta makatabi) direktori boʻlgan va 1917-yilda San-Xose maktablarining texnik nazoratchisi etib tayinlangan. Esther 1919-yilda prezident Federico Tinoco Granadosning mehnat siyosatiga qarshi harakatda faol boʻlgan, bu oʻqituvchilarning ishlaridan oʻz hohishi ila ketishi va ularning „La Información“ nomli hukumat gazetasiga oʻt qoʻyishi bilan yakunlangan[5]. Ángela Acuña Braun boshchiligidagibu harakatda Matilde Carranza, Ana Rosa Chakón, Lilia Gonzáles, Carmen Lyra, Viktoria Madrigal, Vitaliya Madrigal, María Ortiz, Teodora Ortiz, Ester Silva va Andrea Veneges kabi oʻqituvchilar ishtirok etgan[6].

Tinoco diktaturasi agʻdarilganidan soʻng, Esther 1922-yilda Colegio Superior de Señoritas (Ayollar uchun oʻrta maktab) direktori etib tayinlangan va keyingi yili Kosta-Rikadagi birinchi feministik tashkilot Liga Feminista Costarricense (LFC) ga asos solishda Acuña bilan birlashgan. Esther tashkilotning vitse-prezidenti boʻlgan va Kosta-Rikada saylov huquqi uchun uzoq davom etgan kurashga boshchilik qilgan. De Mezerville 1926-yilda maktab direktori lavozimidan isteʼfoga chiqqan va Yevropa va Shimoliy Afrika boʻylab, jumladan Jazoir, Fransiya Marokash, Fransiya, Italiya va Ispaniya gastrol safarini boshlagan. Qaytib kelib, 1931-yilda ayollarga ovoz berish huquqini berish toʻgʻrisida qonun chiqaruvchi organga oʻzgartirish kiritishda Acuña bilan yana birlashgan[7].

De Mezerville koʻplab tashkilotlarning boshqaruv kengashi va qoʻmitalarida ishlagan. U 1934-yilda oʻqituvchilar uchun nafaqa jamgʻarmalarini tashkil etish boʻyicha kongressda ishtirok etib, oʻsha yili Arxeologiya va Kolumbiya sanʼat qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1940-yillarda u Natsistlarga qarshi milliy front bilan ishlagan va 1945-yilda Mexikoning Chapultepec shahrida boʻlib oʻtgan Amerikalararo tinchlik konferentsiyasining vakili boʻlgan. U Kosta-Rikaning Oq Xoch va Qizil Xoch tashkilotlarining prezidenti boʻlib ishlagan va 1948-yilda Qizil Xochning Kosta-Rika boʻlimining xizmatlari uchun medalini olgan. 1946-yildan 1950-yilgacha u Milliy oʻqituvchilar assotsiatsiyasi banki kengashining vitse-prezidenti boʻlib ishlagan. 1949-yilda Unión de Mujeres Americanas uyushmasining Kosta-Rika boʻlimi tomonidan „Yil ayoli“ deb tanlangan.

De Mezerville 1971-yilda Kosta-Rikaning San-Xose shahrida vafot etdi.

  1. Mujeres destacadas de Costa Rica (Spanish) Camacho De la O: . San José, Costa Rica: Instituto Nacional de las Mujeres, 2007 — 27–31-bet. ISBN 978-9968-25-102-0. 
  2. „Brief genealogy of the Mézerville in Costa Rica“. Chateau de Mezerville. The Mézerville Castle Cultural Association. 23-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2015-yil.
  3. Castegnaro, Marta. „Historic day: Esther de Mezerville“ (Spanish). San José, Costa Rica: Viva Nacion (26-sentabr 2002-yil). Qaraldi: 15-avgust 2015-yil.
  4. „Esther De Mezerville“ (Spanish). Institute Nacional de la Mujeres. Institute Nacional de la Mujeres. Qaraldi: 15-avgust 2015-yil.
  5. Rodríguez S. „Participación Socio¬política Femenina en Costa Rica (1890 – 1952)“ (Spanish). Universidad de Costa Rica. Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  6. Solano Arias, Marta E. (January–June 2014). „A 90 años de la fundación de la Liga Feminista Costarricense: los derechos políticos“ (PDF). Revista Derecho Electoral (Spanish). № 17. San José, Costa Rica: Tribunal Supremo de Elecciones República de Costa Rica. 357–375-bet. ISSN 1659-2069. Qaraldi: 2-avgust 2015-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language ()
  7. Abshagen Leitinger, Ilse. The Costa Rican Women's Movement: A Reader. Pittsburgh, Pennsylvania: University of Pittsburgh Press, 1994 — 75–76-bet. ISBN 978-0-822-97162-7. Qaraldi: 15-avgust 2015-yil.