Yekaterina II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yekaterina II
Buyuk Yekaterina II
Rokotov Portrait Catherine II.jpg
Umumrossiya imperatori
Tugʻilgan paytidagi ismi: olm. Sophie Auguste Friederike von Anhalt-Zerbst-Dornburg
Tavallud sanasi: 21.4.1729
Tavallud joyi: Shtettin qamali, Prussiya qirolligi
Vafot sanasi: 6.11.1796
Vafot joyi: Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Otasi: Xristian-Avgust Angalt-Tserbstskiy
Onasi: Ioganna-Yelizaveta Golshteyn-Gottorpskaya
Bolalari: Pavel I Petrovich
Anna Petrovna
Aleksey Grigorevich Bobrinskiy
Imzo: SignatureEkaterina II.jpg

Yekaterina II Alekseevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Tserbstskaya. 1744-yilda Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseevna nomini qabul qilgan. 1745-tilda Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-yii 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashqi siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-yilgi gubernya islohoti, 1785-yilda dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va boshqa tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]