Zero Two

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zero Two
Darling in the FranXX obrazi

Zero Two kospleyi
Ovoz bergan(lar) Haruka Tomatsu
Umumiy maʼlumotlar
Taxalluslari Sherik qotili
Kod 002
Nine Iota
Jinsi Ayol
Kasbi Maxsus kuchlar
uchuvchi
Turmush oʻrtogʻi Hiro
Soch ranggi Pushti
Ko`z ranggi Yashil

Zero Two (yaponcha: ゼロツー Zero Tsū?) , shuningdek, Code:002 (yaponcha: コード:002 Kōdo:002?) va 9'℩ (yaponcha: ナインイオタ Nain Iota?, "Nine Iota") — A-1 Pictures, Trigger va CloverWorks tomonidan yaratilgan Darling in the Franxx yapon anime teleserialidagi xayoliy qahramon[1]. U serialning eng koʻzga koʻringan qahramoni va ikonasi sifatida yaratilgan. Zero Two - sunʼiy ravishda kashf qilingan hayot shakli boʻlib, doim toʻlaqonli inson boʻlishga intiladi hamda "Sherik qotili" nomi bilan mashhur boʻlgan elita sinfining uchuvchisidir. U bosh qahramon Hiroga "azizim" atamasi bilan murojaat qilgani bilan mashhur.

Yaratilishi va dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zero Two eng koʻp mehnat talab qiladigan dizayn jarayoniga ega boʻlgan va Darling in the Franxx uchun ramziy belgi sifatida yaratilgan[2]. Serialning ijodiy xodimlari u eng diqqatga sazovor qahramon boʻlishi kerak degan fikrga kelishdi[3]. Zero Two-ning dastlabki dizayni uning yakuniy koʻrinishiga nisbatan sezilarli darajada farq qilgan, boshida u kichkina, sokin, qora sochli personaj sifatida namoyon boʻlgan[4]. Tanaka original dizaynni Klaxosaurs malikasi uchun moslashtirgan. Ijodiy jamoa kospley va fanartlarning koʻpligini taʼkidlab, Zero Twoni ramziy qahramonga aylantirish maqsadini muvaffaqiyatli deb hisobladi[5].

Zero Two — bu maxsus kuchlar boʻlinmasiga tegishli boʻlgan elita uchuvchi, u bilan birga uch marta parvozdan kegin halok boʻgan uning yordamchi uchuvchi sheriklaridan hech biri omon qolmagani uchun u „sherik qotili“ nomi bilan mashhur[6]. Odamlar va Klaxo sapiens (million yillar oldin Yerda yashagan kibernetik dinozavrga oʻxshash tur) oʻrtasida sunʼiy ravishda gibrid sifatida yaratilgan ushbu qiz super kuch va tez regeneratsiya kabi gʻayritabiiy qobiliyatlarga ega[7]. Odatda boshqalar tomonidan yirtqich hayvon sifatida qaraladigan Zero Twoning hayvonlarga xos jismoniy xususiyatlari bor, masalan, ikkita kichik qizil shoxchasi va oʻtkir tishlari[8]. U yoshligida bosh qahramon Hiro bilan uchrashgandan soʻng toʻliq inson boʻlishga intilishni boshlaydi va tez-tez insoniylik maʼnosini shubha ostiga qoʻyadi[9]. Zero Two oʻziga ishongan va qatʼiy xarakterga ega[10][11].

Bolaligida qizil teri, koʻk qon, uzun shoxlar, oʻtkir tishlari bilan tabiatan ancha hayvonga oʻxshash boʻlgan va „dunyoga nafrat bilan toʻlgan“ koʻzlari bilan boqqan[12] Zero Two oʻsib ulgʻaygach, sezilarli darajada gumanoidga oʻxshash koʻrinishga ega boʻlib, qoni qizil, terisi esa oq rangga aylanadi.

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 5-martida Kim Kardashian Instagram'dagi profilida Zero Two suratini joylashtirdi va bu personaj uning soch turmagi uchun ilhom manbai boʻlganini aytdi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „DARLING in the FRANXX Anime Video Reveals Story Teaser, January Premiere“. Anime News Network (18-oktabr 2017-yil). 2017-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2018-yil.
  2. Fobian. „Crunchyroll - DARLING in the FRANXX Creators Talk TRIGGER and Zero Two at Crunchyroll Expo 2018!“. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  3. Allen. „Interview: The Staff Behind Darling in the Franxx | The Fandom Post“. Qaraldi: 12-oktabr 2018-yil.
  4. Valdez. „'Darling in the FranXX' Shares Original Character Designs“. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  5. Frye. „Darling In The FranXX Season 2 release date: DarliFra anime spawns a manga, but will Zero-Two return for a second act like Tengen Toppa Gurren Lagann?“. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  6. „zero two“ (ja). darli-fra.jp. 2017-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  7. „The Beast and the Prince“. Darling in the Franxx. Season 1. Episode 13. 7–aprel 2018–yil.{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()
  8. „DARLING in the FRANXX Character Introduction Video Released! Tokyo Otaku Mode News“. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  9. „Your Thorn, My Badge“. Darling in the Franxx. Season 1. Episode 5. 10–fevral 2018–yil. Event occurs at 19:32. „What is 'human' to you people?“{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()
  10. „Fighting Puppet“. Darling in the Franxx. Season 1. Episode 3. 27–yanvar 2018–yil. Event occurs at 20:52.{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()
  11. „Flap Flap“. Darling in the Franxx. Season 1. Episode 4. 3–fevral 2018–yil.{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()
  12. „The Beast and the Prince“. Darling in the Franxx. Season 1. Episode 13. 7–aprel 2018–yil. Event occurs at 22:31. „Hands clasped together, and eyes filled with hatred for the world.“{{cite episode}}: CS1 maint: date format ()
  13. Valdez. „Kim Kardashian West Reveals Her Anime Bae To The World“. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]