Kontent qismiga oʻtish

Boku otashgohi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Atəşgahdan yoʻnaltirildi)
Boku otashgohi
ozarb. Bakı atəşgahı
Ibodatxonadagi muqaddas olov
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Otashgoh Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi
Qurilish vaqti XVII asr
Uslubi otashparastlik ibodatxonalari
Holati Ochiq osmon ostidagi muzey
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Surakhany, Atashgyakh (Fire - worshippers, temple - museum at Surakhany)
Turi Madaniy
Mezonlari i, iii
Tayinlangan 1998
Manba nomeri 1172
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish
Manba nomeri 1
Turi ibodatxona
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
ibodatxonaning plani

Boku otashgohi (ozarb. Bakı atəşgahı) — Ozarbayjondagi hindlarning otashparastlar[1] ibodatxonasi Apsheron yarimorolida, Boku markazidan 30 kilometrda Suraxan tumanida Suraxan qishlogʻi chetlarida joylashgan, turli davrlarda zardushtiyaliklar, hindlar hamda sikxlar sigʻingan. XVII — XVIII asrlarda „mangu“ oʻchmaydigan olovlar joyida — tabiiy gazning [1] yonib chiqishi sababli ibodatxona „Otashgoh“ deb ataladi, bu „Olov uyi“, „Olov joyi“ maʼnosini bildiradi.

Meʼmoriy kompleksi olti qirrali tishli tashqi devor bilan chiqish portalidan iborat, hovli makazida toʻrt qirrali asosiy ibodatxona — mehrob qad koʻtargan, bu otashparastlarning ziyorat joyi boʻlgan. Kirish poratalida Apsheronda anʼanaviy boʻlgan mehmonxona (balaxan) boʻlgan.

Ibodatxona majmuasi qurilishi 1713-yilga mansub. Ibodatxona oldindan mavjud boʻlgan va oʻzining birlamchi rejalarini saqlab qolib bizning vaqtgacha yetib kelgan. Mehrob olovi Ozarbayjon hududida midiya davridan keng tarqalgan mehroblar qurilishini qadimgi anʼanalarini aks ettiradi. Olov mehrobi rejasi toʻrt ustun toʻrtburchaklar va gumbaz bilan yopilgan va toʻrt tomonga ochiq markaziy joyli anʼanaviy koʻrinishga egaligi shu yerdan kelib chiqqan.

Ozarbayjon prezidenti farmoniga koʻra ochiq osmon ostidagi muzey Davlat tarixiy- meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan[2]. Muzeyga tshrif buyurganlarning soni yiliga oʻrtacha 15000 kishini tashkil etadi.

1998-yilda Boku otashgohi Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun YUNESKO ga taklif etilgan.

III—XVII asrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kavkazortida Zardushtiylik otashparastligi haqida eng erta maʼlumotlar, bu yerda otashparastlik ibodatxonalariga asos solgan Sosoniylar davriga mansub. Olib mobed Kartirning (III asr) „Kaaba Zoroastr“ dagi yozuvidan u Kavkazortidagi muqaddas olovlarni bagʻishlagani va ularga xizmat qilish uchun ruhoniyni tayinlagani aniqlangan "….Albamiya va Balasakan mamlakatlarigacha… Alban darvozalarigacha .. oʻsha mamlakatlarda boʻlgan afsungarlar va olovlarni, men boshqardim, talon tarojlik va kamsitilishga yoʻl qoʻymadim, ulardan olib qoʻyilgan har narsani men qaytarib berdim; men ularni oʻz oʻlkamga olib keldim, men yaxshi afsungarlarga ishonaman va ularni eng uligʻ qildim va ardoqladim "[3].

Moisey Xorenskiy ni Bagavan viloyatini tariflaganida Shohinshoh Ardashir I (227—241) tomonidan Bagavanda otashparastlik ibodatxonalarini tashkil etgani haqida qayd qilingan[4].

624 yilda imperator Irakliy Bokuga bostirib kiradi va forsiylar yonayotgan gazga sigʻingan koʻpgina ibodatxonalarni vayron qiladi[5].

Gevond (VIII asr) oʻchmas olovlar yongan Atshi-Baguan shahrini qayd etgan[6]. Ayrim tatdqiqodchilarning fikricha Atshi bu — „Atash“ (olov) ning oʻzgargan nomi, Atashi-Baguan — „muqaddas olovlar joyi“[7], yaʼni hozirgi Boku joylashgan joy nazarda tutilgan[8]. 930 yilda Istaxri „Yoʻllar va mamlakatlar kitobida“ Boku yaqinida aholisi zardushtiylar boʻlgan qishloqlar mavjud deb yozadi[9]. Bu maʼlumotni arab geografi Abulfeda ham taʼkidlagan[10]. Gruzin „Kartlis Tsxovreba“ yilnomasida Boku XIII asrgacha Bagavan deb atalgan[11].

1683-yilda Suraxani qishlogʻiga kelgan nemis sayohatchisi Kempfer Apsheronda toʻrtta sigʻinadigan olovli chuqurlar haqida takidlagan.[12][13].

XVII—XVIII asrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Grigoriy Gagarinning rasmida
Otashgohdan Hind (yuqoridagi) va forsiy (zardushtiy, pastdagi) yozuvar
Suraxan qishlogʻidagi yetti sigʻinadigan olovli chuqurlar va ibodatxona toʻsini. E.Kempfer rasmi, XVII asr oxiri

Taxminan XV-XVI asrlardan Shirvonni Hindiston bilan diplomatik hamda savdo aloqalari kengayadi. Shimoliy Hindistonlik savdogarlar — toshlar va ziravorlar sotuvchi va shivaizm va monnas[14] sikx sektasi tarafdorlari hisoblangan savdogarlar hisobiga Suraxan yonidagi otashparastlik joyi tiklanib hindlar va sikxlar ibodatxona [15][16][17] sifatida foydalanilgan. XVII asrda manbalarga koʻra, olovga sigʻinish uchun Bokuga kelgan hind ziyoratchilari tashrif buyurgan. Ibodatxonaning eng birinchi qurilmasi 1713-yilga mansub. Eng kech qurilmalarga 1810-yilda Kanchanagar sotuvchisi hisobiga qurilgan deb yozilgan yozuvga asosan markaziy ibodatxona — mehrob kiradi.

XVIII asr davomida muqaddas qadamjolar atrofida ibodatxona, hujra, karvon — saroylar qurilgan. Yodgorlik hujralarida toshiga koʻra turli xil yozuvlar mavjud, ular hind — davanagari va gumruki yozuvlarida bajarilgan. XIX asrning boshlarida ibodatxona bizgacha yetib kelgan koʻrinishga ega edi. Mahalliy meʼmorchilik anʼanalarida qurilgan Otashgoh qadimgi olov mehroblari hususiyatlarini oʻz ichiga olgan. Bu besh burchakli qurilma tishli tashqi devor va kirish portaliga ega. Ichki hovli markazida asosiy ibodatxona — mehrobining toʻrtburchakli rrotondasi qad koʻtargan. Kirish portali ustida Apsheronda anʼanaviy mehmonxona — „balaxan“ tashkil etilgan.

Ibodatxona — muqaddas joy yaqinida hozirda toshlar bilan koʻmilgan, avval esa muqaddas olovda oʻlgan hindlarning tanalari yoqilgan toʻrtburchakli chuqur joylashgan. Otashgohda yashagan, onʼgga yaqin darveshlar olovga sigʻingan, oʻz tanasini qiynoqlarga solib ruxini tozalab asketik hayot tarzini olib borishgan. Ular vazni 30 kilogacha yetadigan zanjirlarni oʻziga osgan, badanining ayrim qismlari oʻlmagunicha oʻchmagan kuya ustida yotishgan. Ular ishlamagan va hind savdogarlari sadaqalari hisobiga yashashgan. Darvishlar odam ruhi oʻlganidan soʻng qayta tugʻilib Yerga qaytisihiga ishongan. Qay koʻrinishda qaytishi esa, amaldor odam yoki biron bir hayvon koʻrinishidaligi yaxshi va yomon qilgan ishlariga bogʻliq.

Bundan tashqari, hindi va sikxlardan tashqari ibodatxonada zardushtiylar ham (fors va gebrlar) boʻlgani haqida bir qator maʼlumotlar mavjud. XVII asrning 60 yillarida Sharden Shemaxidan ikki yoʻl narida, yaʼni Apsheron yarim orolidagi[18] mangu yonuvchi olovga sigʻinadigan fors — gebrlar haqida maʼlumot bergan.

1683-yilda Suraxaniga kelgan E.Kempfer otashparastlar orasida Hindistonga koʻchgan ikkita forslar avlodi mavjudligini yozadi, yaʼni ularni forsiylar deb ataydi.[19]

1689-yilda Ozarbayjonda yashagan fransuz iezuiti Villot, Otashgohga qadimgi forslarning avlodi hind va gebrlar sigʻinadi deb yozadi[20].

1733-yilda ibodatxonaga kelgan nemis sayohatchisi Lerx bu yerda otashparastlardan 12 gebr yoki qadimgi forsiy bor deb yozgan[21].

1747-yilda Dj. Ganvey Bokuga keldi va Atashgyaxda bir necha yozuv qoldirdi. Atashgyaxda otashparast odamlarni „hindlar“, „forslar“ va „gebrlar“ deb atadi[22].

1770-yilda Atashgyaxga kelgan S.Gmelin Atashgyaxda hindlar va qadimgi gebrlar avlodi bor deb yozgan[23].

1820-yilda ibodatxonaga fransuz konsuli Jak Fransua Gamba keldi. Uning gapiga koʻra, ibodatxona Zartichigay deb atadi va u yerda qisman hindlar, fors gebrlar va Zoroastr avlodlari yashagan[24].

Ibodatxona qisman hindlar tomonidan ishlatilishiga qaramay, uning meʼmorchiligi hindlar ibodatxonasi meʼmorchiligidan farqlanadi: ibodatxona „chaxar-tag“ — dunyoning toʻrt tomoniga qaragan toʻrtta yarim aylana arkali qurilmadan iborat.

Otashparastlik ibodatxonalarini qurish chaxar-tag shaklida boʻlib sosoniylar uslubida qurilgan va imperiyaning gʻarbida tarqilgan. Bunday turdagi otashparastlik ibodatxonalari Anida (hozirda Turkiyaning Kars viloyatida)[25], Niasar (Eronning Isfaxon shahrida)[26] va boshqa viloyatlarida qurilgan.

Dj.Rasselning fikricha, Bokudagi ibodatxona hozirda majud boʻlgan qadamjo qurilishidan oldin Kavkazda zardushtiylar sigʻingan markaz boʻlgan[27].

Bagʻishlangan yozuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim hujralar kirish joyida qisqa bagʻishlangan yozuvlar bilan toshli ustunlar joylashgan. Bugungi kungacha 14 hind, 2 sikx va bitta forsiy (zardushtiy) yozuvlar saqlanib qolgan.

XX asr boshlarida ibodatxonaga kelgan Djekson 18 yozuv borligini takidlagan[28]. Bu yozuvlardan eng qadimgisi Samvat 1770 (eramizdan avvalgi 1713-yil).

Bu yozuvlardan 14 tasi „B.A.Dornning Kakaz va Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻida sayohat Atlasi“ da joylashgan (SPb., 1895, III boʻlim, 7 ll. Shuningdek qarang: B.A.Dorn. Kavkaz va Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlarida sayohat boʻyicha ilmiy hisobot. VOAO ishlari, VIII, ottisk, 1861, 36 bet.)[29]. 1950-yilda Dj.M.Unvala bu yozuvlardan 16 rasm va ulardan 2 gurmukxi alifbosida va devanagari alifbosida ayrim yozuvlari va bitta forsiy tarjimali yozuvlari mavjud. Dj.M.Unvala uning oʻzi va bir qator mashhur sanskritologlar toʻliq deshifrovka qila olmagani sababli devangari yozuvlari tarjimasini bermagan[30].

Ayrim yozuvlarning oxirida sanalar koʻrsatilgan, bu XVIII—XIX asrlarda bajarilgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Ayrim hindiy yozuvlar shikastlangan va ularni oʻqish qiyinchilik tugʻdiradi.

Hindiy yozuvlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiy yozuvlar Hindustani va marvari dialektida tuzilgan va maxadjani alifbosining bir turi devanagri alifbosida yozilgan, uning unli harflari yozilmaydi va bu oʻqishni ancha qiyinlashtiradi.

Deyarli barcha hindiy yozuvlarda sanskritda kirish formulasi bor: ŠriGanešāyanamah „Ganesh (aql hudosi) ga sigʻinish“. Ayrim yozuvlarda shuningdek, buzilgan sanskritda sheʼr (shloka) hamda alohida iboralar uchraydi.

Markaziy mehrobda joylashgan svastikali Nagari shriftida yozilgan yozuv eʼtiborni tortadi.

Otashgoh otashparastlik ibodatxonasining markaziy mehrobida hindiy yozuv

Asl nusxasi

Transliteratsiya

Tarjimasi

1. Om, Ganeshga sigʻinish 2-3-4. Tinchlik! Hurmat qilinadigan shoh Vikramaditya davrida otashparastlik portali qurilgan. Sayohat qilgan asket Kanchangir darvishdir 5. Maxadevi Koteshvarlar, Ramadatlar shu yerda yashovchi. 6. 1866-yil asodjning qorongʻi qismining sakkizinchi kuni.

Izohlar

Ganesha — aql hudosi. Vikramaditya davri eramizdan avvalgi 58 yilga toʻgʻri keladi. Yozuv ohiridagi (6 qator) bu sana oʻsha davrni koʻrsatadi. Maxadeva bu — Shiva epiteti. Bu nomni yozuvda koʻrsatilishi, muallif (Kanchangir) — shiviatligini anglatadi. Asodja — hind kalendarining yettinchi oyi. Grigorian kalendarining sentabr oyi oxiri va oktabr oyi boshlariga toʻgʻri keladi. Vikramaditya erasining 1866-yili eramizning 1810-yiliga toʻgʻri keladi. Yozuvdagi til masalasida shuni taʼkidlash kerakki, faqatgina kirish soʻzlari: SriGanesayanamah toʻla maʼnodagi Sanskrit, yaʼni Sanskrit soʻzlaridan tashkil topgan hamda Sanskrit grammatikasi qoidalari boʻyicha yozilgan. Qolgan matn esa hindustanida yozilgan.

Sikx yozuvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkala yozuv ham panjobida gurmuki yozuvida yozilib, yetti qatordan iborat. Qatorlar bir — biridan gorizontal chiziqlar bilan ajratilgan. Yozuvlarda sikxlarning kundalik tilovatlaridan Djapudji — saxib kirish formulalariga ega.[31]

1 Yozuv

Otashgoh otashparastlik ibodatxonasi hujralaridan biriga kirishdagi birinchi six yozuvi

Asl nusxa

Transliteratsiya

l. EkOangKaar. Satināmkartāpurakh(u) nirbhāo

2. nirvair Akal moorat(i) ajoonee

3. saibhanggurprasad || Vahugurujisahai

4. baba [Ta] gadasaBamgevaleka chela Mela

5. ramajisaka chela [karatarama] udasi ||

6. [Sa]va [laji] dharatna [ki] jagabanāigayi

7. dha " guru " vara „ buja“

Tarjimasi

EkOangKar. (Ismi) Haqiqat, qoʻrquvsiz odam ato, nafratsiz, oʻlim shaklisiz, naslsiz (va) oʻzi paydo boʻlgan Guru bizga rahm qilsin.

Guru yordami bilan bizga rahm qilsin!

Shogirdi Usasi (Karatarama) boʻlgan, Bamgada yashovchi baba (Ta) gadasi boʻlgan.

Djavaladji (deb nomlangan) (Bu) muqaddas joy ……………. Qurilgan

2 yozuv

Transliteratsiya

1. Omsafinamakaratapurakhanlrabhaii

2. niravaifra] akalamuratiajunisaibham

3. guraprasadi || japnadi [sa] chujugadisa—

4. chuhaibhisachunanakahosibhisachu || satiguru [pra?]—

5. sadibavaJadusahs [sukha] jisaka chela

6. bavaKagusa (a) ha ji [sa*] kachelaba (a) vaBamkesahajiskachle]—

7. !a " rasahadharamakijagahabana (a) i

Tarjimasi

Om. Haqiqat, qoʻrquvsiz odam ato, nafratsiz, oʻlim shaklisiz, naslsiz (va) oʻzi paydo boʻlgan Guru bizga rahm qilsin.

O Nanaka! (bu) doim mangu roʻyo haqida oʻyla va (bu) haqiqatdir (va) doim haqiqat boʻlib qoladi!

Rahmdil Guru rahm qilsin!

Ushbu muqaddas joyni qurgan ….. rasaxa bava Bamkesaxa shogirdi (boʻlgan), u bava Djadusaxa — (suxa) (boʻlgan).

Izohlar

Bamga — Panjobdagi Djalundjara tumanidagi mashhur shahar. Yozuvda koʻrsatilgan shaxslarning ismlari odatdagi singxlarning ismlaridek singxga tugamaydi. Bu shaxslar aynan sigx emas, monnas (yaʼni „soqoli oʻlingan“) — shaxlar, sikxlar diniga sigʻingan, lekin sikxiylikda yozilgan tashqi udumlarga rioya etmaydigan shaxslar boʻlgan.

Birinchi yozuvda sikxlar sigʻinmaydigan hind xudosi — Djivaladji qayd etilgan. Nam-Dxari bir vaqtning oʻzida ham hind ham sikx diniga sigʻinishi mumkinligi bu holatni tushuntirishi mumkin.

Zoroastriy yozuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuv sheʼr koʻrinishida yozilgan boʻlib toʻrt qatordan tashkil topgan[14]:

Otashgoh otashparastlar ibodatxonasidagi zardushtiy yozuv

Asl nusxa

آتشیصفکشیدههمچوندک

جییبِوانیرسیدهتابادک

سالنونُزلمبارکبادگفت

خانۀشدروسنامد (؟) سنة ۱۱۵٨

Transliteratsiya

ātašisafkešidehamčondak

jeyibavāniresidetābādak

sāl-e nav-e nozlmobārakbādgoft

xānešodru *sombole sane-ye 1158

tarjimasi

uzun qator kabi yonat olov

Bavandan Isfaxonlik Badakgacha yetib keldi

U dedi „Kelayotgan Yangi yil tinch boʻlsin“

1158-yilning Sombole (oyida) uy solingan edi.

Izohlar

Birinchi qatorda muallif ibodatxona atrofida hujralarda yonayotgan qator yoki aylana olov haqida soʻz ochgan.

Kichik sigʻinish olovi. Orqa planda — qator boʻlib yongan chaxartag va hujralar olovi. 1865-yil rasmi.

Kichik sigʻinish olovi. Orqa planda — qator boʻlib yongan chaxartag va hujralar olovi. 1865-yil rasmi

Ikkinchi qatorda muallif Isfaxon va Bavanlik ekanini va Badak shahriga yetganini aytadi. „Djey“ bu „Gay“ — Isfaxon shahrining erta nomlaridan birining arablashtirilgan shaklidir.[32]

Bavan — Isfaxonning janubidagi kichik qishloq[33],[34]. XVII asrning boshlaridan Isfaxon va uning atrofida zardushtiyalik jamoa mavjud boʻlgan. Shoh Sulton Husayn (1694—1722) davrida Isfaxonning deyarli barcha zardushtiyaliklari islom diniga kuch bilan oʻtkazilgan, bir oz qismigina oʻz dinida qolgan. Hozirgi vaqtda ham Yezda tumanida bunday qochoqlarning[35] avlodlari boʻlgan oilalar mavjud. „Badak“ soʻzi Boku shahri nomining qisqartilgan nomi sifatida sheʼr qofiyasi uchun ishlatilgan. (Boku nomi XVI—XVIII asrlar manbalarida Badku, Bad-e kube[36] deb yozilgan).

Uchinchi qatorda kirib kelayotgan Yangi Yil haqida gapirilgan, sheʼr soʻngida 22 avgustdan — 22 sentabrgacha sodir boʻladigan Sombola yulduz turkumi - Kolos (Sumbula) yulduz turkumi qayd etilgan. Oyning nomini yozganda usta soʻz ohirida l va h ni almashtirib qoʻygan. Yozuvning soʻnggi qatorida mahalliy yosh oʻymakori 1158-yilni koʻrsatgan bu eramizning 1745-yiliga toʻgʻri keladi va yonidagi eramizning 1745-yiliga toʻgʻri keladigan 1802 Samvat sanasi koʻrsatilgan hindiy yozuviga mos keladi. Eron zardushtiylari bahorgi tengkunlik kuni Yangi Yil (Navroʻz) ni nishonlab oʻz taqvimlarini yuritishgan. Lekin XI asrda zardushtiylarning taqvim tizimi kabisa interkalyatsiyasini oʻtkazmaganliklari sababli tanazzulga uchragan. Shunday qilib, Navroʻz ularning taqvimiga koʻra oʻzining birlamchi sanasiga koʻra surila boshlagan va 1745-yilga kelib Navroʻz 22 sentabrga[37] toʻgʻri kelgan, yaʼni Kolos oyi davrida. Ushbu taqvim „kadmi“ deb atalgan va bahorgi tengkunlikda Navroʻzni nishonlash anʼanasini qayta tiklaganida Eron zardushtiylari tomonidan XX asrgacha foydalanilgan.

XIX—XX asrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Brokgauz va Efron ensiklopedik lugʻatidan illustratsiya (1890—1907)

XIX asrda rus — forsiy urushi tugaganidan soʻng va Kavkaz ortini Rossiya imperiyasi tarkibiga kirganida, Suraxan Atashgyaxi Rossiyada mashhur boʻldi va rus hamda Yevropa sayohatchilari tomonidan tez-tez ziyorat qilingan.

1820-yilda fransiya konsuli Gamba ibodatxonaga safar qiladi. Gambaning soʻzlariga koʻra, Zoroastriylar izdoshlari qisman hindlar va qisman gebrlar yashagan[38].

1835-yilgi „Kavkazorti oʻlkasining statistik tavsifida“ shunday yozilgan:

Boku provinsiyasi yashaydigan forslar hamda Boku provinsiyasi va Salyan orolida yashaydigan hindlar otashparastlar boʻlishgan. Ular Zoroastr oʻgitlariga rioya qilgan: olov hamda oliy mavjudod va yaxshilik elchisi Oromaza timsoliga sigʻinishgan, bunda yomon rux Arimanni yomonlik boshlovchisi deb bilishgan; ibodat vaqtida Zoroastr Zendavestasi yozilgan zendiy tilini ishlatishgan. Ularning ateshgi yoki sigʻinish joyi Boku yaqinida joylashgan.[39]

Boku. Suraxanlar. Otashparastlar ibodatxonasi. Imperiya shaharlari otkritkasi.
Oʻchmas olovlarda karvon — saroy koʻrinishi. I.Berezinning „Dogʻiston va Kavkazortiga sayohat“ kitobidan rasm.
Jan Pyer Mone rasmida. „LeTourduMonde“ da nashr etilgan (Parij, 1860)
Atashgyaxda gebrlar udumi. Jan Pyer Mone rasmi. „LeTourduMonde“ da nashr etilgan (Parij , 1860)
Ozarbayjon pochta markasida olov ibodatxonasi 1919-yil.
Otashgohda mobed Kurosh Niknam (Eron) boshchiligida zardushtiylar ibodati

1840-yilda karaim olimi Avraam Firkovich Derbend shahriga kelib Bokulik zardushtiylar haqidagi diniy bahslarda ishtirok etgan va bu haqida oʻzining „Avney-Zikaron“ ishida yozgan. Rus komendanti oʻzini bahsdoshini bramin deb tanishtirgan boʻlsada, bahsning oʻzidan Firkovich zardushtiylik bilan bahslashgani maʼlum boʻldi. Firkovich undan soʻradi: „Nega siz olovga sigʻinasiz? Bu boshqa narsalar qatorida yaralgan narsa emasmi?“ Bokulik zardushtiy aynan olovga olov sifatida emas, balki olov belgisi hisblangan Yaratguvchiga (Q’rtʼ) sigʻinishgan. Firkovich tomonidan (Q’rtʼ) sifatida yozilgan Yaratguvchi termini pexleviylik Kerdar, yaʼni „Bunyodkor“ hisoblanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, bahs turkiy tilda olib borilgan, yaʼni Bokulik zardushtiy ozarbayjon tilini bilgan[40].

1858-yil noyabrida fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyuma — otasi Atashgyaxga sayohat qildi, u oʻz xotiralarida ibodatxona xizmatchilarini „forslar“, „gebrlar“ va „madjilar“ (yaʼni magamlar) deb atagan[41].

Ingliz Assher Atashgyaxga 1863-yil 19 sentabr kuni sayohat qildi. Uni „AtashDja“ deb atadi va ibodatxonada Hindiston va Erondan ziyoratchilar borligini aytgan[42] Nemis baroni Maks Tilman bu ibodatxonaga 1872-yilda kelgan. Oʻz xotiralarida u shunday yozadi: „Bombeyning forslar jamoasi bu yerga oʻzining rohibini yuborgan va u vaqt oʻtib oʻzgartiriladi. Uning boʻlishi zarur boʻlgan, sababi bu yerga Eron chekkalaridan (Yezd, Kerman) va Hindistondan ziyoratchilar kelishadi va bu muqaddas joyda bir necha oy yoki yil qolishadi“[43].

1876-yil Otashgohga ingliz sayohatchisi Djeyms Bryus kelgan. U Bombey forslarining panchayatlari oʻzining kuzatuvchisi ibodatxonada doim boʻlishini taʼminlagan deb takidlaydi[44]. Pyer Ponafidin, ibodatxonaga taxminan oʻsha davrda kelgan va Bombeylik ikki forsiy mobedlar haqida yozgan[45]. Bryusdan keyin ibodatxonaga kelgan Ernest Orsol 1864-yil fors ruhoniysi oʻlganidan soʻng Bombey forslari panchayati bir necha yildan soʻng bu yerga boshqa ruhoniyni yuborgan, lekin Hindiston va Erondan kelayotgan ziyoratchilar bu muqaddas joyni esdan chiqarishdi va 1880-yilda u yerda hech kim qolmadi[46]. 1879-yila O’Donovan ibodatxonaga keladi va „gebrlarning diniy sigʻinishi“ haqida eslatadi"[47].

1898-yilda „Menand Women ofIndia“ jurnalida „Bokudagi qadimgi zardushtiya ibodatxonasi“ maqolasi chop etilgan, muallif Atashgyaxni „forsiy ibodatxona“ deb atagan va soʻnggi zoroastr vakili u yerga 30 yil avval yuborilganini (yaʼni 1860-yillar) aytgan[48]. 1905-yilda Dj.Genri oʻz kitobida 25 yil avval (yaʼni taxminan 1880-yilda) Suraxanda soʻnggi fors ruhoniysi oʻlganini yozadi[49]. 1855-yilda neftgaz konlari topilishi bilan, ibodatxona yaqinida zavod qurilgan va Atashgyaxning tabiiy olovlari sekin asta susaya boshladi. 1887-yilda olovlari sezilarli darajada susaygan ibodatxonaga imperator Aleksandr III tashrif buyurdi. Ibodatxona olovlari 1902-yilning 6 yanvarida butkul oʻchdi.[50] Tadqiqotchi M.S. Sayapin yozishicha, XX asrning boshlarida Suraxandan 11 kilometrda apsheronning Govsan qishlogʻidan bir qariya uning davrida (yaʼni XIX asrning ikkinchi yarmida) atrofida otashparastlar yashaganini, lekin ularning farzandlari musulmon boʻlgan[51]

1925-yilda „Ozarbayjonning tadqiqot va oʻrganish jamiyati“ taklifiga koʻra Bokuga fors professori Dj.Dj.Modi kelgan va Respublikaning oʻsha davrdagi rahbari — Samed — Aga Agamaliogli Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuv vaqtida Modi fors anʼanalari Ozarbayjonni mangu olovlar mamlakati sifatida yodda tutishini taʼkidladi va Bokuga tashrifini Vourukash dengizi va mangu olov ibodatxonalariga ziyorat sifatida qarashini aytgan. Shuningdek pariy qoʻlyozmalarida „Xazar dengizining gʻarbiy qirgʻoqlarida ibodatxona olovlari“ qayd etilganini aytib oʻtdi[52]. Modi Kaspiy qirgʻoqlarida ibodat qildi, Atashkadda (olov ibodatxonasi) eng qadimgi deb hisoblagan Qiz qal’asiga sayohat qildi va bu haqida oʻz xotiralarida yozadi. Fors olimi oʻsha davrga kelib butkul tashlab qoʻyilgan Atashgyaxni koʻradi, lekin hind diniga oid koʻp qismli vositalar sababli (hujraga kirish joyidagi yozuvlar, chaxartag tomidagi osmalar) uning meʼmorchiligida („chaxar-tagi“) Sosoniylar davriga oid ibodatxonalar xususiyatini koʻrmadi va adashib Atashgyaxni hindlar ibodatxonasi deb hisobladi[53].

1925-yildan soʻng, Otashgoh ibodatxonasi olovi 50 yilga tashlab qoʻyildi. 1975-yilda amalga oshirilgan restavratsiya ishlaridan soʻng, Otashgoh ziyorat uchun ochilgan. 2007-yilda ibodatxona qayta tamirlandi.

1998-yilda „Ateshgax“ otashparastlar ibodatxonasi YUNESKOga (ingl. UNESCO — The United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization) Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun taqdim etildi. Ibodatxona majmuasini v YUNESKOning umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish (ingl. WHL — WorldHeritageList) uchun ariza va uning asoslantirilishi Ozarbayjon fanlar akademiyasining memorchilik va sanʼat Institutining memoriy yodgorliklarni restavratsiya qilish boʻyicha ilmiy muammolar boʻlimi rahbari, Ozarbayjon IKOMOS Yodgorlik va mashhur qadamjolarni saqlab qolish boʻyicha xalqaro kengashning Ozarbayjon qoʻmitasi (ingl. ICOMOS — InternationalCouncilonMonumentsandSites) prezidenti Gulnora Mexmandarova [54] tomonidan tayyorlangan.

Atashgyaxda diniy marosimlarni tez-tez oʻtkazadigan fors hamda erom zardushtiylari bu yerga koʻp keladi[55].

„Otashgoh“ deb nomlanuvchi boshqa olov ibodatxonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjonning yana bir qadimgi atashgyaxlaridan biri bu Xinalig qishlogʻidan 5 kilometrda tabiiy gaz chiqish joyidagi atashgyaxdir.

Bundan tashqari, bunday nomli ibodatxona Eronning Isfaxon shahrida joylashgan. Bugungi kunda u ham muzeylashtirilgan va shahrning diqqatga sazovor joyi hisoblanadi.

Jyul Vern Klodius Bombarnak nomidan shu nomli asarida Otashgoh haqida shunday yozadi:

Men mashhur ibodatxona Atesh-borgim kelgan, lekin u shaharda yigirma ikki chaqirimda joylashgan va men qaytishga ulgurmasdim. U yerda yuzlab yillar davomida mangu olov yonadi, bu olovni hayvon goʻshtini yemaydigan, Hindistonlik fors ruhoniylari saqlab turadilar. Boshqa mamlakatlarda vegetarianlarning bunday qarashlarini sabzavotlarni yoqtirgan odamlar deb hisoblashar edi.[56]

[1]

[2]

[3]

[4]

[5]

[6]

[7]

[8]

[9]

[10]

[11]

[12]

[13]

[14]

[15]

[16]

[17]

[18]

[19]

[20]

[21]

[22]

[23]

[24]

[25]

[26]

[27]

[28]

[29]

[30]

[31]

[32]

[33]

[34]

[35]

[36]

[37]

[38]

[39]

[40]

[41]

[42]

[43]

[44]

[45]

[46]

[47]

[48]

[49]

[50]

[51]

[52]

[53]

[54]

[55]

[56]

  1. 1,0 1,1 1,2 K. M. Mamedzade. Stroitel’noye iskusstvo Azerbaydzhana (s drevneyshikh vremen do XIX v.), Baku, 1983:

    Ateshgyakh—eto zoroastrizskiy khram ognya, voznikshiy v XVII—XVIII vv. na meste „vechnykh“ neugasimykh ogney—goryashchikh vykhodov yestestvennogo gaza

  2. 2,0 2,1 Ras­por­yazhe­niye Prezidenta Azerbaydzhanskoy Respubliki „Ob ob“yavlenii territorii Khrama Atesh­gyakh v Surakhanskom rayone goroda Baku Azer­bay­dzhanskoy Respubliki Gosudarstvennym istoriko-arkhi­tek­turnym zapovednikom „Khram Ateshgyakh“"
  3. 3,0 3,1 Nadpis' Kartira na „Kaabe Zoroastra“ v Nakshi-Rustame, str. 12 i 13. Kasumova S. YU. Azerbaydzhan v III—VII vv. Etno-kul’turnaya i sotsial’no-ekonomicheskaya istoriya. Baku. Elm. 1993[sayt ishlamaydi]
  4. 4,0 4,1 Khorenskiy M. Istoriya Armenii. Per. s drevnearmyanskogo G. Sarkisyana, Ayastan, Yerevan, 1990
  5. 5,0 5,1 G. Khart. Venetsianets Marko Polo. M., 1956, s. 114[sayt ishlamaydi]
  6. 6,0 6,1 Gevond. Istoriya khalifov vardapeta Gevonda, pisatelya VIII v., per. s arm. K. Patkanova, SPb, 1862:"Posle nego vlastvuyet Sham ili Geshm v prodolzheniye 19-ti let. V pervyy god svoyego pravleniya on vozymel zlobnoye namereniye i otpravil voyenachal’nika Gerta proizvesti pogolovnuyu perepis' v Armenii dlya bol’shego yeshche otyagcheniya rabstva nashego, chtoby podvergnutʼ nas raznogo roda bedstviyam. On poritsal shchedrostʼ Omara i obvinyal yego v tom, „chto on nezakonno istratil sokrovishcha, sobrannyye yego predshestvennikami“; i mnogo prichinil on bedstviy Armenii (do togo), chto vse stonali ot gor’kikh pritesneniy, i ne bylo nikakoy vozmozhnosti izbavitʼsya ot nevynosimykh bedstviy. S tekh por ruka yego yeshche boleye otyagotila nad Armeniyey. V to zhe vremya nachalis' bespokoystva v stranakh severnykh; ibo tsar' khazarskiy, Khagan, umer. Matʼ yego, Parsbit, prikazala polkovodtsu Tarmachu sobratʼ ogromnoye voysko i vesti yego na Armeniyu; [72] i polkovodets vystupil s sobrannym voyskom, i poshel cherez zemlyu Gunnov i cherez prokhod Dzhorskiy, po zemle Maskutov, i sdelal nabeg na stranu Paytakaran. On perepravilsya cherez reku Araks v Persiyu, razrushil Artavet, Gandzak-Shagastan, oblastʼ, nazyvayemuyu Atshi-Baguan, Spatar-Peroz i Ormizd-Peroz."
  7. 7,0 7,1 S. B. Ashurbeyli. Ocherk istorii srednevekovogo Baku (VIII — nach. XIX vv.), Izdatel’stvo AN Azerb. SSR, Baku 1964. 336 str.(21 p.l.)
  8. 8,0 8,1 Ahmad Kasravi Tabrizi. Namha-ye shahrha va deyeha-ye Iran, I, Tehran, 1929. (nạm sẖhrhạ w dyh‌hạy ạyrạn)
  9. 9,0 9,1 Al-Istakhri. Kitab Masalik al-Mamalik. BGA, 1, ed. M. J. De Goeje., 1927
  10. 10,0 10,1 Geographie d’Aboulfeda traduite de Parabe en francais et accompagnee de notes et d’eclaircissements par M. Reinaud, t. I—II, Paris, 1848—1883
  11. 11,0 11,1 Kartlis Tskhovreba, t. I, Tbilisi, 1955 g., s. 371 (na fr. yaz.); t. II, Tbilisi, 1959 g., s. 166 (na gruz. yaz.)
  12. 12,0 12,1 E. Kämpfer. Amoenitatum exoticarum politico-physico-medicarum fasciculi V, quibus continentur variae relationes, observationes et descriptiones rerum Persicarum et ulterioris Asiae, multa attentione, in peregrinationibus per universum Orientum, collecta, ab auctore Engelberto Kaempfero. Lemgoviæ : Typis & Impensis Henrici Wilhelmi Meyeri, Aulæ Lippiacæ Typographi , 1712, p. 253—262., 2007-12-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-09
  13. 13,0 13,1 Obshchaya reproduktsiya stranits s risunkom Kempfera[sayt ishlamaydi]
  14. 14,0 14,1 14,2 Ashurbeyli S. B. Ob istorii Surakhanskogo khrama ognepoklonnikov
  15. 15,0 15,1 Alakbarov, Farid (Summer 2003), „Observations from the Ancients“, Azerbaijan International 11 (2): „“according to historical sources, before the construction of the Indian Temple of Fire (Atashgah) in Surakhani at the end of the 17th century, the local people also worshiped at this site because of the 'seven holes with burning flameʼ.""
  16. 16,0 16,1 The Indian diaspora in Central Asia and its trade, 1550—1900 (Wayback Machine saytida 2011-09-10 sanasida arxivlangan) "… George Forster … On the 31st of March, I visited the Atashghah, or place of fire; and on making myself known to the Hindoo mendicants, who resided there, I was received among these sons of Brihma as a brother; an appellation they used on perceiving that I had acquired some knowledge of their mythology, and had visited their most sacred places of worship …"
  17. 17,0 17,1 Ervad Shams-Ul-Ulama Dr. Sir Jivanji Jamshedji Modi, Translated by Soli Dastur (1926), My Travels Outside Bombay: Iran, Azerbaijan, BakuFarroukh Isfandzadeh … Not just me but any Parsee who is a little familiar with our Hindu brethrenʼs religion, their temples and their customs, after examining this building with its inscriptions, architecture, etc., would conclude that this is not a Parsee Atash Kadeh but is a Hindu Temple … informed me that some 40 years ago, the Russian Czar, Alexander III, visited this place with a desire to witness the Hindu Brahmin Fire ritual … gathered a few Brahmins still living here and they performed the fire ritual in this room in front of the Czar … I asked for a tall ladder and with trepidation I climbed to the top of the building and examined the foundation stone which was inscribed in the Nagrik [or Nagari] script … the installation date is mentioned as the Hindu Vikramaajeet calendar year 1866 (equivalent to 1810 A. D.) …"
  18. 18,0 18,1 Chardin J. Voyages en Perse et autres lieux de 1’Orient. Vol. II. Amsterdam, 1735. p. 311
  19. 19,0 19,1 E. Kämpfer. Amoenitatum exoticarum politico-physico-medicarum fasciculi V, quibus continentur variae relationes, observationes et descriptiones rerum Persicarum et ulterioris Asiae, multa attentione, in peregrinationibus per universum Orientum, collecta, ab auctore Engelberto Kaempfero. Lemgoviæ : Typis & Impensis Henrici Wilhelmi Meyeri, Aulæ Lippiacæ Typographi , 1712, p. 253—262, 2007-12-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-09
  20. 20,0 20,1 J. Villotte, Voyage d’un missionnaire de la Compagnie de Jésus en Turquie, en Perse, en Arménie, en Arabie et en Barbarie, Paris, 1730
  21. 21,0 21,1 Lerkh Ioann. Vypiska iz puteshestviya Ioanna Lerkha, prodolzhavshegosya ot 1733 do 1735 g. iz Moskvy do astrakhani, a ottuda po stranam, lezhashchim na zapadnom beregu Kaspiyskogo morya. „Novyye yezhemesyachnyye sochineniya“, ch. XLIV, fevral', SPb., 1790 g., s. 75
  22. 22,0 22,1 Jonas Hanway. An Historical Account of the British Trade Over the Caspian Sea, 1753
  23. 23,0 23,1 Samuel Gottlieb Gmelin. Reise durch Russlaud zur Untersuchung d. drei Naturreiche, p. 45
  24. 24,0 24,1 Jean Françoise Gamba. Voyage dans la Russie méridionale et particulierement dans les provinces situées au-dela du Caucase (2 vols., Paris, 1826), II, p.299
  25. 25,0 25,1 Fire-temple in Ani
  26. 26,0 26,1 Fire Temple at Niasar[sayt ishlamaydi]
  27. 27,0 27,1 James R.Russell. Zoroastrianism in Armenia. — Harvard University, 1987. — P. 524.

    Not far from Ganjak, on the Apseron Peninsula, was the at assail 'fire-templeʼ of Baku, whose fires were fed by natural gases. The present building was built probably no earlier than the eighteenth century, and inscriptions in Indian scripts on its walls indicate it was a place of pilgrimage for Parsi travellers in recent times. The fires are now extinguished, but it is possible that the Baku temple was a centre of Zoroastrian worship in the Caucasus before the simple shrine now standing on the site was constructed.

  28. 28,0 28,1 Jackson, A. V. Williams (Abraham Valentine Williams). From Constantinople to the home of Omar Khayyam
  29. 29,0 29,1 Atlase k puteshestviyu B. A. Dorna po Kavkazu i yuzhnomu poberezh’yu Kaspiyskogo morya" (SPb., 1895, razd. III, 7 ll. Sr. takzhe: B. A. Dorn. Otchet ob uchenom puteshestvii po Kavkazu i yuzhnomu beregu Kaspiyskogo morya. Trudy VOAO, VIII, otd. ottisk, 1861, str. 36.)
  30. 30,0 30,1 J. M. Unvala. Inscriptions from Suruhani near Baku. Journ. of the Bombay Branch of the Royal Asiatic Soc. (New Ser.), 26, 1950
  31. 31,0 31,1 S. Ashurbeyli. Ob istorii surakhanskogo khrama ognepoklonnikov.
  32. 32,0 32,1 ISFAHAN IN PRE-ISLAMIC PERIOD. The Arab geographers report that the Sasanian city of Isfahan comprised two adjoining towns: Jayy
  33. 33,0 33,1 %0951.9386111&aq=&sll=55.354135,40.297852&sspn=37.323078,79.013672&ie=UTF8&ll=32.122127,51.954346&spn=1.709642,2.469177&z=9 Bavan on Google maps
  34. 34,0 34,1 Ali Akbar Dehkhoda. Loghatnameh, (in Persian), Tehran
  35. 35,0 35,1 M. Boys. Zoroastriytsy. Verovaniya i obychai, 2012-09-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-09
  36. 36,0 36,1 Musevi T. M. Srednevekovyye dokumenty po istorii Baku. Baku, 1967, s. 63-64 (na azerb. yaz.)
  37. 37,0 37,1 Zoroastrian calendar calculator (Shahanshai, Kadmi, and Fasli dates for any calendar year)., 2013-04-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-09
  38. 38,0 38,1 Jean Françoise Gamba. Voyage dans la Russie meridionale. II. Paris. 1826. P. 299
  39. 39,0 39,1 O.Yevetskiy. Statisticheskoye opisaniye Zakavkazskogo kraya. — S.-Peterburg, 1835. — S. 87-88.
  40. 40,0 40,1 Dan Shapira. A Karaite from Wolhynia meets a Zoroastrian from Baku. Iran and the Caucasus, vol. 5, no. 1, 2001, pp. 105—106
  41. 41,0 41,1 Alexandre Dumas. Impressions de voyage: Le Caucase (1866)
  42. 42,0 42,1 Ussher. A Journey from London to Persepolis. pp. 208—207, London, 1865.
  43. 43,0 43,1 Thielmann, Journey in the Caucasus, Persia, and Turkey in Asia, Eng. tr. by Heneage, 2. 9-12, London, 1876
  44. 44,0 44,1 James Bryce. Transcaucasia and Ararat: Being Notes of a Vacation Tour in the Autumn Of 1876.
  45. 45,0 45,1 Life in the Moslem East By Pierre Ponafidine, Emma Cochran Ponafidine, 1911.
  46. 46,0 46,1 E. Orsolle. Le Caucase et la Perse. Ouvrage accompagné d’une carte et d’un plan. Paris, E. Plon, Nourrit et cie, 1885, pp. 130—142
  47. 47,0 47,1 OʻDonovan E. Merv Oasis: Travels and Adventures East of the Caspian during the years 1879-80-81. 2 vols. New York, 1883
  48. 48,0 48,1 Men and Women of India. Vol. 1, no. 12, p. 696, Bombay, Dec. 1898
  49. 49,0 49,1 J. D. Henry, Baku, an Eventful History, 1906
  50. 50,0 50,1 Sysoyev V., Sadigi G. Ateshga ili Khram Ognepoklonnikov v Surakhanakh i Sadigi G. Drevnosti derevni Shikhovo Izvestiya Azerbaydzhanskogo Arkheologicheskogo komiteta, otdel’nyy ottisk iz vypuska 1. Baku Slovo 1925 g. 32s.
  51. 51,0 51,1 Sayapin M. S. Bakinskiye drevnosti (Vzglyady obyvatelya). Rukopis' FP-328 biblioteki NAN Azerbaydzhana, 1930 g..
  52. 52,0 52,1 "Maarif ve medeniyet" („Prosveshcheniye i kul’tura“), № 2, 1925 g., Baku, s. 37-38
  53. 53,0 53,1 Maari Mumbai Bahaarni Sehel — Europe ane Iran-nee Musaafari-naa 101 Patro. 1926, p. 266—279 (English translation: „My Journey outside Mumbai — 101 letters of my Europe and Iran Journeys.“ by Ervad Shams-Ul-Ulama Dr. Sir Jivanji Jamshedji Modi. Translated from Gujarati by Soli P. Dastur in 2004.
  54. 54,0 54,1 Surakhany, Atashgyakh (Fire — worshippers, temple — museum at Surakhany)
  55. 55,0 55,1 iranskiye zardushtiytsy v Ateshgyakhe vo glave s mobedom Kuroshem Niknamom
  56. 56,0 56,1 Zhyul' Vern. Klodius Bombarnak