Vishvanatan Anand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vishvanatan Anand
விசுவநாதன் ஆனந்த்
VishyAnand09.jpg
Anand, 2009
Tugʻilgan sanasi: 11-dekabr, 1969 (1969-12-11)
(44 yoshda)
Tugʻilgan joyi: Mayiladuthurai, Tamil Nadu, Hindiston
Yashash joyi: Hindiston
Unvoni: Grossmeyster (1988)
Maksimal reytingi: 2871 (2011-yil)
Dolzarb reytingi: 2791
Mukofotlari:

Jahon chempioni (2000—2002; 2007-bugun)

Anand Vishvanatan (tam. விசுவநாதன் ஆனந்த்; 11-dekabr 1969-yilda tugʻilgan) hind shaxmatchisi, xalqaro grossmeysteri va joriy jahon chempionidir. Anand Jahon Shaxmat Chempionatida besh marta yutgan (2000, 2007, 2008, 2010, 2012),[1] 2007-yildan beri chempionlikni ushlab kelmoqda.

Anand Hindistonning birinchi grossmeysteridir.[2] 2007-yili unga Hindistonning ikkinchi eng yuqori mukofoti Padma Vibhushan berildi va u bunday mukofot olgan ilk sportchi boʻldi.

Anand koʻp qirrali shaxmatchi — u turnir, match, tez shaxmat va nokautli musobaqalarda jahon chempionidir.[3]

2012-yilgi jahon chempionatida u isroillik Boris Gelfandni yengib, chempionlikni saqlab qoldi.[4]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]