The Prodigy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Prodigy
Prodigy
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Janr elektropank, breykbit, haus, tehno, alternativ rok
Leybl Ragged Flag, Cooking Vinyl, XL, Beggars Banquet,
Tarkib Liam Howlett, Keith Flint, Maxim Reality

The Prodigy1990-yilda tashkil topgan britaniyalik musiqiy kollektiv.

Guruh tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

90-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Prodigy"ning birinchi jonli chiqishi "1990"-yili "Labirint" klubida boʻlib oʻtadi va unga 250ta odam keladi, birinchi chet eldagi chiqishlari esa Italiyada boʻlib oʻtadi. "What Evil Lurks" debyut plastinkasi yetarlicha muvaffaqiyatli boʻladi. Asosiy hit-paradda muvaffaqaiyatga erishmaganligiga va yetakchi nashriyotlarning jimligiga qaramay, 7000 nusha nomaʻlum andegraund guruhi uchun juda jiddiy adaddir. Bir necha oylik sahna chiqishlaridan soʻng "Prodigy" ishtirokchilari professional boʻlishga qaror qilib, repetitsiya qila boshladilar. Va ular kelajakdagi chiqishni ishlab chiqish uchun kun belgilaydilar. Bu ularning birinchi va ohirgi repetitsiyasi boʻladi. Shouning elektrlangan atmosferasisiz, koʻz oldida yuzlab va minglab ularning musiqasiga raqsga tushayotgan odamlarni koʻrmay, yigitlar rostakamiga ishlay olmaydilar. 1990-yildan 2000-yilgacha guruhda toʻrtinchi ishtirokchi - Liroy Tornhill boʻladi.

Tabiiyki, Houlettga oʻz musiqasini yaratgisi va ijro etgisi keladi va ikki yildan soʻng dam olish kunlari qurilish uchastkasida ishlab ikki arzon magnitafonni sotib oladi. Bundan ancha oʻtmay u "Cut To Kill" hip-hop guruhi bilan tanishadi, guruh tezda uni oʻz tarkibiga ikkinchi di-jey sifatida oladi. Keyingi ikki yil ichida Layam va "Cut To Kill" zoʻrgʻa bir-biri bilan ishlashadi, chunki ularning hamma qoʻshiqlari ahmoqona hingirlashdan iborat boʻladi. 18 yoshida Layam dizayberlik diplomini olish uchun imtihonlarni topshiradi va hozir mavjud boʻlmagan "Metropoliten" nomli London jurnaliga ishga kiradi va u yerda uning xoʻjayini bilan doʻstlashadi. "Cut To Kill"'ni eshitib koʻrib, xoʻjayini Layamga bu guruhning debyut albomini yozish uchun yetarlicha pul taklif qiladi. Afsuski, guruhni ham, hayriyachini ham bunday ishlarda tajribasi boʻlmagani uchun, butun byudjet studiyada ishlatilib, reklama va gastrollar uchun hech vaqo qolmaydi. Qarzlarni uzish uchun "Cut To Kill"'ning qolgan qismi Layamning orqasida "Tam Tam Records" bilan shartnoma imzolashadi. Ular shu shartnomani qoʻlga kiritish uchun Layamnining bir taronasini ishlatganligiga qaramay, uni tashlab ketishadi. Bu sotqinlik Layamning hip-hopga boʻlgan qiziqishi susayishi bilan bir paytga toʻgʻri keladi va u oʻzligini boshqa musiqiy yoʻnalishlarda izlaydi. Bu 1988-yilning yozi edi. Layam hip-hop ichida choʻkayotgan paytda uning ona yurti umuman yangi yoʻnalish - Acid House'ga o'tib ketgan edi, ayniqsa Esseksning katta qismi bundan ekstazda edi. Chikago va Detroytda vujudga kelgan bu musiqa tez orada Atlantikani kezib oʻtib, noqonuniy yigʻilishlarda ildizlarini otadi va reyv nomi ostida mashhur boʻlgan yangi yoʻnalish uchun asos boʻladi. Bu juda zoʻr barlar, marafon raqslar va hippilar ideallarini qayta tugʻilishi erasi edi - Muhabbatning Ikkinchi Yozi keldi. Reyv madaniyatiga Layam birinchi marotaba Barnedagi kechada duch keladi. U bir pasda yangi dinga kiradi: "Men oʻyladimki, bu juda zoʻr, bu oldingi his etgan narsalarimga oʻxshamas edi. Hip-hop shunday eksklyuzivchi, pretenzion ediki va qaysidir maʻnoda oq guruhlarni nazardan chetda qoldirar edi. Men gʻayritabiiy narsani his etdim, men uchun mutlaq yangi hisni...". Bir-ikki oydan soʻng Layam shu kabi kechalarda di-jey boʻlib ishlay boshladi va Esseksdagi yetarli darajada mashhur kishiga aylandi. Ammo, u hali ham oʻzining sirli ravishda yozgan musiqasini qoʻyishdan uyalar edi. Aynan shu paytda Layam Liroy Tornhill va Keyt Flintni uchratadi. Liroy butunligicha Acid House monoton narsadan murakkabroq va aqlliroq narsaga aylanganidan keyin reyv sahnasiga chiqqan Jeyms Braunning ashaddiy muhlisi edi. Oʻzining boʻyi va yashindek tez oyoqlari bilan Liroy Barneda raqs tushishi kerak boʻlgan odamning oʻzginasi edi. Keyt Flint maktabni imtihonlarni topshirishdan oldin tashlaydi va hilma xil joylarda ishlaydi, keyin esa marixuanani chekuvchi va 70-yillarning afsonalari boʻlgan Led Zeppelin va Floyd'ni eshituvchi baykerlar madaniyatiga qoʻshilib qoladi. 1988-yilning yozida reyv paydo boʻlgan paytda Keyv Yaqin Sharq va Afrika boʻylab sayohat qilayotgandi, lekin bahorga yaqin u Angliyaga qaytib keladi. Uyga qaytib kelishi bilan uni koʻchaga haydab yuborishadi. Uning sevgan qizi Enji uning uyida yashab turishni taklif qiladi. U qiz haqiqiy reyvchi edi va u Acid House kechalariga borgani uchun Keyt hamma yoqqa uning ketidan borar edi. Barneda bir-birini uchratib Keyt va Liroy katta doʻstlar boʻlib qolishadi va oʻzlarining doiralarida mashhurlikka erishishadi.

Bir kuni reyv kechasida Keyt Layamni uchratadi. Keytga Layam chalayotgan navolar shunday yoqib qoladiki, u oʻzining mikslarini kassetaga yozib berishini soʻraydi. Layam buni bajaradi va "B" tarafiga oʻzining toʻrtta qoʻshigʻini qoʻshib yozib beradi. Keyt va Liroy kassetani kechasi bilan eshitishadi va Layamning ishlaridan hayratga tushishadi. Layamni keyingi safar koʻrganlarida ular raqsga tushish uchun uning oʻz musiqasini qoʻyib berishini soʻrashadi. U rozi boʻladi va umumiy doʻstligi Sharkini chaqirib ular "Prodigy" guruhiga asos solishadi. Keyt, Liroy va Sharki raqsga tushayotgan paytda Layam klavishlarni chalib turadi. Tez orada ular Dalstondagi "Labirint" studiyasida oʻzlarining birinchi aranjirovkasini buyurtirishadi va Layamga tuyuladiki, yaxshi ish uchun ularga reper kerak. Shunday qilib, ular uch yildan beri Notingemda sandiralayotgan Piterborolik reper va regger Maksim Rielitiga chiqishadi. Maksim rep bilan 14 yoshligida uning akasi Piterboroning radiostantsiyalarida rep aytayotganini koʻrib qiziqib qoladi. Notingemga kelib qolib, Maksim oʻzining doʻsti Ian Shervud bilan mahsuldorli hamkorlik qiladi. Afsuski, ularning ortodoksal boʻlmagan raqs musiqalarining stili modada emas edi va uch yildan soʻng ularning dueti parchalanadi. Maksimga Shervud bilan ishlash yoqib qolgan boʻladi va u hovuridan tushish va kelajagi haqida oʻylab olish uchun uch oyga sayohatga ketadi. Sayohatda u tushunadi, musiqa - bu uning hayoti va Angliyaga qaytgach, u Londonga yoʻl oladi. Oradan koʻp oʻtmay qandaydir doʻsti unga Prodigy'ning manzilini beradi. Ular kassetalar bilan almashishadi, ammo ularning Dalstondagi birinchi uchrashuvi umuman sezilarsiz oʻtadi, shuning uchun aytish mumkinki, Maksim guruh bilan faqatgina ularning birinchi shousi paytida haqiqatan tanishadi. Bir necha kun oʻtib uni guruhga qoʻshilishini soʻrashadi. Shunday tarkib bilan "Prodigy" ulardan avval koʻpchilik qilgan ishlarni - kechalar va reyvlarda chiqishni boshladilar. "N-JOI" va "Shades of Rhythm" kabi guruhlar bu tur dam olishning muhlislari uchun "Prodigy" paydo boʻlishidan ancha avval yaxshi bazani yaratgan edilar, ammo Houlettning guruhi aniq ortiqcha edi va "Prodigy" - bu yoʻnalish monstrlari ichida oddiygina qurbaqa boʻlib, hali juda koʻp oʻsishi kerak degan tasavvur paydo boʻladi. Ularning ilk shoulari juda yomon kelish koʻrsatkichlarga ega boʻladi va Hatfield kollejidagi ularning beshinchi chiqishiga faqatgina toʻqqiz kishi keladi, ulardan beshtasi oʻqituvchilar edi. Va aksincha, Reyndans, eng sevimli reyv maydonchasidagi ularning 12-kechasiga 12 ming kishi keladi. Haqiqatdan ham, Acid House'ning yaxshi tarafi shunda ediki, guruhlar minglab odamlarga musiqa chalishlari mumkin edi, rokning ilk pallalarida bu haqda faqat orzu qilish mumkin edi. "Prodigy"ning alohidaligini yana DAT va uning zamondoshlaridan farqli oʻlaroq ularning faqat jonli ijrolari tasdiqlardi. 1990-yilning rojdestvosiga Layam komandasiga bir necha hafta avval sirli ravishda "XL" bilan shartnoma imzolaganini aytadi. Faqat u guruhning boshqa ishtirokchilari oʻz rollarini qanday ijro etishlaridan shubhalanar edi, shuning uchun bu yangilikni ularga aytmay turgan edi. Lekin, hozir, yaqinda boʻlib oʻtgan chiqishlariga qaraganda, "Prodigy" haqiqatdan ham ularning musiqasini keng ommaga olib borishga loyiq deb hisoblaydi. Biroq, Sharki guruhning keyingi faoliyati haqidagi fikr omadsiz deb hisoblaydi va bosh olib ketadi. Toʻrttalov qolib, "Prodigy" fevralda chiqqan "What Evil Lurks" singlini oqlash uchun doimiy chiqishlarini davom ettirdilar. Ular 7000 nushali sotuvlar bilan taqdirlandilar. Bu hayratlanarli boshlanish edi. Shoularini koʻpaytirish uchun guruh bir kuni peshinda Layamning uyida yigʻiladi. Ammo, yuzlab, yoki hattoki minglab ularning musiqasiga raqsga tushayotgan muhlisli konsert atmosferasidan uzoqligida, yigitlar bunday holatni qabul qilmaydilar. 20 daqiqalik urush-bahslardan soʻng ular hammasini tashlaydilar. Oʻshandan buyon "Prodigy" hech qachon repetitsiya qilmaganlar. Oʻsha paytlarda Layam kechalarda yarim kechasigacha qolib, keyin reyv-durmani ostida uyga kelib, musiqa yozishni odat qilgan edi. Shu yoʻl bilan "Prodigy"ning keyingi singli - "Charly" paydo boʻldi. Toshbaqa chanogʻini kiygan gʻalati mushukni koʻrsatayotgan 70-yillarning bolalar informatsion filmini koʻrib, Layam qattiq breyk-bit vaqtida shunday deydi: "Charly aytayapti: Qayergadir ketayotganingizda onajoningizga albatta xabar bering". Guruh birinchi albomidan reggi yoʻnalishidagi, Labirintda yozilgan, turli xil kompozitsiyalarni ijro etadi, ammo bu Layamning (Alley Cat Mix) omma fikrini oʻgʻirlagan eng qattiq ishi edi. U 1991-yil avgustida chiqadi, javob fikrlar juda koʻp keladi, sotuvlar keskin koʻtariladi va natijada "Charly" hamma milliy hit-paradlarda uchinchi oʻringa koʻtariladi. Bu ashulaga olingan klipni "Ommaviylik choʻqqisi" va "Hitlar shousi" koʻrsatuvlarida beriladi va keyingi reyv kechasida guruh 30 ming kishi uchun sahnaga chiqadi. Tez orada Layam butunlay ishni tashlab, guruhga oʻtib ketadi. "Charly"ning joʻshqin muvaffaqiyati "Prodigy"ning shuhratini oshiradi. Ularning endi reyv sahnasidan tushish uchun yetarlicha mashhur nomi bor edi, endi ulardan jonli shoularni talab etishardi. Ularning "Everybody in the Place" nomli uchinchi singli 1991-yil dekabrida dunyo yuzini koʻradi. Oʻsha paytda Layam musiqasining tan olinganligini "Art of Noise", "Dream Frequency", "Take That" uchun remiks qilib berishini soʻrashganligi bilan tasdiqlandi. Hamma narsa juda zoʻr ketayotgandek tuyulardi, yaʻni bunday ishning qoʻpolligi bir qancha vaqtga orqaga tashlab yuborganiga qadar. Qandaydir musiqiy jurnal "Charly" bolalar reyvi (kiddie rave) uchun shlyuzlarni ochib bergani haqida eʻlon qildi. Bunday gʻashga tegar eʻlonlarga qaramay, "Prodigy" yuksalishni davom ettirardilar. Alternativ rok borgan sayin ularning musiqasiga eʻtibor qaratar va guruhning Sheffield Sound City'dagi konsertlari hamda XL’s Vision'dagi festival guruhning mamlakat hayotidagi eng jonli hodisa ekanlik reputatsiyasini qoʻlladi. Savol faqat, ular shu muvaffaqiyatni albomlar qavatida qaytara olar ekanligida edi. "Fire" toʻrtinchi singlidan soʻng ularning shuhrati qoʻzgʻalmaydi va faqat oʻsadi. "The Prodigy Experience" nomli birinchi albom chiqqanidan soʻng u reyv chuqurliklaridan chiqqan eng chiroyli narsaga aylandi-qoldi. Yozuvning qoʻlloviga guruh turli davlatlarning 23 shaharlarida konsert turnesi bilan boʻlishadi, guruh sahnaga chiqishni toʻxtatmaydi va unikal musiqa oʻgʻir urinishlar bilan birgalikda olti oy davomida 40 qoʻshiq hit-paradining choʻqqisida boʻlgan albom bilan taqdirlaydilar.

Bu davr ularga yanada koʻproq mashhurlik olib kelishi kerak edi, ammo u vaqtga kelib, ular yangi programmaligi bilan Evropa, Amerika, Avstraliya va Yaponiya boʻylab sayohat qilgan boʻlishadi, qarzlarga juda chuqur botishadi va parchalanish yoqasida edilar. Agar roʻyxatdan Avstraliyadagi konsertlarni oʻchirib tashlasa, ular uchun soʻnggi bir yarim oy ichida atigi ikki dam olish kuni toʻgʻri keladi. Buning ustiga koʻp shoular Amerikada unchalik yaxshi aylanmaydi va koʻpchilik amerikan prodyusserlari oʻz mablagʻlarini qaytarib ololmaydilar. Juda yomon sharoitlar va mos kelmagan afishalar bularni hammasini dahshatga aylantirib yubordi. Keyt eslaydi: "Biz Liroyning reaksiyasiga ahamiyat berishimiz kerak edi, agar u baxtsiz boʻlsa, bu jiddiy muammo boʻladi. Biz boshqa hech qachon gastrollarga chiqmaslikka ahd qildik, biz shunday charchagan edikki... Rojdestvo va Yangi Yil oldidan 70ta konsert berdik, uyga esa qarzga botib va juda charchab qaytdik". Debyut albomining yakuniy singllari quyidagilar edi: "Out of Space" va "Wind it Up". Ular guruhning tushkunlikka tushganligiga qaramay, "Prodigy"ning yaxshi urflarini davom ettirib, hit-paradlarda ushlanib turadilar. Ammo ular Amerika dahshatidan endi oʻzlariga kelayotganlarida Layam guruh oʻlayotgan reyv bilan nobud boʻlishidan qoʻrqadi. Vaziyatni oʻzgartirish zarur edi. Muammo shunda ediki, guruh katta kommers muvaffaqiyatga erishganidan soʻng, andegraundning koʻpchilik tanqidchilari "Prodigy" oʻzini ochib boʻldi deb hisoblashar edilar. Va guruh oʻz ijodini di-jeylar doirasida tarqatishda qiyinchiliklarni sezadi. Shunday qilib, 1993-yilning yozida ular "Earthbound" oq markasili (Layamning uy studiyasini nomi) yangi singl chiqarishadi. Bu albom kompozitsiyalarining ravon va shu bilan bir vaqtda boshsizligi mutlaq yangi, hali oʻrganilmagan yoʻnalish boʻlib, Layam uni: "On Love was quite a big jump", deb nomlaydi. Singllarning uzoq vaqt davomidagi yutuqlariga qaramay, hech kim keyingi "Music for the Jilted Generation" nomli albomning javob reaksiyalarini bunday boʻlishini kutmaydi. U darhol bir raqami ostiga tushib oladi, "Merkyuri" mukofotini oladi va dunyo boʻylab bir milliondan ortiq nusha bilan tarqaladi.

Bu eng zamonaviy raqs musiqiy yozuvlari edi va bu oʻz ketidan charchatadigan, koʻp energiya va emotsiyalarni talab qiladigan raqslarda hordiqni izlaydigan komandalar, tusovka va boshqa yoshlarning yigʻilishlarining paydo boʻlishiga asos boʻldi. Bu birinchi albomning ravon navolariga qaraganda, koʻproq dinamikroq, chuqurroq va shu bilan bir paytda qattiqroq edi. Bu yerda ogʻir breyk-bit, jaz-pank, gitara, hip-hopga qaytishning ko'pgina elementlari bor edi. Butun musiqiy yozuv davomidagi sempllangan dialoglar va oʻzgartirilgan ovozlar fikr va kayfiyatlar doirasini kengaytirishga yordam berdi. Bu musiqiy madaniyatda hali hech kuzatilmagan gedonizmning koʻrinishi edi. Tanqidchilarning javobi xuddi muhlislarniki kabi hayratlanarli edi. Layamni "bugungi kun Betxoveni" deb atashadi va hatto bu ham hali eng yaxshi fikr emas edi. Bunday fikrlarga sabab boʻlib albomning muvaffaqiyatidan tashqari, yana 1994-yilda "Prodigy"ning butun dunyo boʻylab oʻrtacha har uch kunda konsert berishi ham boʻldi. Ular hatto Islandiyada katta olomon uchun musiqa chalishadi va MTV ularni "Eng yaxshi raqs shousi" mukofoti bilan taqdirlaydi. Ular hatto eng katta festivallarda, shu jumladan Irlandiyadagi Fikvayl festivalida chiqishni boshlaydilar va oʻsha paytdan buyon ular mamlakatdagi eng festivalchi guruhlardan biriga aylandilar. Albomning hamma toʻrt singli "Qaynoqqina oʻn beshtalik"ka (“Voodoo People” - hit №11, “Poison” - hit №8) tushadi. Bu guruhning butun dunyoda muvaffaqiyatga erishgan davri edi, "Poison" kompozitsiyasida birinchi marta Maksimning vokali ishlatilgani uchun, komandaning musiqiy imkoniyatlari yanada oshadi. Ularning 1995-yil Glastonberidagi konserti "YER YUZIDAGI ENG BUYUK SHOU!!!" deb e'lon qilinadi.

Ularning uchinchi albomidagi yangi materialning taʻmini 1996-yil martida, "Firestarter" - toza texno paydo boʻlganida totishdi. U yerda barcha diqqat Keyt Flintning gʻayritabiiy kulayotgan vokaliga qaratilgan edi. Ordinar emasligiga qaramay, "Firestarter radioda sutkasiga yuz marotalab qoʻyiladi va singllarning hit-paradida juda tez eng yuqori choʻqqilarga chiqib oladi. "Ommaviylik choʻqqisi" koʻrsatuvida bu kompozitsiyaning klipi namoyish etilganida esa, BBS stantsiyasi jahli chiqqan ota-onalardan Keyt kechki koʻrish uchun juda qoʻrqinchli ekanligi haqida qoplab hatlarni oladi. Ammo, klipda hech qanday narkotik, qurol-yarogʻ, zoʻravonlik yoki shu kabi narsalar namoyish etilmagan edi. Shunga qaramay, yoki aksincha, shu tufayli musiqiy yozuv olti haftadan kam vaqt mobaynida 750 ming nusha bilan sotiladi va yetti Evropa mamlakatida 1 raqam ostida boʻladi. "Geffenim America" bilan muhim shartnoma imzolayotganida "Prodigy" aytishadiki, panklarning qadimiy qonuni - "hech qanday yon berishlarsiz" - ularning tadbirkorlik va musiqa yaratishga boʻlgan qarashlarini aks ettiradi. Hamma erishgan yutuqlariga qaramay, guruh hali ham reklama va mashhurlikning har qanday atributlaridan oʻzini chetga oladi. Ular, shuningdek, ularning belgisi tushirilgan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va tarqatilishini kuzatishadi va oʻzlarining hamma musiqiy yozuvlari, konsertlari, kliplari va hokzalori ustidan toʻliq mualliflik huquqiga egadirlar.

1994-yil 16-mayda chiqarilgan No Good (Start The Dance) singli guruhning butun tarixi davomidagi eng muvaffaqiyatli relizi boʻlib chiqadi. Singl "Top 10" chartida esdan chiqarilmas 7 haftani oʻtkazadi.

1995-yilda "Poison" chartlarga tushgan guruhning toʻqqizinchi singli boʻladi. "Prodigy — electronic punks" videosi guruhga video chartlarga tushish imkonini beradi. Ularning Glastonbury festivalida chiqishlari eng yaxshi deb tan olinib, Prodigy'ning reyv komandasidan zamonning eng intrigalovchi va hayratlanarli guruhlardan biriga aylanish metamorfozasini tasdiqlaydi.

2000-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda "Prodigy" oʻzlarining "Experience" debyut albomini qayta nashr etadilar. Endi u ikki disklik nashrdan iborat: birinchi diskda albomning oʻzi joylashgan, ikkinchisidan esa oʻsha davrning bi-sayd va remikslari oʻrin olgan. Relizning nomi - "Experience: Expanded".

2004-yilda guruhning uzoq kutilgan yangi albomi - "Always Outnumbered, Never Outgunned" chiqadi. U bir zumda ingliz hit-paradi va amerika Billboard'ining "Elektron albomlar" chartining yuqori choʻqqilariga uchib chiqadi. Oktyabrda albom "Eng yaxshi Elektron/Raqsga tushiruvchi albom" kategoriyasida Gremmi mukofotiga nomzod etiladi. Shuni ham qayd etish kerakki, albomning yozilishida Maksim ham, Keyt Flint ham ishtirok etishmagan. Albomda taklif etilgan mehmonlar ro'yhatidan Liam Gallaxer (Oasis), Kool Keith, Twista va aktrisa Julyett Lyuislar oʻrin olgan.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Prodigy"'ining tashkil topishidan avval Layam "Cut To Kill" guruhining ikkinchi di-jeyi boʻladi.

Guruhning nomini Layam oʻzining birinchi sintezatori «Moog Prodigy» nomidan olgan.

Keyt Flint maktabning birinchi bezorisi boʻlgan, ammo oʻsha paytning oʻzida birinchi boʻlib ish topib qandaydir mablagʻga ega boʻladi, shuning uchun u har doim oʻziga ishonadi.

1990-yilda Kitning doʻsti Sharky ismli qiz guruh ishtirokchisi boʻladi. Ammo, uni konsertlar grafigi qoniqtirmagani uchun u guruhni tark etadi; shu kungacha u guruhning barcha ishtirokchilarini yaqin doʻsti.

Prodigy'ning 1995-yili Glastonbury festivalida chiqishi eng yaxshi deb tan olingan.

Layam Houlett ikkinchi albomini "Music for the Cool Young Juvenile" yoki "Music for Joyriders", deb nomlamoqchi boʻlgan, ammo, uni hech qaysi nom qoniqtirmaydi va oqibatda u "Music for the Jilted Generation" nomini oʻylab topadi.

Prodigy Chemical Brothers, Moby, David Bowie, Rage Against The Machine, Sepultura, Dog Eat Dog, Suede'lar bilan birga sahnaga chiqishgan.

Sobiq ishtirokchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muqova Reliz sanasi Nomi
1992 Experience
1994 Music For The Jilted Generation
1997 The Fat Of The Land
2004 Always Outnumbered, Never Outgunned
2005 Their Law: The Singles 1990-2005
2009 Invaders Must Die
2015 The Day Is My Enemy
2018 No Tourists

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]