Mengnorov, Togʼaymurod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Togʻay Muroddan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Togʻay Murod Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Oltinsoy tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966), Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966—1972). U respublika radiosida muharrir (1972—1976), "Oʻzbekiston fizkulturachsi" gazetasida tarjimon (1976—1978), "Fan va turmush" jurnalida boʻlim muharriri (1982—1984) boʻlgan. 1985—1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.

1976 yilda bosilgan "Yulduzlar mangu yonadi" nomli ilk qissasi bilan yaxshi yozuvchi sifatida tanildi. 1979 yilda "Ot kishnagan oqshom", 1980 yilda "Oydinda yurgan odamlar" qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun yozuvchi Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.

1985 yilda yozuvchining "Momo yer qoʻshigʻi" qissasi, 1993 yilda "Yoshlik (jurnal)Yoshlik" jurnalida "Otamdan qolgan dalalar" romani chop etildi. Togʻay Murod oʻzbek adabiyotiga betakror xarakterlarni, avval uchramagan uslubni olib kirdi. 1999 yilda "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" unvoni berildi. 2001 yilda yozuvchining "Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi" romani bosildi.


[tahrir] Asarlari

  • "Ot kishnagan oqshom". Qissalar. T.: "Sharq", 1994.
  • "Otamdan qolgan dalalar". Roman. T.: "Sharq", 1994.
  • "Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi". Roman, hikoyalar, maqolalar. T.: "Sharq", 2001.


[tahrir] Adabiyotlar

  • Normatov U. Kechmishdan qolgan armonlar. "Xalq soʻzi" gazetasi, 16 iyul, 1993 yil.
  • Solijonov Y. Erkinlikning ilk qaldirgʻochi. "Oʻzbekiston adabiyot va san'at" gazetasi, 5 avgust 1994 yil.
  • Said Ahmad. Togʻay Murod qoʻshiqlari. Kitob: Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 3-jild, T.: "Sharq", 2000, 238—242 betlar.
  • Rahmon Qoʻchqor. "Oʻtgan kunlar"ning davomi… "Milliy tiklanish" gazetasi, 5 dekabr 1995 yil.
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)