Vitaliy Bologov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Ignatyevich Bologo
Tavalludi 1938-yil 4-avgust
Ak-Mechet qishlogʻi, Qora dengiz mintaqasi, Qrim ASSR, RSFSR, SSSR
Vafoti 2003-yil 29-iyun (64 yosh)
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Xizmatdagi yillari 1958–1994
Lavozimi General-polkovnik (Rossiya)
Jang/urush Chernobil fojiasi
Afgʻon urushi
Mukofotlari SU Order For Service to the Homeland in the Armed Forces of the USSR 1st class ribbon

Vitaliy Ignatyevich Bologov (1938-yil 4-avgust, Ak-Mechet qishlogʻi, Qora dengiz mintaqasi, Qrim ASSR, RSFSR – 2003-yil 29-iyun, Moskva) – sovet harbiy rahbari, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari general-polkovnigi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitaliy Bologov 1938-yil 4-avgustda Qrim viloyati, Ak-Mechet qishlogʻida (hozirgi Chernomorskoye, Chernomorskoye viloyati, Qrim Respublikasi) tavallud topgan. 1958-yilda Toshkent Oliy qoʻshma qurolli qoʻmondonlik bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, janubiy kuchlar guruhida va Uzoq Sharq harbiy okrugida qoʻmondonlik lavozimlarida xizmat qilgan[1].

1972-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani tugatib, Shimoliy Kavkaz harbiy okrugiga yuborilgan. 1979-yilda Bosh shtab Harbiy akademiyasini tamomlagan. Harbiy xizmatni turli lavozimlarda, jumladan Vengriya va GDRda davom ettiradi[1].

Bologov 1986-yildan boshlab SSSR Qurolli Kuchlari Bosh shtabida ishlagan. Soʻng, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan (1986-1987). 1988–1989-yillarda Afgʻoniston Demokratik Respublikasida xizmat qilgan. Sovet qoʻshinlarini tayyorlash va olib chiqish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirgan[1].

SSSR parchalanganidan keyin Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishni davom ettiradi. 1920-yil 14-noyabrda unga general-polkovnik unvoni berilgan[2]. Qurolli Kuchlar Bosh shtabida xizmat qilgan davrda boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Bosh tashkiliy va safarbarlik boshqarmasi boshligʻi, Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻining oʻrinbosari kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan (1992-1994[1]).

Vitaliy Bologov 1994-yil 6-iyulda nafaqaga chiqqan[3]. 2003-yil 29-iyunda ogʻir va uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etadi. U Moskvadagi Troekurovskoye qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]