Zulbahrayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Zulbahrayn” (“Ikki bahrli”)Kotibiy Turshiziyning masnaviysi. Tasavvufiy mavzuda bitilgan. Manbalarda “Nosir va Mansur” yoki “Majmaʼ ul-bahrayn” (“Ikki dengizning porlashi”) deb ham ataladi. Asarni ikki bahrda ham oʻqish mumkin boʻlganligi uchun “Zulbahrayn” deb nomlagan.

Alisher Navoiy ushbu asar nomini “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida Kotibiy haqidagi bobda tilga olib, lekin “Nosir va Mansur” bilan bogʻlamay, aksincha, alohida asar sifatida sanaydi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.