Tim de Cler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tim de Cler
De Cler 2007-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tim de Cler[1]
Tavallud sanasi 8-noyabr 1978-yil (1978-11-08) (45 yosh)
Tavallud joyi Leiden, Niderlandiya
Boʻyi 1.79 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Lugdunum
Ajax
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997-2002 Ajax 75 (2)
2002-2007 AZ 157 (4)
2007-2011 Feyenoord 87 (1)
2011-2013 AEK Larnaca 41 (0)
Milliy terma jamoa
2005-2008 Niderlandiya 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Tim de Cler (talaffuzi: Tim de Kler; 1978-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, Ajax, AZ, Feyenoord va AEK Larnaca klublarida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lugdunum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olti yoshida De Cler oʻzining birinchi futbol jamoasi, havaskor Lugdunum jamoasiga qoʻshilgan. Klubda 12 yoshigacha markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Ajax unga qiziqish bildirgan va de Cler dunyoga mashhur yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan.

Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ajax“da De Cler dastlab chap qanot himoyachisi sifatida oʻynadi, ammo keyinchalik chap qanot himoyachi ampluasiga oʻtdi. 1997-yilda „Ajax“ning ikkinchi jamoasiga qoʻshildi.

1998-yil 23-aprelda De Cler o‘z maydonida Villem IIga qarshi oʻyinda (6:1) debyutini o‘tkazdi. Ikki kundan soʻng oyogʻidan jarohat oldi toʻrt oyga safdan chiqdi. Oʻsha mavsumda „Ajax“ Eredivisie va KNVB kubogini qoʻlga kiritdi.

AZ[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Cler 2002-yilning yozida „Ajax“ni tark etib, oʻsha paytdagi oʻrtamiyona klub boʻlgan AZga qoʻshildi. Oʻzining birinchi mavsumida AZ Erediviziyada oʻninchi oʻrinni egalladi, ammo 2003-yilda Ko Adrianse jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangach, jamoaning oʻyin uslub oʻzgardi. 2005-yilda De Cler AZ bilan ssensatsion tarzda UEFA kubogi yarim finaliga chiqdi.

Feyenoord[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Cler 2007-yilda „Feyenoord“ safida

AZda besh yil oʻtgach, De Cler „Feyenoord“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Klubdagi 4 mavsumida 87 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi[2].

AEK Larnaca[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feyenoord bilan xayrlashganidan keyin De Cler Kipr birinchi divizioni vakili AEK Larnaka jamoasi bosh murabbiyi Jordi Cruyffning taklifiga binoan 2011-yilning 30-iyunida \ikki yillik shartnoma imzoladi[3]. 2013-yilda professional faoliyatini tugatdi[4][5]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Cler Gollandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2004-yilning avgustida murabbiy Marko van Basten qoʻl ostida 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro 2008 uchun tarkibga kirgan. 

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Division Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Ajax 1997—1998 Erediviziya 1 0 0 0 0 0 1 0
1998—1999 12 0 0 0 0 0 12 0
1999-2000 21 0 0 0 0 0 21 0
2000—2001 25 2 0 0 0 0 25 2
2001—2002 16 0 0 0 0 0 16 0
Jami 75 2 0 0 0 0 75 2
AZ 2002—2003 Erediviziya 30 2 0 0 0 0 30 2
2003—2004 33 0 0 0 0 0 33 0
2004—2005 32 1 0 0 12 0 44 1
2005—2006 30 0 0 0 7 0 37 0
2006—2007 32 1 0 0 11 0 43 1
Jami 157 4 0 0 30 0 187 4
Feyenoord 2007—2008 Erediviziya 32 1 0 0 0 0 32 1
2008—2009 19 0 2 0 5 0 26 0
2009—2010 7 0 3 0 0 0 10 0
2010—2011 29 0 1 0 2 0 32 0
Jami 87 1 6 0 7 0 100 1
AEK Larnaca 2011—2012 Kipr birinchi divizioni 26 1 0 0 0 0 26 1
2012—2013 15 0 0 0 0 0 15 0
Jami 41 1 0 0 0 0 41 1
Jami faoliyati 361 8 6 0 37 0 404 8

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ajax

  • Eredivizion: 1997—1998, 2001—2002 
  • KNVB kubogi: 1998—1999, 2001—2002 

Feyenoord

  • KNVB kubogi: 2007—2008 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Netherlands“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Het succes van Feyenoord, feyenoord-internet.nl
  3. De Cler vervolgt carrière op Cyprus, (niderlandcha) feyenoord-internet.nl
  4. Tim de Cler stopt definitief met voetballen[sayt ishlamaydi] — (niderlandcha)
  5. Lugdunum viert langverwacht kampioensfeest — Sleutelstad (niderlandcha)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]