Yoʻl-yoʻl pijamadagi bolakay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yoʻl-yoʻl pijamadagi bolakay
Asl nomi The Boy in Striped Pyjamas
Muallif(lar) Jon Boyn
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2006-yil 5-yanvar

Yoʻl-yoʻl pijamadagi bolakay[1] (inglizcha: The Boy in the Striped Pyjamas) — irland yozuvchisi John Boyne romani. 1-kitob 2006-yil nashr etilgan. Roman oʻsha zahotiyoq yigirmaga yaqin adabiy mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan British Book Award mukofotiga ham. Asar 50 dan ortiq tillarda chop etilgan. Bu asar tikanli toʻr bilan ajratilgan ikki bolakay haqida.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voqealar 9 yoshli, oʻz oilasi va doʻstlari bilan Berlindagi besh qavatli uyda begʻam yashayotgan nemis bolakay Bruno qarashlari bilan hikoya qilinadi. Bir kuni Bruno uyiga qaytib, otasining xizmat safari tufayli oilasi Aj-Visga koʻchayotgani, oqsoch Mariya esa uning narsalarini jomadonga joylayotganini koʻradi. Yangi joy Brunoga yoqmaydi, u zerikadi, oʻynash uchun esa hech kim boʻlmaydi. Shunda u derazadan uzoqdan koʻrgan joyga, hamma odamlar bir xil, yoʻl-yoʻl pijamalarda yurishadigan joyni koʻrishga boradi. U yerda oʻzining yangi doʻsti, yahudiy bolakay Shmuel bilan tanishadi. Tasodifga qarangki, ikkala bolakay ham bir kunda tugʻilgan boʻladi, Bruno ularda juda koʻp umumiy jihatlar bor deb oʻylaydi. Ular doim simtoʻrli toʻsiq oldida uchrashishadi, ammo vaqt oʻtishi bilan Bruno oyisi va singlisi bilan Berlinga qaytishiga toʻgʻri kelib qoladi. Brudo doʻsti bilan xayrlashishga qaror qiladi va oʻsha lahzada Shmuelga otasini topishda yordam bermoqchi boʻladi. Boshqa mahbuslardek yoʻl-yoʻl pijama kiyinib olib, toʻsiqning narigi tomoniga oʻtadi va mahbuslarga aralashib ketadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bruno — 9 yoshli nemis bolakayi, bosh qahramon, atrofdagi voqealarni hali yosh nigoh bilan kuzatadi, aqlli, sarguzasht va tadqiqot kitoblarni oʻqishni yoqtiradi. Bruno qiziquvchan, bosiq bola. Unga barcha yangi narsalar, doʻsti Shmuel va simtoʻrli toʻsiq ortidagi narsalar ham qiziq.

Shmuel — uning yangi doʻsti, simtoʻrli toʻsiq ortida yashaydi. Soatsoz oilasida oʻsgan, avval Polshada yashagan, polyak va nemis tillarida gapira oladi.

Ralf — Brunoning otasi, karyerasini oʻstirishga intiladi va shu sabab, oila aʼzolari fikriga qaramay yangi joyga koʻchishga rozi boʻladi. Vermaxtga sodiq, ammo ogʻli bilan boʻlgan fojea uning olamini barbod qiladi.

Elza — Brunoning oyisi, chiroyli, hissiyotli ayol. Avval konslager yonida yashashga boʻlgan passiv eʼtiroz keyinchalik haqiqiy isteriyaga aylanadi. Shundagi Ralf birinchi bor ayoliga quloq soladi.

Gretel — Brunoning opasi, roman boshlarida qoʻgʻirchoqlarni yaxshi koʻradigan oddiy 12-yoshli qizaloq, roman voqealari oʻrtasida barcha qoʻgʻirchoqlarini yertoʻlaga otib yuborib, xonasi devoriga Gitler portreti va Yevropa xaritasini iladi hamda gazetalarni oʻqib, nemis fronti harakatini belgilab boradi. Gretelning dimogʻdorligi va tez-tez boʻladigan kelishmovchiliklarga qaramay, Bruno bilan munosabatlari yaxshi. Qizaloq ukasining yoʻqolishidan qattiq kuyunadi.

Natali — Brunoning buvisi

Matias — Brunoning bobosi

Asar boʻyicha fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

«Baʼzan bir uyum asarlar orasida hissiyotlarni qoʻzlatadigan, miyaga taʼsir oʻtkazib uzoq vaqt xotirada qoladigan asar paydo boʻladi. „Yoʻl-yoʻl pijamadagi bolakay“ — xuddi shunaqa asar». The Yorkshire Evening Post

«Oson va samimiy. Asarda hech qanday maxluqlar tasvirlanmagan, ammo haqiqiy dahshat har doim oddiylikda yashiringan». Ireland On Sunday

«Inson qalbi yo ezgulik va yo yovuzlik tomonda boʻlishi haqidagi gʻamgin, hayajonli qissa». The First Post

«Kichik sanʼat asari». The Guardian

«Shunday oddiy va yengil boʻlishiga qaramay yurakni parchalaydigan noodatiy asar». The Irish Times

Ekranlashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shu nomdagi film 2008-yilda Mark Herman rejissorligida suratga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]