Uch qahramon mahallasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uch qahramon mahallasi(Yunusobod tumani, 10-mavze, 212-sonli pochta binosi) — Yunusobod tumanidagi mahalla. „Shodlik“, Sobirobod mahallalari bilan chegaradosh. 1988 yil tashkil etilgan bo'lib, Davlat avtomobil nazorati xodimlari M.Gashimov, M.Matchonov va O. S. Askarov o'z xizmat vazifalarini bajarish paytda fojiali halok bo'lgani munosabati bilan ularning nomlarini abadiylashtirish maqsadida „Uch qahramon“ deb nom berilgan. Aholisi 5019 kishi. Mahalla hududida 2 ta bolalar bog'chasi, o'rta maktab, „Qadrdon“ — non i.ch. korxonasi, 41- oilaviy poliklinika, „Mediafarm“ korxonasi mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.