Kontent qismiga oʻtish

Abdulloyev G'affor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
G'affor Abdulloyev
Tavalludi 1927-yil 31-mart
Vafoti 1995-yil
Xatlon viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni
Mukofotlari

Abdulloyev G'affor (1927-1995) — Tojikiston Soveti kolxozchisi, SSSR Oliy Soveti deputati, Sotsialistik Mehnat Qahramoni(1973).

Abdulloyev G'affor 1927-yil 31-martda, Tojikiston SSSR Ko‘lob viloyati (hozirgi Xatlon viloyati) tug'ilgan. 1943-yilda traktor yordamchisi bo‘lib ishlagan, oradan 6 yil o‘tib Tojikiston SSR Ko‘lob viloyatida joylashgan xo‘jaloklarda traktorchi bo‘lib ishlagan[1]. Keyinchalik esa brigada mexanigi, kolxoz dehqonchilik uchaskasi boshlig'i bo‘lib ishlagan.

1963-yilda Istiqlol Istiqlol (Voseʼ tumani)dagi Lenin nomidagi kolxozning kempleks mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘limida ishlagan. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi yutuqlari uchun 1965-yilda G'.Abullayev o‘zining birinchi Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi. 1971-1975-yillarda Abdulloyev G'affor boshchilik qilgan brigada har gektardan 43-57 sentnerdan paxta hosilini yetishtirishga erishishgan va 1972-yilda paxta yetishtirish va davlatga topshirishda erishgan katta muvaffaqiyatlari uchun Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[2]. 1973- yilda G'.Abullayev boshchiligidagi jamoa ko‘rsatgan natijalar yanada yuqori bo‘ldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1973-yil 10-dekabrdagi farmoni bilan butun Ittifoq Sotsialistik musobaqasida erishilgan katta muvaffaqiyatlar va mahsulotlar, ishlab chiqarish va davlatga topshirish ko‘paytirish bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan majburiyatlarni bajarishda ko‘rsatilgan mehnat jasorati uchun 1973-yilda Abdullayev G'afor Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 1980-1981-yilllarda 1 million tonnadan ortiq paxta yetishtirish va davlatga topshirish bo‘yicha erishgan yutuqlari uchun O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan taqdirlangan.

G'affor Abdulloyev 1995-yilda vafot etgan.

  1. Abdulloyev, G'affor. Энсиклопедияи Миллии Тоҷик, 2011 — 25-bet. ISBN 978-99947-33-45-3.  (Wayback Machine saytida 2022-08-10 sanasida arxivlangan)
  2. Abdulloyev, G'affor „Avdulloyev G'affor“. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.