Yekaterina I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yekaterina I
Yekaterina I Alekseyevna
Catherine I of Russia by Nattier.jpg
Umumrossiya imperatori
Tugʻilgan paytidagi ismi: (tugʻilgan paytidagi ismi)
Tavallud sanasi: 5.04.1684
Tavallud joyi: Derpt, Livoniya
Vafot sanasi: 6.5.1727
Vafot joyi: Sankt-Peterburg
Otasi: Samuil Skavronskiy
Onasi: (Anna-)Doroteya Gan
Bolalari: Anna Petrovna
Yelizaveta Petrova
Pyotr Petrovich
Natalya Petrovna
qolganlari yoshligida vfot etishgan
Imzo: Catherine I Russia Monogram.gif

Yekaterina I Alekseevna (Marta Skavronskaya) (1684.5.4 — 1727.6.5) rossiya imperatori (1725—27). Litva dehqoni Skavronskiy oilasida tugʻilgan. 1702-yilda Marienburgda rus qoʻshiniga asir tushgan. 1712-yil Pyotr I ga nikohlangan. Pyotr I vafotidan soʻng (1725) dvoryanlar yordamida taxtga oʻtirdi. Yekaterina I davlat ishlari bilan aslda shugʻullanmagan. Uning davrida Oliy maxfiy kengash taʼsis etilib (1726), kengashga A. D. Menshikov boshchilik qilgan. Yekaterina I Pyotrning chet el sayohatlari va harbiy yurishlarida qatnashgan[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]