Ticia Gara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tícia Gara
Gara 2007-yilda
Ismi Gara Tícia
Mamlakat   Vengriya
Tugʻilgan sanasi va joyi (1984-10-25) 25-oktyabr, 1984-yil
Budapesht, Vengriya
Unvoni Ayol grossmeyster (2002-yil)
FIDE rating 2317 (oktyabr 2017-yil)
Peak rating 2385 (sentyabr 2012-yil)

Tícia Gara (1984-yil 25-oktyabrda Vengriya poytaxti Budapeshtda tugʻilgan) — vengriyalik shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega.

Shaxmatdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ticia Gara 2006,[1] 2007 va 2019-yillarda ayollar oʻrtasida o`tkazilgan Vengriya chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritgan.[2] 2009-yilgi musobaqada u va uning singlisi Anita birinchi o'rinni egallashdi. Mazkur musobaqada Anita tay-brekda Ticiani yengib g`oliblik unvonini qo'lga kiritdi.[3]

Gara Vengriya terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasida, ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida, qizlar oʻrtasidagi Yevropa jamoaviy chempionatida va ayollar oʻrtasidagi Mitropa kubogida ishtirok etgan. Uning jamoasi 2015-yilda Avstriyaning Mayrxofen shahrida ayollar oʻrtasidagi Mitropa kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U ikkinchi taxtada oʻynagan oltita oʻyinda oltita gʻalaba qozonib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan.[4]

Ticia Gara ikki marta (2006, 2007) Vengriya ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[5]

2001-yilda Budapesht xalqaro „Budapesht bahori“ shaxmat turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilda u Budapesht xalqaro shaxmat turniri „First Saturday IM A“da ikkinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida Sidoniya Vajda va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.[6]

Vengriya nufuzini toʻrtta shaxmat Olimpiadasida (2010—2016) va oltita jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida (2001, 2007-2015) himoya qilgan holda dona surgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ticia Gara vengriyalik ayol grossmeyster, xalqaro usta shaxmatchi Anita Garaning opasi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Khurtsidze, Muzychuk, Gara win Hungarian Championship“. ChessBase. 2006-09-22.
  2. „The Week in Chess 1311“. theweekinchess.com. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  3. „Hungarian Women Chess Championship“. Chessdom. Chessdom.com. 2010-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-oktyabr.
  4. „Austria and Hungary are winners of 2015 Mitropa Cup“. Susan Polgar Global Chess Daily News and Information (27-iyun 2015-yil). 25-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  5. „Gara Tícia megvédte bajnoki címét“. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2017-yil.
  6. „Rajlich, Vajda and Gara tie for the first at the Women Spring Festival“. 23-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2017-yil.