Tuxumdon apopleksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuxumdon Apopleksiya si ( apoplexiya ovarii)-bu ovulatsiya follikula yorilishi natijasida tuxumdon parenximasiga qon quyilishi va uning to‘qima butunligining buzilishi hamda qorin bo‘shlig‘iga qon oqishi bilan boshlanadi. Bu holat 16–30 yoshli ayollarda kuzatiladi.

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuxumdon apopleksiyasi ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari natijasida yoki Follikulalar persestensiyasi kuchayishi oqibatida ovulatsiya davrida tuxumdon parenximasining yorilishi oqibatida kelib chiqadi. Unda tuxumdon qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi buzilib, tuxumdon kapsulasi yoriladi va qorin bo‘shlig‘iga qon ketadi yoki parenxemasiga qon quyiladi. Bunday holatda qorinning pastgi qismida tegishli tuxumdon sohasida qattiq og‘riq kuzatilib, qorin bo‘shlig‘iga qon quyilmaydi. Tuxumdon apopleksiyasi ayol jismoniy zo‘riqqanda, og‘ir yuk ko‘targanda, shikastlanish natijasida ham kelib chiqishi mumkin.

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik to‘satdan qorinning pastki sohasida kuchli og‘riq bilan boshlanib, butun epigastral sohaga, to‘g‘ri ichakka irradiatsiya beradi. Og‘riq bosh aylanishi, hushdan ketish, sovuq ter bosishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan kuzatiladi.

Klinik ko‘rinishiga qarab tuxumdon apopleksiyasini 3 turga bo‘lish mumkin: og‘riqli; anemiya li;aralash.

Og‘riq to‘g‘ri ichakka ham o‘tadi. Ba’zan og‘riq kuchli bo‘lishi sababli ayolda o‘tkir qontomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Kasallikning aralash turida og‘riqli va anemik ko‘rinishlar birgalikda uchraydi. Qorin paypaslab ko‘rilganda og‘riqli, shishgan va nafas aktida sust ishtirok etayotganligi aniqlanadi. Ginekologik tekshiruvda bachadon bo‘yni tekshirilganda og‘riqli, bachadonkattalashmagan, qattiq, bachadon ortiqlari va tuxumdon kattalashgani aniqlanadi.

Diagnoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinik ko‘rinishi, anamnez i va obyektiv tekshiruvga ko‘ra diagnoz qo‘yiladi. Diagnoz qo‘yishda UTT va qin orqa gumbazi orqali qorin bo‘shlig‘ini punksiya qilish yordamida aniqlanadi.

Davosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallangan bemor ahvoli dastlab o‘rtacha bo‘lib, kam qon ketsa, bemor konservativ davolanadi (yotoq rejimi, qorin sohasiga muzli xalta qo‘yish, qon o‘rnini bosuvchi dori vositalari qo‘llaniladi). Kasallikning o‘tkir davri o‘tib bo‘lgach, bemorga fizioterapiya, dori elektroforezi buyuriladi. Kuchli qon yo‘qotish yoki og‘riq sindromida bemorlarni, albatta, operativ yo‘l bilan davolash lozim, ya’ni tuxumdonlar ponasimon rezeksiya qilinib tikiladi, ba’zan tuxumdon butunlay zararlangan bo‘lsa, olib tashlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Y.N.Allayorov_Akusherlik va ginekologiya