Abduqodir Abduqahhor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abduqodiri Abduqahhordan yoʻnaltirildi)
Abduqodiri Abduqahhor
Abduqodir Abduqahhorovich Talbakov
Tavalludi 15-dekabr 1967-yil (1967-12-15) (56 yosh)
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Kasbi jurnalist
Mukofotlari 2-darajali „Sharaf“ ordeni

Abduqodiri Abduqahhor (Talbakov Abduqodir Abduqahhorovich; 1967-yil 15-dekabr, Koʻlob viloyati, Farxor tumani, Bahoriston qishlogʻi)— tojikistonlik jurnalist. Tojikiston Respublikasi maorif aʼlochisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqodiri Abduqahhor 1967-yil 15-dekabrda Koʻlob viloyati Farxor tumani, Bahoriston qishlogʻida tugʻilgan. 1975—1985-yillari boshlangʻich va umumiy oʻrta ta’limni 19-son umumiy oʻrta ta’lim maktabida olgan. 1987—1989-yillarda Sovet Ittifoqi qurolli kuchlarida xizmat qilgan. 1995-yilda Tojikiston Davlat universitetining tojik filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduqodiri Abduqahhor dastlab oʻz faoliyatini Tojikiston televideniyesida boshlagan va mazkur tashkilotda 10 yildan ortiq ishlagan:

  • 1995—1998-yillar — Tojikiston televideniyesi „Axbor“ koʻrsatuvi bosh muharriri;
  • 1998—1999-yillar — Tojikiston televideniyesi axborot-tahlil boʻlimi katta muharriri;
  • 1999—2001-yillar — Tojikiston televideniyesi axborot-tahliliy boʻlimi bosh muharrir oʻrinbosari;
  • 2001—2002-yillar — Tojikiston televideniyesi axborot-tahliliy boʻlimi bosh muharriri;
  • 2002—2002-yillar — Tojikiston televideniyesi siyosiy-tahliliy koʻrsatuvlar muharriri;
  • 2002—2004-yillar — Tojikiston televideniyesi siyosiy-tahliliy koʻrsatuvlar sharhlovchisi;
  • 2004—2005-yillar — „Subh“ koʻrsatuvi masʼul muharriri, Tojikiston televideniyesi axborot-tahliliy va siyosiy-tahliliy koʻrsatuvlar katta muharriri;
  • 2006—2012-yillar — Tojikiston Respublikasi Televideniye va radioqoʻmitasining Tojikiston radiosi direktori;
  • 2012—2014-yillar — „Poytaxt“ davlat televideniyesi rahbari;

2014-yilning fevralidan 2015-yilning mayigacha Dushanbe shahridagi Davlat ijroiya organining madaniyat boʻlimi boshligʻi. 2015-yil may oyidan Abul Qosim Lohutiy nomidagi markaziy shahar kutubxonasi direktori[1].

Dushanbe shahrining 4-chaqiriq Sinay tumani xalq deputatlari majlisi vakili.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda 2-darajali „Sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 3 nafar farzandi bor: 2 qiz va bir oʻgʻil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]