Xalqaro tarjimonlar kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro tarjimonlar kuni
Xalqaro tarjimonlar kuni
Sana 30-sentabr

Xalqaro tarjimonlar kuni (Journée mondiale de la traduction, International Translation Day) — ogʻzaki va yozma tarjima bilan shugʻullanuvchi tarjimonlarning kasb bayramidir. U 30-sentabrda nishonlanadi (419- yoki 420 yilda Stridonlik Avliyo Jeromning vafot etgan kuni bo'lib, u Bibliyaning lotin tilidagi to'liq tarjimasini amalga oshirgan (natijada „Vulgata“ deb nomlangan tarjima vujudga keldi), shu sababdan u anʼanaviy ravishda tarjimonlarning muqaddas homiysi hisoblanadi). Bayram 1991-yilda Xalqaro tarjimonlar federatsiyasi (XTF) tomonidan rasman tashkil etilgan. Ushbu bayramning mashhurligi yil sayin ortib bormoqda.

2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida bir ovozdan № A/RES/71/288[1] Rezolyutsiyasi qabul qilinib, unda professional tarjimaning xalqlarni birlashtirishdagi, tinchlik, oʻzaro tushunish va taraqqiyotga koʻmaklashishdagi roli eʼtirof etildi va 30-sentabr BMT doirasida nishonlanadigan Xalqaro tarjimonlar kuni deb eʼlon qilindi[2].

Bayram shiorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004-yil — „Tarjima — koʻp tillilik va madaniy xilma-xillik asosi“ (MKUF).

"Tarjimonlar doimo muloqot jarayonining markazida turadilar. Gʻoyalar va harakatlarning tashqi vositachisi sifatida ular biz yashayotgan dunyoni qisman shakllantiradilar. Shunday qilib, tarjima koʻp tilli muloqotni belgilovchi omil hisoblanib, ayni paytda oshkoralik va demokratiya ravnaqini ifodalaydi". (MKUF 2004-yilgi press-relizdan).

  • 2005 — „Tarjimonning kasb va jamiyat oldidagi mas’uliyati“ (MKUF).
  • 2006 — „Koʻp tillar — bitta kasb“.
  • 2007 — „Choparni otmang“.
  • 2008 — „Terminologiya: soʻzlar ahamiyat kasb etadi“.
  • 2009 — „Birgalikda ishlaymiz“.
  • 2010 — „Polifonik dunyoda sifat standarti“[3]. (ingliz. Quality Standard for a Variety of Voices).
  • 2011 — „Madaniyatlararo koʻprik qurish“[4].
  • 2012 — „Tarjima madaniyatlararo aloqa sifatida“[5].
  • 2013 — „Lingvistik toʻsiqlar yoʻq — dunyo birlashgan“[6]. (ingliz. Beyond Linguistic Barriers — A United World)
  • 2014 — „Til huquqi: barcha inson huquqlarining asosi“[7].
  • 2015 — „Ogʻzaki va yozma tarjimaning oʻzgaruvchan qiyofasi“[8].
  • 2016 — „Ogʻzaki va yozma tarjima: Olamlarni birlashtirib“[9]. (ingliz. Translation and Interpreting: Connecting Worlds)
  • 2017 — „Tarjima va xilma-xillik“.
  • 2018 — „Tarjima: oʻzgarishlar davrida madaniy merosni rivojlantirishga hissa qoʻshish“.
  • 2019 — „Xalqaro mahalliy tillar yilida tarjima va mahalliy tillar“. (ingliz. Translation and Indigenous Languages during International Year of Indigenous Languages)
  • 2020 — „Inqirozdagi dunyo uchun soʻzlar topish“. (ingliz. Finding the words for a world in crisis)
  • 2021 — „Tarjimada birlik“.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rezolyutsiya GA OON № A/RES/71/288
  2. „2018 International Translation Day | FIT“. www.fit-ift.org. 2018-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
  3. Zasedanie soveta FIT v Stambule., 2015-10-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-21
  4. Рябцева, Екатерина день переводчика „Международный день переводчика“. Энциклопедия перевода. Город Переводчиков (2011-yil 29-sentyabr). 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-sentyabr.
  5. Mejdunarodniy den perevodchika. РИА новости, 30-sentabrya 2012.
  6. „Международный день переводчика“. ria.ru (2013-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 20-may.
  7. „Международный день переводчика“. OTTIAQ. Qaraldi: 2014-yil 30-sentyabr.
  8. „International Translation Day 2015“.
  9. „International Translation Day 2016 | FIT“. www.fit-ift.org. Qaraldi: 2016-yil 28-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]