Ubayda ibn horis saryysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

623-yil aprel oyida Muhammad alayhissalom Ubayda ibn Horisni oltmish nafar qurolli muhojirlar bilan hozirgi Saudiya Arabistonidagi Rabig‘ vodiysiga yubordilar. Ular Abu Sufyon ibn Harb va 200 nafar qurolli chavandozlar himoyasida Suriyadan qaytayotgan Quraysh karvonini tutib olishni kutdilar. Musulmonlar guruhi Saniyat ul-Murradagi quduqlargacha yetib bordilar, u yerda Sa’d ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata o‘q uzdi. Bu Islomda otilgan birinchi o‘q sifatida tanilgan. Bu kutilmagan hujumga qaramay, “ular qilichni qinidan chiqarmadilar, bir-biriga yaqinlashmadilar” va musulmonlar quruq qo‘l bilan qaytishdi. Biroq ikki makkalik savdogar o‘z karvonini tark etib, musulmon bo‘ldi va musulmonlar bilan Madinaga ketdi.

Ba’zi mulohazalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ba’zilar Muhammad alayhissalom harbiy safar uchun birinchi bo‘lib Ubayda ibn Horisga bayroq berganlarini aytadi; boshqalar esa Hamza birinchi bo‘lgan, deyishadi.

Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, Muhammad alayhissalom sariyyani Abvoda bo‘lganlarida yoki Abvo g‘azotidan Madinaga qaytganlarida yuborganlar[1][2][3][4][5][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, p. 244, ISBN 978-9960899558
  2. Haykal, Husayn (1976), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, pp. 217–218, ISBN 9789839154177
  3. Afzalur Rahman (1993), Muhammad As a Military Leader, Kazi Publications, p. 119, ISBN 9781567441468
  4. Safiurahman Al-Mubaraki (1996), The Sealed Nectar, Dar-us-Salam, p. 203, ISBN 9781484974858
  5. Muhammad Husayn Haykal (May 1994), The Life of Muhammad, Islamic Book Trust, p. 217, ISBN 978-983-9154-17-7
  6. Muhammad Mohar Ali (1997), The Biography of the Prophet and the Orientalists, King Fahd Complex for the Printing of the Holy Qur'an, p. 547, ISBN 9960-770-68-0