Yalong'ochota mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yalong'ochota

Yalong'ochota mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirzo Ulug'bek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700125
Avtomobil kodi 01

Yalongʻochota mahallasi (Feruza mavzesi, 33-uy) — Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. „Shalola“, „Feruza“, „Katta Yalongʻochota“ mahallalari bilan chegaradosh. 1996-yilda tashkil topgan. Mahalla keksalarning fikricha, 1908-yilgacha mahalla hududida chaylada Yalongʻoch nomi bilan mashur boʻlgan avliyo oʻtgan. U qsih mavsumida ham oyoq yalang, bir yaktada yurgan va oʻziga xos karomatlar koʻrsatgan. Joy nomi shu shaxsga nisbatan berilib „Yalongʻochota“ deyiladi. Aslida bu unchalik toʻgʻri emas, chunki bu atama 19-asrda ham mavjud boʻlgan. Yalongʻochota — oʻtmishda oʻzbek va qozoq xalqlarida shamol homiysi hisoblangan (Katta Yalongʻochota). Aholisi 8952 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 19 ta millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 4 ta avto-korxona, farmatsevtika korxonasi, 2 ta oʻrta maktab, 4 ta bolalar bogʻchasi, Akusherlik va ginekalogiya ilmiy markazi joylashgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 680-681 bet.