Yordam uchun ishora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yordam uchun signal ishora:
  1. Kaftni ko'tarish va bosh barmoqni kaftga qarab bukish
  2. Qolgan to'rt barmoqni ham kaftga qarab bukish

Yordam ishorasi (yoki uydagi zoʻravonlikda qoʻllaniladigan ishora) bu bir qoʻli bilan ishlaydigan imo-ishora boʻlib, u videoqoʻngʻiroq orqali yoki shaxs tomonidan oʻzini tahdid ostida his qilayotganda yordamga muhtojligi haqida ogohlantirish uchun foydalanishi mumkin[1]. Ushbu ishora butun dunyo boʻylab COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq. Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish choralari bilan bogʻliq vaziyatda oiladagi zo'ravonlik holatlarining koʻpayishiga qarshi kurashish vositasi sifatida yaratilgan[2].

Ishora bir qoʻlni yuqoriga koʻtarib, bosh barmogʻini kaft ichiga bukib, soʻngra boshqa toʻrtta barmoqlarni jipslashtirib pastga bukish orqali amalga oshiriladi. (5-4-0) Ramziy maʼnoda bosh barmogʻini qolgan barmoqlar bilan ushlab turish tushuniladi[3]. U bir harakat bilan emas, balki bir necha harakatda boʻlishining sababi zugʻm oʻtkazuvchi insonning buni payqamasligi.

Yordam Kanada ayollar jamgʻarmasi tomonidan yaratilgan. 2020-yil 14-aprelda ommaga taqdim etilgan[4]. Tez orada u TikTok ijtimoiy video platformasi orqali tarqaldi va Xalqaro ayollarni moliyalashtirish tarmogʻi (WFN) tomonidan qabul qilindi. Bu Kanada[5] va xalqaro[6][7] axborot tashkilotlari tomonidan oiladagi zoʻravonlik holatlarining koʻpayishi muammosiga zamonaviy yechim topishga yordam bergani uchun keng maqtovga sazovor boʻldi.

Zoʻravonlar bunday keng tarqalgan usuldan xabardor boʻlishlari mumkinligi haqidagi xavotirlarga eʼtibor qaratib, Kanada ayollar jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlar bu signal faqat ayollar orasida tarqalishiga harakat qildilar[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Brooke, Bobb. „'Signal for Help' Is a New Tool for Abuse Victims During the Coronavirus Lockdown and Beyond“. Vogue (2020-yil 28-aprel). Qaraldi: 2020-yil 6-may.
  2. Graham-Harrison, Emma; Smith, Helena; Ford, Liz. „Lockdowns around the World Bring Rise in Domestic Violence“. The Guardian (2020-yil 28-mart). Qaraldi: 2020-yil 6-may.
  3. Nadia, Ebrahim. „This Secret Signal Could Help Women in Lockdown with Their Abusers“. Refinery29 (2020-yil 22-aprel). Qaraldi: 2020-yil 6-may.
  4. „Signal for Help Campaign Launches to Help People Experiencing Gender-Based Violence During Home Isolation“. McGill University (2020-yil 14-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  5. „Self-Isolation Is Fuelling a Rise in Gender-Based Violence“. Elle Canada (2020-yil 14-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  6. Alexandra, Jardine. „This simple hand signal sends an alert about domestic abuse during the coronavirus crisis“. AdAge (2020-yil 4-may). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  7. Midori, Aoki. „『家にとどまって』 ~その家が安全ではなかったら?~“. NHK (2020-yil 20-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-may.
  8. Jonathan, Forani. „Code words, hand signals and social media: How attempts to help abuse victims might backfire“. CTV News Toronto (2020-yil 16-aprel). Qaraldi: 2020-yil 7-may.