Jalilabad tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jalilobod tumani

Cəlilabad rayonu
Shahar
39°12′00″N 48°18′00″E / 39.20000°N 48.30000°E / 39.20000; 48.30000 G OKoordinatalari: 39°12′00″N 48°18′00″E / 39.20000°N 48.30000°E / 39.20000; 48.30000 G O
Mamlakat Ozarbayjon
{{{mintaqa_turi}}} Lankaran-Astara
{{{tuman_turi}}} tuman
Hukumat
 • Hokim Rafig Jalilov[1]
Maydon 1,440 km2 (560 mi²)
Rasmiy til(lar)i ozarbayjon tili
Aholisi
 (2020)
225 300[2]
Vaqt mintaqasi UTC+4:00
Telefon kodi +994
Pochta indeks(lar)i 1500
Jalilobod tumani xaritada
Jalilobod tumani
Jalilobod tumani

Jalilobod tumani (ozarbayjoncha: Cəlilabad rayonu) Ozarbayjonning 66 ta tumanidan biri. Mamlakatning janubi-sharqida joylashgan va Lankaran-Astara iqtisodiy rayoniga kiradi. Tuman Mosolli, Yordimli, Bilasuvor, Neftchala tumanlari bilan chegaradosh. Markazi va eng yirik shahri — Jalilobod. 2020-yil holatiga koʻra, tumanda 225 300 kishi istiqomat qiladi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jalilobod markazi

Jalilobod hududida joylashgan Hamashara shahri miloddan avvalgi 2-ming yillikka oid. Shahar balandligi 3-meter-high (9.8 ft) qal’a bilan oʻralgan edi. Arablar hududga bostirib kirganidan keyin Hamashara shahri vayron boʻldi va keyingi davrlarda Hasilli shahri tashkil topdi. 1930-yillarda ruslarning Ozarbayjonga koʻchishi natijasida ozarbayjonlar va ruslar birga yashagan Astarxon-bozor shahri tuman markaziga aylandi.

Tuman 1930-yil 8-avgustda tashkil etilgan. 1967-yil 2-iyulga qadar Astraxan-bozor deb atalgan. Tuman nomi 1977-yil 2-iyunda ozarbayjon yozuvchi-dramaturgi Jalil Mammadqulizoda sharafiga Jalilobod deb atalgan. 1964-yil 26-may kuni Jalilobod Bilasuvar maʼmuriy-hududiy birligi tarkibiga kirdi. 1965-yil 6-yanvarda yana mustaqil tumanga aylandi.

1999-yil tumanda 190 dan ortiq munitsipalitet tashkil etildi. Munitsipalitet saylovida 841 kishi ishtirok etdi.

Tumanda qadimgi Bajiravon va Mugʻon shaharlari, Alikoʻmektepe va Misharchay turar-joylari, Qozon lojasi, Bajiravon tepaliklari, miloddan avvalgi IV ming yillikga oid Gurudere turar-joy mavzesi, bronza davriga odi Jinlitepa va Zardushtiy kulbalari Piraxonjar kabi arxeologik yodgorliklar mavjud[6]

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2018-yil holatiga koʻra, tuman aholisi 219,5 ming kishini tashkil etib, 2000-yildagi 172 ming kishidan 47,5 ming kishiga (27 foizga yaqin) oshgan[3]. Jami aholining 110 700 nafarini erkaklar, 108 800 nafarini ayollar tashkil etadi[4]. Aholining 28,7 foizdan ortigʻini (63,2 mingga yaqin kishi) 14-29 yoshdagi yoshlar va oʻsmirlar tashkil etadi[5]. 219 286 nafari ozarbayjon, 130 nafari rus, 15 nafari turk, 14 nafari tatar, 12 nafari ukrain, 21 nafari tolish va 22 nafari boshqa millat vakillaridir.

Tuman aholisi (yil boshiga nisbatan)[3]
Tuman 2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Jalilobod tumani 172,0 174,1 176,0 177,9 179,8 182,3 184,8 187,0 189,4 191,7 194,1 196,5 198,8 202,0 205,6 209,3 213,0 216,6 219,5 222,4 225,3 227,6
shahar aholisi 48,2 49,0 49,7 50,5 51,4 52,4 53,4 54,1 54,9 55,8 56,3 56,9 57,3 57,9 58,6 59,5 60,2 60,9 61,4 62,0 62,6 62,9
qishloq aholisi 123,8 125,1 126,3 127,4 128,4 129,9 131,4 132,9 134,5 135,9 137,8 139,6 141,5 144,1 147,0 149,8 152,8 155,7 158,1 160,4 162,7 164,7

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „President Aliyev appoints new head of Jalilabad district“. Report News Agency.
  2. 2,0 2,1 „Population of Azerbaijan“. stat.gov.az. State Statistics Committee. Qaraldi: 2021-yil 22-fevral.
  3. 3,0 3,1 „Political division, population size and structure: Population by towns and regions of the Republic of Azerbaijan“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  4. „Political division, population size and structure: Population by sex, towns and regions, urban settlements of the Republic of Azerbaijan at the beginning of the 2018“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  5. „Political division, population size and structure: Population at age 14-29 by towns and regions of the Republic of Azerbaijan at the beginning of the 2018“ (en). The State Statistical Committee of the Republic of Azerbaijan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.