Yoʻlbars qurbaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoʻlbars qurbaqasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Turkum: Amfibiyalar
Oila: Qurbaqalar

Yoʻlbarsli qurbaqasi, yoki hind yoʻlbarsli qurbaqasi[1] (lotincha: Hoplobatrachus tigerinus) - amfibiyalar turkumining Dicroglossidae turkumiga mansub turi. Umumiy uzunligi 15 santimetrdan 17 santimetrgacha boʻladi. Tanasi massiv, boshi esa ortacha kattalikda boʻladi. Yoʻlbarsli qurbaqasini oʻz jinsining boshqa vakilaridan orqa tarafidagi oʻtrir burchakli, yaxshirivojlangan uzunchoq ter burmalari bilan ajralib turadi. Ustki rangi zaytun-yashildan tortib kul ranggacha boʻlib kuyuq dogʻlar bilan qoplangan. Kamdan-kam hollarda orqa tomonida och-sariq chiqlarni uchratsa boʻladi. Oyoq-qoʻllarida engil qirrali qora-sariq dogʻlar mavjud. Qorni oq. Erkaklarning tomogʻida sariq baqbaqasi bor, ular juftlashish davrida koʻk rangga aylanadi.

Suvli erlarni, oʻtloqlarni, plantatsiyalarni hush koʻradi. Dengiz sathidan 23 – 800 m balandlikda joylashgan boʻlib kechasi faolashadi. Kichik kemiruvchilar, mayda ilonlar, yosh amfibiyalar, umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

Nasilchilik mavsumi musson davriga (jalla mavsumi) toʻgʻri keladi. Juftlanish ampleksus (amfibiyalarga hos bolgan juftlanish uslubi - oldi qollari bilan ayollini ortqasidan ushlab urugʻlatirish uslubi) yordamida sodir boʻladi. Urgʻochisi diametri 2,5-2,8 mm boʻlgan 1000 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumlar suvga botgan oʻsimliklarga yopishadi. Iybaliqlar 2-3 kun ichida paydo boʻladi.

Mahalliy aholi bu qurbaqani istemol qiladigan joylarda maxsus fermalar mavjud.

Bu tur Afg'onistondan Hindiston va Bangladeshgacha tarqalgan, janubiy Xitoyda ham uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xan, MS (1996). Yo'lbarsli qurbaqasi Rana yo'lbars Daudinning orofarngeal morfologiyasi va ovqatlanish odatlari. Rossiya Herpetologiya jurnali, 2, 163-171.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andoza:Книга:Пятиязычный словарь названий животных. Амфибии и рептилии