Vahb ibn Sa’d

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vahb ibn Sa’d ibn Abu Sarh (arab. وهب بن سعد بن أبي سرح; hijriy 8-yilda vafot etgan (milodiy 629) Muhammad alayhissalomning sahobalaridan bo‘lib, Islomni qabul qilgan, so‘ngra Yasribga ko‘chib o‘tgan. Muso ibn Uqba, Voqidiy va Abu Ma’shar Balxiylar uning Badr jangida qatnashganini zikr qilganlar, Ibn Ishoq esa buni qayd etmagan. Vahb Uhud, Xandaq, Xaybar janglari va Hudaybiya sulhida ham qatnashgan[1]. U hijriy 8-yil jumadul-avvalda 40 yoshida Mu’ta jangida halok bo‘lgan. Vahb ibn Sa’d Abdulloh ibn Sa’dning ukasi bo‘lib[2], uning onasi Muhona binti Jobir al-Ash’ariya edi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Al-Tabaqat al-Kubra by Ibn Sa'd – Wahb ibn Sa'd ibn Abi Sarh“ (ar). 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  2. „Al-Isaba fi Tamyiz al-Sahabah – Wahb ibn Sa'd“ (ar). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.