Yusuf Madaminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madaminov Yusuf1870-yili tug‘ilgan, Yangiariq rayoni Sourzaq qishlog‘idan, sobiq xonning oqsoqollaridan, quloqqa tortilgan, 1931-yili bosmachilikka ko‘mak bergani uchun 2 yilga qamalgan, muddatni o‘tagan, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi. Ruhoniylarning aksilinqilobiy guruhi a’zosi sifatvda kolxozchilar orasida aksilinqilobiy mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borganlikda, kolxozchilarni go‘sht topshirishdan bosh tortishga chaqirganlikda paxtaga mexanizatsiya yo‘li bilan ishlov berishga qarshi fikr bildirib ruslar bizning xo‘jaligimizni buzib yuborish uchun mashinalarni yubormoqda, ruslar bizlarni ochlikdan o‘lishimizni xohlayaptilar deb aytganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 73 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.