Kontent qismiga oʻtish

Zinaida Turchina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zinaida Turchina

Gandbol boʻyicha SSSR ayollar terma jamoasi. Turchina oʻngda
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 17-may, 1946-yil
Kyiv, Ukraina
Sport
Qaysi sport Gandbol

Zinaida Mixaylovna Turchina (Qizlik familiyasi Stolitenko; 1946-yil 17-may, Kyiv) — sovet va ukrainalik gandbolchi, ikki karra olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Yevropa chempionlar kubogining koʻp karra gʻolibasi va koʻp karra SSSR chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1972). U Kyivning „Spartak“ jamoasida faoliyat yuritgan. 1965-yildan 1988-yilgacha SSSR terma jamoasida 500 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2000-yilda Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, sayyoramizning 20-asrdagi eng yaxshi gandbolchisi deb topilgan[1].

1993-yildan „Kyiv-Spartak“ gandbol klubi prezidenti.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yilda Zinaida Stolitenko Spartak klubi bosh murabbiyi Igor Turchinga (1936-1993) turmushga chiqqan. Zinaidaning aytishiga qaraganda, oʻsha paytda butun jamoa Turchinga oshiq boʻlgan va murabbiy Zinaidaga taklif qilganini bilib, gandbolchilar turchinga qarshi boykot eʼlon qilishgan. 1971-yilda ularning oilasida Natalya ismli qiz dunyoga kelgan. 1983-yilda oʻgʻil farzandli boʻlishgan. Oʻgʻlining ismi Mixail.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yilda Zinaida Turchina maktab davrida Igor Turchin bilan mashgʻulotlarni boshlagan. 3 yil oʻtib, yaʼni 1962-yilda ularning saʼy-harakati bilan „Spartak“ gandbol klubiga asos solingan. Zinaida klubda 1994-yilgacha uzluksiz oʻynagan (1990-yildan oʻynovchi-murabbiy sifatida). 1989-yildan boshlab qizi bilan bir jamoada harakat qilgan. Zinaida Turchina 20 marta SSSR chempionligi, 1 marta Ukraina chempionligi va 13 marta Yevropa kubogini (bu turnir rekordi) qoʻlga kiritgan. 1994—1996-yillarda Zinaida Turchina Spartak gandbol klubi va Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. 1993-yildan buyon „Spartak“ prezidenti.

Davlat mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SSSR
Ukraina

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]