Vladislav Kuznetsov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladislav Gariyevich Kuznetsov (ruscha: Владислав Гариевич Кузнецов; 1969-yil 18-martda tugʻilgan) – rossiyalik siyosatchi, 2023-yilning mart oyidan beri Chukotka avtonom okrugi gubernatori vazifasini bajaruvchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladislav Kuznetsov 1969-yili 18-martda Moskvada tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Orjonikidze nomidagi Moskva davlat boshqaruv institutida tahsil oladi[1]. Kuznetsov oʻz faoliyatini 1992-yilda „ISTEK“ davlat firmasida menejer sifatida boshlagan. 1993-yildan 1994-yilgacha „Vereshchagin va K“ OAJda menejer boʻlib ishlagan. 1994—1998–yillarda iqtisodchi, katta iqtisodchi, bosh iqtisodchi, sektor boshligʻi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, devon direktori oʻrinbosari va Moskva aksiyadorlik bankida tadbirkorlikka yordam boʻlimining boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Keyin 1998-yildan 2002-yilga qadar „Rossiya Kapital“ banki boshligʻining oʻrinbosari, „Troyka Dialog“ investitsiya kompaniyasida YoAJda maslahatchi, 2002-yildan 2005-yilgacha „Trast va investitsiya banki“ idorasi direktori va boshqaruvchi direktori lavozimlarida ishlaydi. Kuznetsov 2009-yili Sibur korporatsiyasiga qoʻshilib, u yerda 2009-yilgacha korporativ siyosat xizmati boshligʻining oʻrinbosari, „SIBUR-EVROPA LTD“ YoAJ (Shveytsariya) vakolatxonasi rahbari va boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 2009—2011–yillarda „SIBUR-MOTORS“ YoAJ bosh direktorining oʻrinbosari, tereftalik kislota va polietilen tereftalat ishlab chiqarish uchun mas’ul boʻlgan Sibur boʻlimi Polief bosh direktori lavozimlarida ishlaydi[2]. Kuznetsov 2011-yilning noyabr oyida SIBUR-PET kompaniyasiga koʻchib oʻtib, u yerda 2014-yilning fevraligacha bosh direktor boʻlib ishladi. 2014-yildan 2018-yilgacha Siburda biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha direktor va Moskvada bosh direktor maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 2018-yil may-dekabr oylarida esa Sibur xayriya jamgʻarmasi – „Yaxshi ishlar formulasi“ ni boshqaradi[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladislav Kuznetsov Ulyana Ivanovaga uylangan. 2012-yilda Strasburg universitetining (Fransiya) „Xalqaro munosabatlar va mintaqaviy integratsiya jarayonlari tarixi“ yoʻnalishini tamomlab, soʻng Tyumen viloyati infratuzilmani rivojlantirish agentligida, Qoʻrgʻon viloyati investitsiya agentligi bosh direktori oʻrinbosari (2019–2020), Qoʻrgʻon iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik va savdo departamenti direktori oʻrinbosari (2020) va departament direktori (2020–2021) lavozimlarida faoliyat yuritgan[4][5][6]. Kuznetsov va Ivanovaning uchta farzandi bor: ikki oʻgʻil va bir qiz[7]. Kuznetsov 2022-yil iyul oyida[8] Lugansk Xalq Respublikasidagi xizmati uchun Buyuk Britaniya, 2022-yil avgust oyida[9] Kanada va 2022-yil oktyabrda[10] Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalarga tortilgan.

Mukofatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rossiya Prezidentining minnatdorchilik maktubi (2020), Qoʻrgʻon viloyati raqamli eshittirish loyihasini amalga oshirishga qoʻshgan hissasi uchun[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]