Zuhhodxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zuhhodxon“Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan turkistonlik tasavvuf shayxi. Sharqiy Turkistonda tugʻilib, voyaga yetgan. Buxoro madrasasida taʼlim olgan. Soʻng Xorazmga borib, Shayx Naj­middin Kubroga murid tushgan. Shayxdan ijozat olganidan keyin Xurosonga kelib, kubraviylik tariqatining yoyilishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Qabri Chechaktu Hisor viloyatida. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.