Vadis Odjidja-Ofoe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vadis Odjidja-Ofoe (talaffuzi: Vadis Odidja-Ofoe; 1989-yil 21-fevralda Belgiyaning Gent shahrida tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Gent“ futbol klubi yarim himoyachisi. Pekin Olimpiadasi ishtirokchisi.

Vadis Odjidja-Ofoe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vadis Odjidja-Ofoe
Tavallud sanasi 21-fevral 1989-yil (1989-02-21) (35 yosh)
Tavallud joyi Gent, Belgiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gent
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1999 Gent
1999—2007 Anderlecht
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 Anderlecht 3 (1)
2008—2009 Hamburger SV 2 (0)
2008—2009 Hamburger SV II 12 (0)
2009—2014 Club Brugge 181 (22)
2014—2016 Norwich City 15 (0)
2015—2016 → Rotherham United (ijara) 4 (1)
2016—2017 Legia Warsaw 31 (4)
2017—2018 Olympiacos 18 (2)
2018— Gent 79 (9)
Milliy terma jamoa
2004 Belgiya U15 3 (0)
2007 Belgiya U18 3 (0)
2007 Belgiya U19 9 (3)
2007—2009 Belgiya U21 10 (0)
2010—2012 Belgiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-may uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadis Odjidja-Ofoe 5 yoshida „Gent“ futbol maktabi jamoasiga qoʻshilgan. 1999-yilda Vadis Odjidja-Ofoe „Anderlecht“ futbol akademiyasiga koʻchib oʻtgan. 2007-yilda Vadis Odjidja-Ofoe Jupilligada asosiy jamoada debyut qilgan. 2007-yilning kuzida klub yosh yarim himoyachini saqlab qolish umidida Vadis Odjidja-Ofoega shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Ammo Yevropa bozorida Vadis Odjidja-Ofoega talab yuqori boʻlgan. Futbolchiga Gollandiyaning „Feyenoord“, „Heerenven“, „Roda“, „Alkmaar Zaanstreek“, „PSV“, „Twente“ va Germaniyaning „Hamburg“ futbol klublari qiziqish bildirishgan.

2008-yilning 17-fevralida „Bochum“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Vadis Odjidja-Ofoe Bundesligadagi debyutini o‘tkazgan va David Jarolimning o‘rniga maydonga tushgan[1]. Yetarli oʻyin amaliyoti yoʻqligi sababli Vadis Odjidja-Ofoe jamoani tark etish istagini bildirgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda Vadis Odjidja-Ofoe Belgiya yoshlar terma jamoasining Pekin Olimpiadasida ishtirok etish uchun tarkibiga kiritilgan. Turnirda u Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etgan[2].

Vadis Odjidja-Ofoeda Gana pasporti borligi sababli, unga Gana terma jamoasida oʻynash huquqini berilgan[3]. 2010-yil 17-noyabrda Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Vadis Odjidja-Ofoe terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va oʻyin oxirida Eden Hazard uning oʻrniga maydonga tushgan[4].








Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
R. S. C. Anderlecht Bélgica 2007—2008
Hamburgo S. V. Alemania 2008—2009
Club Brujas Bélgica 2009—2014
Norwich City F. C. Inglaterra 2014—2016
Rotherham United F. C. Inglaterra 2015
Legia de Varsovia Polonia 2016—2017
Olympiacos de El Pireo Grecia 2017—2018
K. A. A. Gante Bélgica 2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Гамбург VS. Бохум 3:0“ (eb). soccerway.com (17 февраля 2008). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  2. „Нигерия (до 21) VS. Бельгия (до 21) 4:1“ (en). soccerway.com (19 августа 2009). 2013-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  3. Coerts, Stefan „Club Brugge Star Vadis Odjidja-Ofoe Considering Switching Allegiances to Play for Ghana“. goal.com (2010-yil 9-noyabr). 2013-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-sentyabr.
  4. „Россия VS. Бельгия 0:2“ (en). soccerway.com (17 ноября 2010). 2013-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.