Kontent qismiga oʻtish

Tursunboy Adashboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Adashboyev, Tursunboydan yoʻnaltirildi)


Tursunboy Adashboyev Jalolobod shahrida 2010-yil, mart

Shoir Tursunboy Adashboev 1939-yil 1-yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Ola-Buqa tumani Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962–1968) oʻqigan. Moskvadagi Adabiyot institutida ham tahsil olgan.

Tursunboy Adashboev dastlab „Qirgʻiziston haqiqati“ gazetasi tahririyatida, Oʻsh viloyati Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilgan. U hamisha Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etgan, sheʼriy, nasriy asarlari oʻzbek tilida chop etilgan. T. Adashboev „Choʻlpon“ nashriyotida 1987–1999 yillargacha muharrir, boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari sifatida faoiliat koʻrsatdi. Nafaqaga chiqish arafasida 2 yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi boʻldi.

Tursunboy Adashboev „Kamolning olmasi“ (1965), „Biz sayohatchilar“ (1967), „Olatogʻ-lolatogʻ“ (1978), „Joʻnataman quyoshni“ (1982), „Arslonbob afsonasi“ (1988), „Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ (1990), „Topishmoqli alifbe“ (1997) singari 20 ta sheʼriy toʻplam muallifi. U qirgʻiz adabiyotidan 30 ga yaqin asar tarjima qilgan. Ular orasida „Manas“ning nasriy bayoni, „Singan qilich“ romani singari asarlari bor. Tursunboy Adashboev „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“(1993), „Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi“(1999), „Doʻstlik“ ordeni (1999), „Manas“ordeni (1995) sohibi.

Tursunboy Adashboev bola ruhiyatini yumorga moyil tarzda nozik ifodalaydi. Uning kattalar uchun yozilgan asarida ham oʻziga hoslik sezilib turadi. Tursunboy Adashboev adabiy parodiyalar ustasi.

R. Barakaev. Jonajonim sheʼriyat. Monografiya.T.;Choʻlpon 1997 Z. Isomiddinov. Dil koʻprigi. Maqola. „Jahon adabiyoti“ 1998, 12-son