Elektron pochta orqali habar tarqatish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Elektron pochta orqali habar tarqatish — bu Internet-marketing vositalaridan biri boʻlib, ommaviy bogʻlanish, guruhli muloqot va reklama vositasidir. Maqsadi elektron pochta xabarlarini oldindan tuzilgan roʻyxat boʻyicha qabul qiluvchilar guruhiga avtomatlashtirilgan tarzda tarqatishdan iborat.

Habar tarqatish marketing vositasi sifatida toʻgʻridan- toʻgʻri marketingga kiradi va pochta joʻnatmalari (xatlar, bukletlar, kataloglar, otkritkalar, taklifnomalar), elektron pochta yoki SMS koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Habar tarqatishning turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻyhatni shakllantirish turi boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tarqatish roʻyxati (inglizcha: mailing list). Koʻp elektron pochta serverlarining standart imkoniyati boʻlib, shuningdek, maxsus pochta dasturlari funktsiyasidir. Server istalgan abonentdan ixtisoslashgan manzilga xabar oladi va keyin xabarni habar tarqatish roʻyxatining barcha abonentlariga yoʻnaltiradi. Ushbu texnologiya bir guruh odamlar oʻrtasida muloqotni tashkil qilish imkonini beradi (telekonferentsiyaga oʻxshash). Odatda, bunday dasturiy taʼminot abonentlarga elektron pochta xabarlarini yuborish orqali oʻz sozlamalarini boshqarish imkonini beradi (obuna boʻlish, obunani bekor qilish, formatni oʻzgartirish, manzilni oʻzgartirish, oʻtkazib yuborilgan xabarlarni soʻrash va hokazo).
  • Guruh elektron manzili. Bu ham deyarli barcha elektron pochta serverlarida odatiy xususiyatdir. Kimdan boʻlishidan qatʼi nazar, bir nechta odamga bir manzilga kelgan xatni oʻqish imkonini beradi. Masalan, info@company.ltd kompaniyaning rol manzilini shunday guruh manzili qilish qulay. Kiruvchi xat bir vaqtning oʻzida bir nechta xodim tomonidan qabul qilinadi. Ularning har biri oʻz pochta qutisidan foydalanishadi.
  • Axborot va/yoki reklama tarqatmalari. Bitta operator tomonidan tayyorlangan xabar avtomatik ravishda oldindan tayyorlangan roʻyxatga yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu tarqatma barcha obunachilarga yuboriladi, lekin unga javob berish imkoniyati boʻlmaydi. Agar tarqatmani qabul qiluvchi(lar) oldindan obuna boʻlmagan boʻlsa, bunday xabarlar spam deb ataladi.

Tarkib boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Axborot.
  • Tranzaksiyaviy.
  • Tijorat.
  • Trigger (hodisa)[1].

Yoʻnalish boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tematik (maqsadli auditoriya).
  • Mintaqaviy.
  • Ommaviy (spam).[2]

Habar tarqatishga talablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spamdan himoyalanish, shuningdek, spam yuborishda yolgʻon ayblovlardan qochish uchun elektron pochta tarqatmalarini tarqatishni tashkil qilishning umumiy qoidalari ishlab chiqilgan. Ularni biznes etikasi qoidalarining bir qismi deb hisoblash mumkin. Koʻpgina provayderlar oʻzlarining shartnomalari yoki xizmat koʻrsatish shartlariga bunday talablarni kiritadilar. Ommalashgan pochta dasturlari quyidagi xususiyatlarning barchasini amalga oshiradi.

  • Habar tarqatish uchun soʻrov ixtisoslashtirilgan manzilga soʻrov xatini yuborish yoki boshqa aniq usulda amalga oshiriladigan dastlabki obunani taʼminlashi kerak.
  • Hech kim boshqa birovning manzili bilan tarqatmaga obuna boʻlmasligi uchun obuna tasdiqlanishi kerak. (inglizcha: opt-inopt-inopt-inopt-i) Tasdiqlash foydalanuvchiga shaxsiy kodni oʻz ichiga olgan tasdiqlash soʻrovi bilan xat yuborish orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi ushbu xatga javob beradi yoki xatda koʻrsatilgan veb-sahifaga oʻtadi. Shu bilan xatni olganligini tasdiqlaydi va obuna boʻlishga rozi boʻladi.
  • Obunachi istalgan payt obunani bekor qilish huquqiga ega. Obunani bekor qilish oddiy boʻlishi kerak (bitta elektron pochta yuborish yoki bitta veb-sahifaga kirish orqali). Obunani bekor qilish tartibi har bir tarqatmada boʻlishi kerak.
  • Har bir obunachining axborot byulletenini olishga roziligi haqidagi dalillar saqlanishi va shikoyat qilingan taqdirda taqdim etilishi kerak.
  • Obunachilarning pochta manzillari roʻyxati maxfiy boʻlishi kerak va uni boshqa hech kim bilan baham koʻrish yoki foydalanuvchilar obuna boʻlmagan boshqa tarqatmalar uchun ishlatish mumkin emas.


Iqtisodiy jihat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektron pochta orqali habar tarqatish marketing va reklama vositasidir.

Obunachilarga habar tarqatish yordamida siz savdoni ragʻbatlantirishingiz, mijozlarning sodiqligini oshirishingiz, ularning mahsulot yoki kompaniyaga qiziqishini saqlab qolishingiz, yangi mahsulotlar haqida maʼlumot berishingiz, soʻrovnomalar oʻtkazishingiz va boshqalarga erishishingiz mumkin.

Koʻngilochar yoki foydali mazmundagi muntazam axborot byulletenini tashkil qilish va yetarli miqdordagi obunachilarni toʻplash ortidan siz tarqatmaga maʼlum miqdordagi reklama kiritishingiz mumkin, shu bilan xarajatlarni qoplashingiz yoki hatto foyda olishingiz mumkin (bu erda asosiy narsa uni haddan tashqari oshirmaslikdir). Obunachilarga tarqatmada reklama qoʻshib yuborish, spamga qaraganda kamroq samaralidir. Chunki qabul qiluvchilar soni spamchalik emas. Shunga qaramay, u mavjud va talabga ega, chunki har bir reklamachi spam orqali reklama qilishga rozi emas. Bundan tashqari, va eng muhimi, mazmunli qism mavjudligi sababli, bunday reklama spam filtri bilan filtrlanmaydi.

Tarqatmalar veb-sayt bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalarini tarqatish usuli boʻlishi mumkin. Tarqatmalar koʻrinishidagi elektron ommaviy axborot vositalari mavjud. Koʻpgina ommaviy axborot vositalari tarqatishning ushbu ikki shaklini — veb-sayt va elektron pochta tarqatmalaridan foydalanishadi.

Tarqatma samaradorligi koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektron pochta marketingi pochta tarqatmalarining samaradorligini baholash uchun bir qator koʻrsatkichlardan (metrik) foydalanadi. Bular „yetkazib berish foizi“, „yetkazib berishda xatolik foizi“, „ochishlar foizi“, „oʻtishlar foizi“.

Oʻtishlar foizi (click rate)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtishlar (bosishlar) foizi (click rate) — xatni oluvchi tomonidan elektron pochta xabaridagi bir yoki bir nechta havolalarga bosish foizi[3][4]. Bu koʻrsatkich foiz sifatida oʻlchanadi va bosishlar sonini elektron tarqatma muvaffaqiyatli yuborilganlarning umumiy soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi[5][6].

Ochishlar foizi — „Open rate“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ochishlar foizi (open rate) — bu elektron tarqatmani ochgan qabul qiluvchilar sonining ulushi yoki nisbati boʻlib, ochilgan elektron pochta xabarlari sonining yuborilgan elektron xatlarning umumiy soniga nisbati sifatida ifodalanadi. Koʻpincha, bu koʻrsatkich kichik rasm yordamida kuzatiladi.

Shuningdek koʻring[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „triggernyy-marketing-primery-rassylok“.
  2. „mailer“.
  3. „"iab.net"“.
  4. „"emailmarleting"“.
  5. „"metrics"“.
  6. „"dummies.com“.