Vikipediya:Muhofaza qoidalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qisqa havola  VP:MQ 

Vikipediya har kim tahrirlashi mumkin prinsipida qurilgan boʻlib, material qoʻshish va xatolarni tuzatish uchun ommaga imkon qadar koʻp sahifa ochib berishga harakat qiladi. Biroq ayrim hollarda tayinli sahifalar tez-tez bezorilik oʻljasiga aylanishi ehtimoli yuzaga keladi, shunda bu sahifalar tahrir uchun vaqtincha yopiladi. Bunday ish Vikipediyada muhofaza deyiladi. Sahifa muhofazaga olinishi yoki undan boʻshatilishi administratorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Muhofaza bir necha xil boʻladi: toʻliq muhofaza (sahifani faqat administratorlar tahrirlay oladi) va yarim muhofaza (sahifani faqat roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar tahrirlay oladi).

Agar biror sahifa muhofazaga olingan boʻlsa va uni tahrir qila olmasangiz, oʻsha sahifaning munozarasida nimalarni tuzatish kerakligini yozib qoldirishingiz mumkin.