Tovoqsoy (stansiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tovoqsoy GESdan yoʻnaltirildi)

Tovoqsoy - GES Chirchiq Boʻzsuv GESlari kaskadidagi stya. "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi ChirchiqBoʻzsuv sugʻorish energetika traktining bosh qismida, Tovoqsoy qishlogʻi yaqinida joylashgan. GES qurilishi 1934-yilda boshlangan va uning 2 gidroagregatdan iborat birinchi navbati 1941-yil 1 iyulda ishga tushirilgan. 3agregat 1952-yilda, 4si 1957-yilda foydalanishga topshirilgan. Gidroagregatlarning umumiy quvvati 72 MVt. Chirchiq sh. va Boʻstonliq tumanidagi sanoat korxonalari va aholini elektr energiya bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 110, 55 kVda uzatiladi. St-yada ishlab chiqarish. jarayonlari avtomatlashtirilgan. 2003-yilda 452,3 mln. kVt. soat elektr energiyasi ishlab chikarildi.