Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Bu sahifa Vikipediya qoida va yoʻllanmalarining bir qismidir. Bu yerdagi koʻrsatmalarga barcha ishtirokchilar amal qilishi kerak. Ushbu sahifani tahrirlashdan avval siz kiritayotgan oʻzgartirishlar konsensusga toʻgʻri kelishiga ishonch hosil qiling. |
Vikipediya ensiklopediyadir, yaʼni unda barcha sohalardan bilimlar yigʻiladi. Biroq ensiklopediyada hamma narsa emas, balki ahamiyatga molik mavzular yoritilishi kerak.
Vikipediyada biror predmet ahamiyatga molik boʻlishi uchun u haqida nufuzli manbalarda batafsil yoritilgan boʻlishi lozim. Batafsil deganda nufuzli manbalar aynan shu predmetga katta eʼtibor qaratganini tushunish kerak.