Wanna Be a Bride

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
عايزة أتجوز
Muallif(lar) Ghada Abdel Aal
Tarjimon(lar)

Barbara Teresi "Italyan",

Nora Eltahawy "Ingliz",

Djûke Poppinga "Nemis",

Abeer Soliman "Golland"
Mamlakat Misr
Til misr-arabchasi
Qismlar Mudawwan@al-Shuruq
Nashriyot Dar al-Shuruq
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2008-yil
Sahifalar soni 178-bet
ISBN 9780292723979

Wanna Be a Bride (Kelin boʻlishni xohlayman) (misr arabchasi:عايزة أتجوز; [ˈʕæjzæ (ʔæ)tˈɡæwːez]) — Ghada Abdel Aalning mashhur kitobi, muallifning bir nechta (muvaffaqiyatsiz) turmush qurish takliflari haqidagi xuddi shu nomdagi blogiga asoslangan holda yozilgan[1][2][3][4][5]. Kitob Misrning Dar al-Shuruq bosmaxonasida 2008-yilda nashr etilgan[6]. Asar komedik ohangga ega va bu uning ommabopligiga sabab boʻlgan. Shuning bilan birga, unda muallifning har bir muvaffaqiyatsiz turmush qurish taklifi paytida yuzaga kelgan fikrlari va his-tuygʻulari haqida ham soʻz boradi. Kitobda Misrda iqtisodiy sabablarga ko‘ra kech turmush qurish bilan bogʻliq ayrim masalalar ham yoritilgan.

Muallif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ghada Abdel Aal 1978-yil 21-dekabrda Misrning Mahallat ul-Kubro shahrida tugʻilgan. Dhada Abdel Aal farmatsevt boʻlib ishlaydigan havaskor yozuvchilardan biri. Shuningdek, u ikkita teleserialning ssenariysini yozgan. Ghada Abdel Aal oʻzining rasmiy blogida shaxsiyatini quyidagicha tanishtiradi:

25 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan 15 million ayolning vakili, bu masala ularning qo'lida bo'lmasa-da, turmush qurish uchun har kuni jamiyat tomonidan bosimga uchramoqda.[7]

Tarjimalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ghada Abdel Aalning Wanna be a Bridge kitobi uch tilga tarjima qilingan.

Til Tarjimon Nashriyotchi Sarlavha Maʼlumotlar / yil
italyancha Barbara Teresi Epoché Edizoni Che il velo sia da sposa![8]
ingliz Nora Eltahawy Texas universiteti matbuoti Wanna Be a Bride (Kelin boʻlishni xohlayman) (muqobil ravishda Wanna-BA-Bride yoki I want to get mearried (Men turmushga chiqmoqchiman) deb tarjima qilinadi) 23-sentabr 2010-yil[9]
golland Djuke Poppinga va Abeer Soliman Nieuw Amsterdam Ik wil trouwen!

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob ham, blog ham misrlik yoshlar (erkak va ayollar) orasida juda ommaviylashgan. 2010-yilda kitob asosida mashxur kino aktrisa Hend Sabry ishtirokidagi serial ham suratga olingan[10]. Kitob ijobiy baholarga sazovor boʻlgan, shuningdek, Misr ommaviy axborot vositalari mashhur tok-shoular[11] va gazetalarda ham keng yoritilgan (masalan Al-Masry Al-Youm, Los Angeles Times, La Repubblica, The Independent)[12][13][14][15][16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Knickmeyer, Ellen. „A Courtship Veteran Muses On Search for the Right Man“. Washington Post (2008-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 14-mart.
  2. Abdelhadi, Magdi. „Spotlight on Egypt's marriage crisis“. BBC (2008-yil 12-avgust). Qaraldi: 2010-yil 14-mart.
  3. Ghada Abdel Aal. „Reader, I didn't marry him: blog lifts veil on match-making in Egypt“. The Independent (2008-yil 28-oktyabr). 2008-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-mart.
  4. Lindsey. „All the single ladies“. The National (2009-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 14-mart.
  5. Kaaki. „From blog to best-seller“. Arab News (2009-yil 30-mart). 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 14-mart.
  6. „دار الشروق | كتب| عايزه أتجوز“. Shorouk.com. Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  7. [1] (Wayback Machine saytida March 9, 2010, sanasida arxivlangan)
  8. „Che il velo sia da sposa!“. Cheilvelosiadasposa.blogspot.com (2004-yil 29-fevral). Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  9. „Abdel Aal, I Want to Get Married!, University of Texas Press“. Utexas.edu. Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  10. „هند صبري تعود للدراما التليفزيونية بمسلسل أنا عايزة اتجوز“. Masrawy.com. Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  11. „رحاب و غاده و غاده في العاشرة مساء 1/3“. YouTube (2008-yil 13-fevral). 2014-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  12. رولا خرسا. „عايزة اتجوز“. Almasry-alyoum.com. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  13. „Babylon & Beyond“. Los Angeles Times (2008-yil 3-aprel).
  14. „Babylon & Beyond“. Los Angeles Times (2008-yil 5-may).
  15. „The English Pen Online World Atlas - Wanna be a bride“. Penatlas.org (2008-yil 27-iyul). Qaraldi: 2011-yil 30-may.
  16. CCTV.com央视国际网络有限公司版权所有. „埃及剩女拒绝客厅相亲 古怪相亲术惹争议_CCTV.com_中国中央电视台“. News.cctv.com. Qaraldi: 2011-yil 30-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]