Aron Kodesh (ahd sandig’i)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aron Kodesh (ahd sandig’i)-Quddusga yo‘nalgan muqaddas sandiq (quti) bo‘lib, uning ichida “Tavrot” o‘ramlari saqlanadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, Aron Kodeshning sinagogada paydo bo‘lish tarixi Birinchi Ibodatxonaning vayron etilish (mil. avv. 586 y.) davriga to‘g‘ri keladi va u “Amrlar Sandig‘i”ning ramziy o‘rnini bosuvchi sifatida yuzaga kelgan. U ibodatxonada “mehrob” vazifasini bajaradi va kirish eshigining ro‘parasida joylashtirilgan bo‘lib, Isroil Yeriga yo‘naltirilgan bo‘ladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 47.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.