Variav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Variav
Shahar atrofi
21°15′39″N 72°49′14″E / 21.26083°N 72.82056°E / 21.26083; 72.82056 G OKoordinatalari: 21°15′39″N 72°49′14″E / 21.26083°N 72.82056°E / 21.26083; 72.82056 G O
Mamlakat Hindiston
Shtat Gujarat
Tuman Surat
Pochta indeks(lar)i 394520
Variav xaritada
Variav
Variav

Variav — Hindistonning Gujarat shtatida Surat tumanidagi qishloq. Variav Tapti daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Variav yaqinda Surat munitsipal korporatsiyasi hududiga qoʻshilgan va hozirda Katta Suratning chekkasida joylashgan hudud sifatida etirof etiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Variav — Surat tumanidagi tarixiy ahamiyatga ega qadimiy qishloq boʻlib, u yirik port shahri boʻlgan. Natijada, Surat ahlining xalqaro aloqalari mustahkam oʻrnatilgan boʻlib, ular uzoq oʻlkalarga tijorat maqsadida sayohat qilishgan hamda shu orqali koʻplab chet elliklarni Surat orqali Hindistonga olib kelishgan. Ayniqsa, Variav aholisi muhojirlarga xushmuomala munosabatda boʻlganligi bilan mashhur. Milodiy VII asrdayoq u Sosoniylar imperiyasi qulashidan qochgan zardushtiylar tomonidan koʻchib oʻtish uchun tanlangan hudud boʻlgan. Zardushtiylarning Hindistonga kelishi „Qissa-i Sanjon“da qayd etilgan boʻlib, birinchi koʻchib kelingan sana milodiy 936, 765 va 716-yillar deb turlicha talqin qilingan. Boshqalar esa X-XII asrlar orasida immigratsiyaning bosqichma-bosqich kechgan davrini qayd etishgan[1]. Xuddi shunday, Sinddan kelgan koʻplab Memonlar ham Suratda joylashganlar. Turkiya, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdan kelgan savdogarlar hamda diniy ulamolar ham Suratga joylashadilar. Koʻplab musulmonlar Surtis va Variavvala oʻzlarining ajdodlarini bu muhojirlar bilan bogʻlaydilar, koʻp musulmonlarning oilasi hinduizmdan Islomni qabul qilgan yerlik aholi oʻgʻillarining avlodlari boʻlishi mumkin boʻlsa-da usha davrlarda koʻchib kelgan aholi bilan oʻzlarining aloqador ekanliklari borasida daʼvo qiladilar. Bu musulmon oilalarni Variavda XII asrda Turkiya va Oʻrta Osiyo taʼsirida kuzatish mumkin boʻlgan. Variavning koʻplab oilalari oʻz oilalarida Hofiz ul Qurʼonni saqlash anʼanasini oʻz zimmalariga olganlar.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Variavda sunniy musulmon va sunniy Vohra, Parsi hamda hindlarning turli kastalariga mansub aralash aholi yashaydi.

Hindistondan tashqaridagi Variavvalaning eng katta aholisi Buyuk Britaniya va Pokistonda istiqomat qiladi.

Qulayliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Variavda Ibrohim Madha tomonidan 1903-yilda oʻrnatilgan ichimlik suvi idishlari mavjud. Haqiqiy texnika Belgiyadan olib kelingan.

Diniy muassasalar nuqtai nazaridan, toʻrtta masjid, bitta madrasa va bitta katta Jain Derashar, shuningdek, bir nechta hindu ibodatxonalari faoliyat olib boradi. Boshqa jamoat obyektlari orasida ikkita davlat maktabi va kutubxona mavjud.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aspects of the Maritime Silk Road: From the Persian Gulf to the East China Sea, By Ralph Kauz