Abdulmanap Nurmagomedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov (avar ГӀабдулманап НурмухӀамадов) 1962-yil 10-dekabrda Dogʻistonning Sumadin tumanida tugʻilgan.2020-yilning 3-iyul kuni Rossiya poytaxti Moskvada vafot etgan. Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov sovet va rus sportchisi, murabbiy, erkin kurash boʻyicha SSSR sport ustasi hamda Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy, jangovar sambo boʻyicha Dogʻiston Respublikasi terma jamoasining katta murabbiyi hisoblanadi. Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov dzyudo va sambo boʻyicha Ukraina chempioni. Shu bilan bir qatorda Abdulmanap Nurmagomedov yengil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi hisoblanadi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov 1962-yilda Sumadin tumani Sildi qishlogʻida tugʻilgan. Qizilyurt tumani Kirovaul qishlogʻida yashagan. Abdulmanap Nurmagomedov 1987-yilda Poltava kooperativ institutini buxgalter-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U uchta farzandni tarbiyalagan: ikki oʻgʻil va bir qiz.

Sportchi va murabbiy Abdulmanap Magomedovich 40-Birlashgan Qurolli Armiya safida xizmat qilgan va eʼtiborli jihati Abdulmanap Nurmagomedov1982-yilda Afgʻonistonga joʻnatiladigan askarlarni tayyorlagan murabbiy hisoblanadi[1].

U faoliyatini erkin kurash bilan boshlagan hamda erkin kurash boʻyicha sport ustasi darajasini olgan. Sportchi armiyada dzyudo va sambo bilan shugʻullangan. Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov Piter Butria bilan birga oʻqigan[2].

2020-yil aprel oyi oxirida Abdulmanap Nurmagomedov ikki tomonlama pnevmoniya bilan Maxachqal’aning 2-shahar kasalxonasiga yotqizilgan edi[3]. 3-may kuni uni maxsus samolyotda Moskvaga olib ketishdi[4]. 13-mayga kelib esa Nurmagomedov Moskvadagi harbiy gospitallardan birida og‘ir ahvolda ekanligi maʼlum bo‘ldi[3]. Ramzan Qodirovning xabar berishiga koʻra, Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov 2020-yil 3-iyul kuni Moskvada koronavirus tufayli yuzaga kelgan asoratlardan vafot etgan[5]. 4-iyul kuni taniqli murabbiy Abdulmanap Magomedovich tugʻilib oʻsgan qishlogʻida dafn qilindi[6].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulmanap Magomedovich Nurmagomedov 1992-yilda sport sambosi boʻyicha jahon chempioni — oʻz ukasi Nurmagomed Nurmagomedovni tarbiyalagan hamda u oʻsha paytda Ukraina terma jamoasi tarkibida musobaqalarda ishtirok etgan[2][7]. 2019-yil sentabr oyida Abdulmanap Nurmagomedov jangovar sambo bo‘yicha eng ko‘p chempionlarni tarbiyalagani sifatida Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgan edi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Nurmagomedov murabbiylik faoliyati davomida 18 ta jahon chempionini tarbiyalagani aniqlangan[8].

Abdulmanap Nurmagomedov erkin kurash boʻyicha bir qancha Dogʻiston va Rossiyaning chempion va sovrindorlarini tayyorlagan va ular quyidagilar:

  • Magomedxon Kaziev ,
  • Saidbek Darbishchev ,
  • Xasan Magomedov ,
  • Hojimurat Mutalimov ,
  • Dabadan Omarov ,
  • Magomedrasul Aliyev[2].

Jang sanʼatida Abdulmanap Magomedovich quyidagi sportchilarga murabbiylik qilgan:

  • Ibragim Magomedov — Rossiya chempioni va jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati sovrindori;
  • Asildor Abdulhamidov — Rossiya chempioni, jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati sovrindori;
  • Eldar Aliyev — Rossiya chempioni, jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati sovrindori;
  • Nazir Mammadaliyev — jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni;
  • Mansur Uchoqayev — jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni;
  • Magomed Magomedov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Magomed Yakubov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Rustam Xabilov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni[8];
  • Shamil Zavurov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni[8];
  • Jabrail Jabrailov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni[8];
  • Makasharip Makasharipov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Marat Magomedov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Islom Mammadov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni[8];
  • Magomedrasul Xasbulaev — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Magomed Ibragimov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Xabib Nurmagomedov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni, yengil vaznda UFC chempioni;
  • Ahmadshayx Gelegaev — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni;
  • Magomed Alxasov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempioni[8];
  • Muslim Uchoqayev — jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori;
  • Abdurahmon Nurmagomedov — jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati medali sovrindori;
  • Esedulla Emiragaev — jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati sovrindori;
  • Gadjimurod Nurmagomedov — jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori;
  • Shahban Machiev — jangovar sambo boʻyicha jahon chempionati sovrindori[2];
  • Amiran Qosumov jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „16 крутых фактов об отце Хабиба, которые вы точно не знали“. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Эльдар Эльдаров. „Тренер чемпионов: эксклюзивное интервью с Абдулманапом Нурмагомедовым“. mixfight.ru. Лига Mix Fight M-1: Смешанные единоборства (2012-yil 25-fevral). 2018-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-avgust.
  3. 3,0 3,1 „Состояние Абдулманапа Нурмагомедова тяжелое“. chernovik.net. Черновик (2020-yil 13-may). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-may.
  4. А. Борисов. „Стало хуже: отца Хабиба спецрейсом доставили в Москву“. gazeta.ru. Газета.ру (2020-yil 5-may). 2020-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-may.
  5. „Умер отец Хабиба Нурмагомедова“ (ru). Спорт РИА Новости (3-iyul). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.
  6. „Отца Хабиба Нурмагомедова похоронили в родном селе в Дагестане“ (ru). Российская газета. 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  7. „Нурмагомедов Нурмагомед“ (ru). Внутри самбо. 2022-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-iyun.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 „Отца Хабиба Нурмагомедова включили в Книгу рекордов России“. obzor.io. Обзор (2019-yil 23-sentyabr). 2019-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]