Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Hamza Hakimzoda Niyoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Hamza Hakimzoda Niyoziy[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): Muzaffar Murodovichmusohaba 08:51, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Ushbu maqola 2006-yilda Uzgen tomonidan yaratilgan. Maqolani qoʻldan kelgancha shu holatgacha olib keldim. Mavzuning koʻlami qisqaroqligi uchun tanlangan maqola nomzodligidan yaxshi maqola nomzodligiga oʻtkazdim. Fikr bildirishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 08:51, 11-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Maqola ustida qilgan mehnatlaringizni qadrlayman, lekin maqolaning „Oʻlimi“ boʻlimi biroz chaladek. Hamzaning oʻlimi albatta alohida maqolaga loyiq hodisa lekin maqolada ham Hamzaning oʻlimi haqida tuzukroq maʼlumot berilsa yaxshi boʻladi. Hozirgi holatda xalq Hamzani shunchaki, zerikishdan oʻldirgandek taassurot uygʻonyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 13:00, 1-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

„Oʻlimi“ boʻlimini yana ham toʻldirishga harakat qilaman. Muzaffar Murodovichmusohaba 04:19, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

__________

Maqola mazmunan ancha boʻsh, toʻldirishlarga muhtoj. Hamzaning hayoti, xususan necha marta uylangani, oʻldirilishiga olib kelgan sabablar umuman yozilmagan, „Hayoti“ boʻlimida uning tarjimayi holi qolib, asosan maktabdorlik faoliyati yoritilgan. Bunday katta va koʻp oʻrganilgan shaxsiyat haqida chala maʼlumotlar yozilgan maqolaga status berish xato. Yuqorida (bir haftacha oldin) Hamzaning oʻldirilishi haqida batafsilroq yozilishi kerakligini taʼkidlagandim, nominator statusga boʻlgan qiziqishini yoʻqotganmi, hech bir fikr bildirmadi, maqolani toʻldirishga urinayotgani yoki toʻldirish shart emasligi haqida hech narsa yozmadi. Maqolada uslubiy xatolar ham bor (til masalasi!), ular haqida yozmayapman hali. Qanday statusga nomzod boʻlsa ham, maqola hali ancha toʻldirilishi kerak! Jamshid Nurqul (munozara) 21:08, 6-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Jamshid Nurkulov, avvalo befarq boʻlmaganingiz va fikr berganingiz uchun rahmat.
Maqolaga kitoblar, veb-saytlar orqali maʼlumotlar qoʻshdim. Ancha izlandim. Lekin boshqa manbalar topa olmadim. „Hayoti“ boʻlimiga doir qoʻshsa boʻladigan maʼlumotlar asossan maktabdorlik faoliyatiga doir edi. Shuni qoʻshganman.
Statusga qiziqishimni yoʻqotganim yoʻq. Oxirgi haftalarda vaqtim biroz kamligi uchun nomzodlik sahifaga qarash yodimdan koʻtarala yozibdi. Muzaffar Murodovichmusohaba 04:20, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman. Maqolada shaxs bosh sahifaga olib chiqilishini qoʻllab-quvvatlayman! Salazarov 20:01, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman maqola TMga nomzodligida tubdan koʻrib chiqilgandi, xatolarni deyarli koʻrmadim. Oʻzbek adabiyotida muhim va oʻz oʻrniga ega shaxs haqida ajoyib maqola uchun – Mirishkorlik (munozara) 12:20, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. YM talablariga mos maqola. – Kagansky munozara 09:15, 26-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. maqola ustida yaxshi mehnat qilingani matn oʻqilishidagi „yengillikdan“ ham maʼlum. Alpasli (munozara) 19:38, 30-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5. Ajoyib maqola uchun  Roziman. Ibrohimjon 05:07, 31-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman YM statusiga mos maqola – Axadjon1 (munozara) 10:43, 2-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
  7.  RozimanAhror Akramovich (munozara) 19:23, 8-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Qarshiman! — Hozirgi holatida maqola hech bir statusga tortmaydi. Maqola mavzusi oʻta yirik shaxsiyat haqida boʻlsa, u haqdagi koʻplab ilmiy adabiyotlar, ilmiy ishlar, gazeta va jurnallar, elektron resurslarda eʼlon qilingan materiallarni erinmasdan oʻrganish, ishonchli manbalardagi maʼlumotlarni viki talablariga mos holda maqolaga kiritish kerak. Hozirgi holida esa maqola ancha sayoz, uni statusga olib chiqish uchun yana harakat qilish kerak. Ushbu maqolani kamida ruvikidagi „Lev Trotskiy“ maqolasi darajasida salmoqli qilish mumkin. Yuqorida, „Fikrlar“ boʻlimida Hamzaning hayoti, xususan necha marta uylangani, oʻldirilishiga olib kelgan sabablar umuman yozilmagani, „Hayoti“ boʻlimida uning tarjimayi holi qolib, asosan maktabdorlik faoliyati yoritilgani, qanday statusga nomzod boʻlsa ham, maqola hali ancha toʻldirilishi keraklini aytib oʻtgandim. Bir qancha vaqt oʻtgan boʻlsa ham nominator fikrlarimga na eʼtiroz bildirdi, na maqolani toʻldirishga harakat qildi. Bundan, nominator maqolaning status olishiga qiziqishini yoʻqotganini tushunish mumkin. VP:YMN? qoidasining 5-bandida „Maqola toʻliq boʻlishi va tugallanmagan boʻlimlarni oʻz ichiga olmasligi kerak“, deb yozilgan, maqolada esa bidan ortiq boʻlimlar toʻliqsiz holda. Nima boʻlganda ham uzwikiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan nominatorga tashakkurlar aytaman, yoqimli tahrirlar tilayman. Boshqalarga esa nominant maqolalar uchun ovoz berishdan oldin ularni eʼtibor bilan oʻqib chiqishni tavsiya etaman. Jamshid Nurqul (munozara) 01:53, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi Maqolada baʼzi qismlar batafsil yoritilmagan. Shu sababli VP:YMN? qoidasining 5-bandiga hamda Foydalanuvchi:Jamshid Nurqul tomonidan keltirilgan asosli eʼtirozlarga asoslangan holda ushbu nomzodga status berilmadi. Nominator yoki boshqa foydalanuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, statusga qaytadan nomzod sifatida koʻrsatishi mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:23, 12-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.