Vladimir Lisichkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Lisichkin
Tavalludi 3-oktyabr 1941-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Ish joylari Moskva Davlat universiteti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari doktori

Vladimir Aleksandrovich Lisichkin (1941-yil 3-oktyabr, Toshkent, SSSR) – sovet va rus iqtisodchisi, siyosatchi, prognozlash ilmiy fanining asoschisi, yozuvchi, kolleksiyalar yigʻuvchi[1]. Falsafa fanlari nomzodi, iqtisod fanlari doktori (1974), professor. Birinchi va ikkinchi chaqiriq Davlat Dumasi deputati (LDPR fraksiyasi, 19931995). Mulk, xususiylashtirish va xoʻjalik faoliyati qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan. Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Aleksandrovich Toshkentda qarindoshi taniqli jarroh (keyinchalik cherkov tomonidan kanonizatsiya qilingan) yepiskop Luka (Voyno-Yasenetskiy)ning uyida tavallud topgan. 1958-yilda Moskva yaqinidagi Lyubertsi shahridagi oʻrta maktabni kumush medal bilan tugatgan. Shundan soʻng oilasi bilan Odessaga koʻchib oʻtgan.

Lisichkin „Ilmiy-texnika taraqqiyotini prognozlash“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan. Bir qator Rossiya davlat akademiyalari: Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi, Rossiya muhandislik akademiyasi, Xalqaro informatika va axborot texnologiyalari akademiyasi, Xalqaro muhandislik fanlari akademiyasi aʼzosi boʻlgan. Rossiya Iqtisodiy fanlar va tadbirkorlik akademiyasining akademik-kotibi lavozimida faoliyat olib borgan. Amerika Fanlar Akademiyasi (San-Fransisko) va Bolgariya Fanlar Akademiyasi akademigi boʻlgan. Xalq xoʻjaligi tarmoqlarini boshqarish, ilmiy-texnikaviy prognozlash va ekologiyaga oid 50 dan ortiq kitob va risolalar, 200 dan ortiq maqolalar muallifi. Lisichkinning asarlar 18 ta tilga tarjima qilingan[2].

Vladimir Aleksandrovich akademik J. M. Gvishianining qizi bilan oila qurgan. Uch nafar farzandi bor.

Birinchi rafiqasi Anashkina Lyubov Yakovlevna filolog boʻlgan.

Katta qizi Yuliya Vladimirovna Lisichkina (1963-yil) MGIMO da dotsenti boʻlgan. Nevaralari: Yelena Grashenkova va Anastasiya Grashenkova MGIMO bitiruvchilari.

Ikkinchi rafiqasi Olga Lisichkina iqtisodchi boʻlgan. Farzandlari: Mariya Vladimirovna Lisichkina – Moskva davlat lingvistik universiteti bitiruvchisi, Kirill Vladimirovich Lisichkin – Moskva davlat universitetining yuridika fakulteti bitiruvchisi.

Vladimirning qiziqishlari: rasm chizish, musiqa, sayohat. Moskvada, Xamovniki tumanida yashaydi. Uning Nikolina Gorada dachasi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЛИСИЧКИН Владимир Александрович“. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  2. „Лисичкин Владимир Александрович“. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.