Milana Vayntrub

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Milana Vayntrub

Vayntrub VidCon festivalida, Anaheim (California), 2012
Tavalludi 1987
Kasbi aktrisa
Veb-sayt milanavayntrub.com

Milana Vayntrub (kir. Милана Вайнтруб) amerikalik aktrisadir. Millati yahudiy. Reklama, qisqa komediya va teleseriallarda rol oʻynaydi.[1]

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vayntrub Toshkentda tugʻilgan.[1][2] Qoʻshma Shtatlarga koʻchib, u yerda Upright Citizens Brigade improvizatsiya komediya truppasida aktrisalikni oʻrgandi.[1]

Vayntrub va Stevie Nelson Live Prude Girls guruhini tuzib, YouTube'da "Let's Talk About Something More Interesting" ("Keling qiziqroq narsalar haqida gaplashaylik") seriyasida suratga tushdi.

Vayntrub Life Happens, Silicon Valley kabi qator film va telefilmlarda, CollegeHumor videolarida suratga tushib keladi.[1] AT&T reklama kampaniyasida Lily Adams ismli sotuvchi rolini oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Kurp, Josh. „Meet The Actress Who Plays 'Lily,' Your AT&T Commercial Crush“. Uproxx Media. uproxx.com (4-aprel 2014-yil). Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  2. „The Third Annual Backstage 30“. Backstage. Qaraldi: 23-iyul 2014-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]