Yangi Roman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Yangi Roman”- XX asrning 50-yillarida maydonga chiqqan bir qator fransuz yozuvchilari (N. Sarrot, A. Rob Griye va b.) ning roman bobidagi eksperimental izlanishlariga xos xususiyatlarni anglatuvchi shartli termin. Yangi Roman tarafdorlari an’anaviy proza o’z imkoniyatlarini to’la sarf etib bo’lgan deb hisoblab, yangicha rivoya yo’sinini ishlab chiqishga harakat qilganlar. Yangi Roman namoyondalarining qarashlari “inson o’limi” falsafasiga (A. Fuko) hamohang: ular shaxs tushunchasining o’zi eskirgan, shuning uchun uni an’anaviy prozadagi kabi markazga qo’yib tasvirlash, an’anaviy tarzda badiiy talqin qilishni noo’rin bilib, qahramonsiz va voqeaband syujetsiz romanlar yaratishni tajriba qiladilar. An’anaviy roman, umuman, eposga xos mazkur eng muhim unsurlar Yangi Roman namoyondalari tajribalarida tashqi dunyodagi narsalarning xolis va bo’rtiq tasviri, ongosti qatlamlaridagi sirli evrilishlar, mozaika qonuniyati asosida butunlikka birikuvchi fikr- kechinmalar bilan almashtiriladi, rivoya ko’proq essega xos xususiyatlar kasb etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Adabiyotshunoslik lug’ati. D. Quronov, Z. Mamajonova, M. Sheraliyeva Toshkent-2013. 380- bet.