Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:Tezda yoʻqotishdan yoʻnaltirildi)

Baʼzi hollarda administratorlar Vikipediya sahifalarini izohsiz va munozarasiz yoʻqotishlari mumkin. Bunday harakatlar quyidagi mezonlarga asoslanib amalga oshiriladi.

Tezda oʻchirishga qoʻyish[tahrir]

Sahifani tezda oʻchirishga qoʻyish uchun, quyidagi andozalardan birini, yoki sababini koʻrsatgan holda {{d|sabab}} andozasini qoʻyish kerak. Andozani tezda oʻchirishga qoʻyganda <noinclude>{{tezda oʻchirish andozasi}}</noinclude> konstruksiyasidan foydalanish lozim (aks holda tezda oʻchirishga qoʻyilgan andozadan foydalanilgan barcha sahifalar tezda oʻchirishga qoʻyilib qoladi).

Tezda oʻchirishga qoʻyishni yengillashtiruvchi skript va gadjetlar mavjud:

1) rfsd.js skripti — fayllardan tashqari barcha turdagi sahifalarni tezda oʻchirishga qoʻyish uchun. special:mypage/common.js sahifasiga quyidagi qatorni qoʻshish orqali ulanadi:

importScript('User:Xusinboy Bekchanov/rfsd.js');

Skript ochiluvchi menyuda "Tezda oʻchirishga" nomli yangi band (Vector foydalanuvchilari uchun) yoki qoʻshimcha varaqa yaratiladi. Uni bosgandan keyin Tezda oʻchirish mezonlari roʻyxatidan birini tanlang (zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan hollarda) va OK bosing.

Oʻchirish[tahrir]

Oʻchirishdan oldin tahrirlar tarixini koʻzdan kechirish lozim va joriy versiyasi normal versiyaning vandal, test, tasodifiy yoki xato tahriri emasligiga ishonch hosil qilish kerak, — bunday holatlarda sahifani normal versiyasiga qaytarish kerak.

Yaqindagina yaratilgan maqolalarni oʻchirish yoki oʻchirishga belgilashdan saqlanish lozim — ayrim mualliflar maqolalarning joriy versiyasini saqlagan holda davriy bir necha bosqichda yaratishadi. Maqolani tezda oʻchirishga belgilash vaqtida uning ustida hali ishlanayotgan boʻlishi mumkin, va bunday belgi muallifni choʻchitib qoʻyishi mumkin, ayniqsa yangi boʻlsa. Yana bir mustasno Vikipediya:Qumloq hisoblanadi.

Agar sahifa quyida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, u holda uni oʻchirish uchun Vikipediya:Oʻchirishga sahifasida keltirish kerak.

Asosiy maqolalar[tahrir]

Bemaʼnilik, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan: asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb).
Tekshirish, yaʼni tahrirlashni oʻrganish maqsadidagi matnlar. Buning uchun maxsus sahifa bor.
Bezorilik.
Avval yoʻqotilgan maqolani asossiz tiklangan nusxasi.
Maqola muallifining oʻzi uning yoʻqotilishini istasa, bu holda maqola bir kishi tomonidan yozilgan boʻlishi va yoʻqotish sababi koʻrsatilishi kerak.
Koʻchirish imkoniyatini yaratish uchun.
Ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqolalar, masalan: "Xoʻjand yaxshi shahar" (va boshqa hech nima yoʻq). Chala maqolalar bu toifaga kirmaydi.
Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar, agar ular yaqin orada tarjima qilinmasa.
Faqatgina ishoratlardan iborat maqolalar.
Keng ommaga mashhur boʻlmagan shaxslar, tashkilotlar haqidagi maqolalar, masalan: "Eshmat Toshmatov - universtiet 1-kurs talabasi, 1990 yilda tugʻilgan" va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.
Koʻchirmachilik, masalan, biror bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyish.

Yoʻnaltirishlar[tahrir]

Yoʻnaltirish (redirect) bir sahifadan boshqasiga avtomatik yoʻnaltiradi.

Mavjud boʻlmagan maqolaga yoʻnaltirish.
Boshqa boʻlimga yoki maqola sohasiga yoʻnaltirish

Tasvirlar[tahrir]

Litsenziyasi nomaʼlum tasvirlar.
Vikiomborda mavjud tasvirlar.

Turkumlar[tahrir]

Boʻsh turkumlar.
Nomi imlo xatosi bilan yozilgan turkumlar.

Foydalanuvchi sahifalari[tahrir]

Foydalanuvchi iltimosi bilan. Faqatgina ostsahifalar uchun.
Anonim foydalanuvchilar sahifasi va ularning munozara sahifalari. Istisno: munozara sahifasida muhim predmet muhokama qilingan boʻlsa, qoldirish zarur.