Asr goʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asr goʻli“ — XXI asrning birinchi jahon chempionatida FIFA saytida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi gol deb topilgan[1]. Bu gol argentinalik Diyego Maradona tomonidan 1986-yilgi Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi oʻyinning 55-daqiqasida kiritilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin 1986-yil 22-iyun kuni Mexiko shahridagi „Atsteko“ stadionida boʻlib oʻtgan. „Asr goʻli“ Maradona inglizlar jamoasining jarima maydonchasiga yoʻl olganidan soʻng kiritilgan, bu vaqtda u olti futbolchini, shu jumladan darvozabonni ham ortda qoldirgan. Bundan toʻrt daqiqa oldin Maradona qoʻli bilan „Olloxning qoʻli“[2] deb atalgan goʻlni urgan.

Keyinchalik, Maradona bu goʻl uchun qisman ingliz himoyachilarining olijanobligiga qarzdor ekanligini tan oldi, ular qoidalarni buzgan holda uni qaytarishga harakat qilishmagan edi[3]. Ushbu oʻyinda jamoasining yagona goʻlini kiritgan ingliz toʻpurari Gari Lineker bu moʻ’jizaviy goʻlni koʻrib, hayotida birinchi marta raqibini olqishlashga tushganini aytgan[4]. Angliyalik yarimhimoyachi Kris Uoddl ushbu epizod haqida shunday degan: „Jon Barns bilan zahirada oʻtirganimizda ogʻizlarimiz ochiq edi, Maradona oʻz maydonida toʻpni olib, jamoamizning yarmidan oʻtib ketdi va goʻl urdi. Uning goʻlini hech qachon unutmayman. Bir vaqtning oʻzida ham qarsak chalgilm, ham yigʻlagim keldi“[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Diego Maradona goal voted the FIFA World Cup™ Goal of the Century“ (inglizcha) (deadlink). fifa.com (2002-yil 30-may). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2010-yil.
  2. [Bechtel.] „Some instances of cheating are OK“ (inglizcha). CNN Sports Illustrated (2005-yil 24-avgust). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2010-yil.
  3. rediff.com: Football World Cup — Maradona’s strike is goal of the century
  4. Mohammed Bhana. „Lineker Forgives 'Genius' Maradona For Hand Of God“ (inglizcha). goal.com (2009-yil 8-yanvar). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2010-yil.
  5. Сергей Бабарика. „Le clown“. football.ua (7-dekabr 2009-yil). 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2012-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Maradona, D. Maradona: The Autobiography of Soccer’s Greatest and Most Controversial Star, p. 129. Skyhorse Publishing, 2007. ISBN 1-60239-027-4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]