XCOPY

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
XCOPY
Kasbi Raqamli rassom
Faoliyat yillari 2010 - hozirgi kungacha

XCOPY — kripto sanʼat va NFT sohasida faol ijod qiluvchi raqamli rassom. Uning haqiqiy shaxsi nomaʼlum[1]. U odatda oʻlim, antiutopiya va befarqlikka oid raqamli glitch-art yoʻnalishidagi sanʼat asarlarini miltillovchi tasvirlar va tartibsiz ketma-ketliklar orqali yaratadi. Asarlarida koʻpincha kriptovalyuta hamjamiyatiga ishoralar tasvirlanadi. Uning eng koʻzga koʻringan asarlaridan baʼzilari CC0 litsenziyasida chiqarilgan va u asarlari eng koʻp sotiladigan NFT rassomlari qatoriga kiradi[2].

NFTlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

XCOPY oʻz asarlari bilan bogʻliq NFTlarni yaratgan birinchi raqamli rassomlardan biri sifatida tanilgan. Uning sanʼat asarlari birinchi marta 2018-yilda SuperRare va boshqa shu kabi platformalar orqali NFTlar bilan bogʻlangan[3].

Mashhur asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Right-Click and Save As Guy (Sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va saqlab oling)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sichqonchaning oʻng tugmachasini bosing va saqlab oling XCOPY-ning eng mashhur sanʼat asarlaridan biridir. Asar nomi NFT sanʼat asarlarining keng tarqalgan tanqidiga ishora qiladi, chunki har kim rasmni oʻng tugmasini bosish orqali Internetdan nusxasini saqlab olishi mumkin[4].

Soʻnggi marta asar bilan bog‘liq bo‘lgan NFT 2021-yil 9-dekabrda taxminan 7 000 000 dollarga sotilgan va bu uni eng ko‘p sotilgan NFTlardan biriga aylantirgan[2].

Grifters (Firibgarlar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 15-dekabrda XCOPY Async Artʼning Blueprints platformasi orqali 666 sanʼat asaridan iborat, odatda onlayn hamjamiyatlarda avatar sifatida keng qoʻllaniladigan toʻplam — „Grifters“ni chiqardi[5].

Max Pain (Maksimal ogʻriq)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil mart oyida XCOPY Nifty Gateway NFT platformasida yangi ishi — Max Painni chiqardi. Bu asarida ham, rassom oʻzining uslubiga hos ravishda, miltillovchi animatsiya va bosh suyagi tasviri asosida asar yaratgan. NFT faqat 10 daqiqa davomida sotuvga qoʻyilgan va narxi 3 180 dollar boʻlgan, bu oʻsha kursda taxminan 1 Ethereum edi. U asarining 7 394 dona nusxasini sotdi va 10 daqiqada taxminan 23 million dollar daromad oldi[6].

Sanʼat koʻrgazmalari va namoyishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Luganodagi Villa Cianida „Lugano NFT Week“ koʻrgazmasi, 2021[7]
  • „CryptOGs“: NFT sanʼatining kashshoflari" Bonhams, 2021[8]
  • Milandagi Museo della Permanente da „DART2121“ koʻrgazmasi, 2021[9]
  • Milandagi „Milano Art Week 2022“ koʻrgazmasi, 2022 [10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]