Vikipediya:Yangi sahifalarni tekshirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yangi sahifalarni tekshirish bu — yangi yaratilgan maqolalardagi darhol koʻzga tashlanadigan muammolarni topish uchun nazorat qilish jarayonidir. Yangi sahifalarni tekshiruvchi nozir oʻz ixtiyori bilan nazorat qiladi va hech qanday majburiyatni boʻyniga olmaydi. Aslida nazorat qilish har bir yaratilgan maqolani oʻz vaqtida tekshirilishini taʼminlaydi va Vikipediyada sifati yomon yoki nojoʻya maqolalar koʻpayishini oldini oladi. Yangi sahifalarni nazorat qilish nomaqbul maqolalar paydo boʻlishini oldini olish va sifati yomon sahifalarni yaxshilashda birinchi qadamdir. Yangi sahifalar qunt bilan tekshirilishi lozim.

Nozir boʻlish[tahrir]

Yangi sahifalarni tekshirishni istasangiz ismingizni mana bu roʻyxatga qoʻshing. Buning uchun foydalanuvchi sahifangizda [[Turkum:Yangi sahifa nozirlari]] sintaksisini qoʻshsangiz bas. Lekin bu majburiy emas.

Foydalanuvchi qutisi[tahrir]

Yangi sahifa noziri boʻlishni istasangiz foydalanuvchi sahifangizga quyidagi qutini qoʻshishingiz mumkin: {{Andoza:Nozir}}

Police man update.svg Bu foydalanuvchi yangi sahifalarni tekshiradi.