Gʻallabank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("G'allabank"dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"GʻALLABANK" — Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik tijorat banki. 1994 yil avg .da tashkil etilgan. Boshqa-ruvi Toshkent shahrida. Bankning asosiy yirik aksiyadorlari: "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi (32,5%), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (25,0%), Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (12,5%), "Paxtabank" (12,5%), shuningdek, don mahsulotlari hududiy (viloyat) aksiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalari va boshqa Aksiyadorlari soni 5263 ta, ulardan 3 mingdan ortigʻi jismoniy shaxslar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 mintaqaviy (viloyat) filiali, 18 ta tuman filiallari va 68 ta mini banki, 141 ta jam-gʻarma shoxobchalari mavjud (2005). Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari — gʻalla va boshokli don mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjalik subʼyektlariga, un va non sanoati korxonalariga bank xizmatlari koʻrsatish, shu tarmoklarga chet el investitsiyalarini, ilgʻor texnologiyalarini jalb qilish, mamlakat don va un mahsulotlari eksportini rivojlantirishga, respublikaning gʻalla mustaqilli-giga erishishiga yordam koʻrsatish va boshqalardan iborat. Bank 1994 yil noyabrdan boshlab chet el valyu-tasida bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsen-ziyaga ega, 1996 yildan qimmatli qogʻozlar bozorida ishtirok etadi. "Toshkent" fond birjasida oʻz bro-kerlik idorasini ochgan. 1999 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisob-kitob jamgʻarmasining moliyaviy agenti sifatida faoliyat olib boradi. Loyihalarni moliyaviy taʼminlash va korporativ mijozlar bilan birga chakana mijozlarga ham barcha bank xizmatlarini koʻrsatadigan universal tijorat banki hisoblanadi. Aholiga valyuta ayirboshlash sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha 70 ta shoxobchaga ega (shundan 20 tasi Toshkent shahrida).

Bank Xalqaro tiklanish va taratskiyot bankining "Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash" loy-ihasini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Bank dehqon va fermer xoʻjaliklariga minitexnologiyalar olish uchun moliyaviy lizing xizmatlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish, eksportbop yoki import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va boshqa yoʻnalishlarda ham xizmatlar koʻrsatadi.

2005 yilda turli mulkchilik shakllaridagi 58,0 mingdan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatdi (2001 yilda 23927 ta mijozga xizmat koʻrsatgan). Bankning (mln. soʻm) ustav kapitali - 4958,1 (1994 yilda 8,0 mln. soʻm boʻlgan); jami aktivlari — 100918,9; jami kapitali — 16258,2; jami kre-dit qoʻyilmalari — 56111,5; kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar — 6225,4; sof foyda (balans boʻyicha) — 2616,5 (2005, 1 yanvar).

Ikromjon Oʻrinboyev.