Yangi Iqtisodiyot maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi iqtisodiyot maktabi
Shiori Never Ending Success
Asos solingan 1992
Oʻquv yurti turi Xususiy universitet
Rektori Shlomo Weber
Talabalari 457 (2019)
Doktorantura 178
Professorlar 54 ta

Koordinatalari: 55°41′52.800000000001″N 37°23′38.399999999994″E / 55.69800000000000040°N 37.39399999999999835°E / 55.69800000000000040; 37.39399999999999835 G O

Yangi iqtisodiyot maktabi (NES) (ruscha: Российская экономическая школа, РЭШ–„Rossiya Iqtisodiyot maktabi“ nomi bilan tanilgan) – Moskva, Rossiyadagi iqtisodiyot maktabi.

Akademik dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Iqtisodiyot boʻyicha bakalavr (BAE), NES va Oliy Iqtisodiyot maktabining qoʻshma dasturi
  • Iqtisodiyot boʻyicha magistratura

Energiya va tabiiy resurslar iqtisodiyoti (energetika iqtisodiyoti boʻyicha magistrlatura,)

  • Energetika iqtisodiyoti boʻyicha amaliy magistratura (2 yil)
  • Energetika iqtisodiyoti fanlari magistri–kasbiy qayta tayyorlash dasturi (1 yil)

Moliya, investitsiyalar, banklar (moliya boʻyicha magistratura kurslari)

  • Moliya boʻyicha amaliy magistratura (2 yil) (MAF)
  • Moliya boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash dasturi (1 yil) (MSF)
  • Moliya boʻyicha magistratura, MiF
  • Iqtisodiyot va maʼlumotlar fanlari

Bitiruvchilar va talabalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda NESni 2390 nafar iqtisodchi tamomlagan. Ularning 90 foizi xususiy sektorda faoliyat olib bormoqda. 350 ga yaqin NES bitiruvchilari doktorantura dasturlari boʻyicha oʻqishlarini davom ettirdilar.

80 dan ortiq fan nomzodlari AQSh va Buyuk Britaniyaning MIT, Prinston universiteti, Stenford, Yel, Kaliforniya universiteti, Berkli, Kolumbiya, UPenn, NYU, LSE, LBS kabi taʼlim dargohlarida hamda Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi kabi tashkilotlarda faoliyat olib boradi.

FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich, Rossiya banki raisining birinchi oʻrinbosari Kseniya Yudaeva, Chikago universiteti Xarris davlat siyosati maktabi professori Konstantin Sonin, 2022–yilgi Jon Beyts Klark mukofoti gʻolibi Oleg Itsxokikabi nufuzli shaxslar NESning eng koʻzga koʻringan bitiruvchilari sirasiga kiradi.

NES professorlarining 90% dan ortigʻi Garvard, MIT, Kolumbiya, NYU, LBS, Viskonsin-Madison va shu kabi nufuzli universitetlarning iqtisodiyot va moliya fanlari boʻyicha doktorlik darajasiga ega. NES chet eldan professorlarni ishga qabul qila boshlagan Rossiyadagi birinchi universitet hisoblanadi.

NESda quyidagi tadqiqot markazlari mavjud: 2011–yilda tashkil etilgan Demografik tadqiqotlar markazi va 2013–yilda bosh ilmiy xodim, professor Shlomo Veber bilan hamkorlikda tashkil etilgan xilma-xillik va ijtimoiy oʻzaro taʼsirlarni oʻrganish markazi, va iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar markazi[1].

Reytinglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Iqtisodiyot maktabi quyidagi reytingga ega:

  • Tilburg universiteti reytingiga koʻra, yetakchi xalqaro iqtisodiyot va moliya jurnallarida nashr etilgan nashrlar soni boʻyicha Rossiya universitetlari orasida 1-oʻrin[2]
  • QS Rankings maʼlumotlariga koʻra, bitta ilmiy nashrga iqtiboslar soni boʻyicha Rossiya universitetlari orasida 1-oʻrin[3].
  • RePEc maʼlumotlariga koʻra Rossiyadagi Iqtisodiy tadqiqotlar institutlari orasida 1-oʻrin[4].
  • Iqtisodiyot Akademik fan boʻyicha Shanxay Akademik Jahon Universitetlari (ARWU) reytingiga koʻra Rossiyada 2-oʻrin (2017)[5].

Kampus[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014–yilda NES Skolkovodagi yangi kampusga koʻchib oʻtdi, u akademik hayot va zamonaviy auditoriyalarni sport va dam olish maskanlari bilan birlashtirish maqsadida qurilgan.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]