Zufar Narzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Narzullayev Zufar Gʻiyasovich
Oʻzbekiston temir yoʻllari raisi v.b.
Mansab davri
2023-yil 14-iyul – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Husnutdin Xosilov[1]
„Oʻzshahar qurilish invest“ injiniring kompaniyasi direktori
Mansab davri
2017-yil – 2023-yil
Jizzax viloyat hokimi oʻrinbosari
Mansab davri
2016-yil – 2017-yil
Hokim Ulugʻbek Uzoqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1970-yil
Gʻallaorol tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR
Millati oʻzbek
Taʼlim Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi
Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti
Maʼlumoti oliy
Mukofotlari

Narzullayev Zufar Gʻiyasovich — temiryo'lchi, davlat arbobi. 2023-yil 14-iyuldan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi[2][1].

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zufar Narzullayev 1970-yilda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida tug'ilgan. Millati — o'zbek[3].

Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narzullayev 1991-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatadi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini, 2009-yilda esa Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tugatgan[3].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zufar Narzullayev 1996-yildan boshlab Oʻzbekiston temir yoʻllari tizimida ish boshlaydi. Ushbu tizimdagi tarkibiy boʻlinmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009-yilda temiryoʻl tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbar etib tayinlanadi. „Angren—Pop“ temir yoʻli qurilishida faollik koʻrsatgan. 2016-yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlanadi. 2017-yilda „Oʻzshahar qurilish invest“ injiniring kompaniyasi direktori lavozimiga tayinlanadi[3]. 2023-yil 14-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq „Oʻzbekiston temir yoʻllari“AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narzullayev 2014-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]